So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

19 fev 19:57
Yangiliklar

Qilichbozlik

Jahon kubogida sovrindor bo'lgan qilichbozlarimiz ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO

Teglar :  Qilichbozlik
Xabar berganimizdek, kuni kecha Jazoirda qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon kubogi o'tkazilib, unda ishtirok etgan qizlarimiz jamoaviy yo'nalishda kumush medallar bilan taqdirlangan edilar.

Bugun qahramonlarimizning ushbu muvaffaqiyati sharafiga matbuot-anjumani tashkil qilindi. Unda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi mutasaddilari, Jahon kubogida sovrindor bo'lgan qizlarimiz Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Aysulu Usnatdinova va Gulbonu Esemuratova, jamoa murabbiyi 3 karra Olimpiada chempioni Vladimir Nazlimov va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

“Bu natijamiz ko'pchilik uchun syurpriz bo'ldi. Bilasizmi, syurprizni ham tayyorlay bilish kerak. Sportchidagi jangovor harakter g'alaba kalitidir. Turnir yarim finalida Italiya bilan ro'baro keldik. Ular bizdan texnik va taktik jihatdan biroz ustundir, lekin o'z harakterimiz bilan yakunda g'alabani ilib ketdik. Bizning falsafa – raqib tomonda jang qilish va uni o'sha erda mag'lub etish. Kelajakda Parij-2024 Olimpiadasi uchun kuchli jamoa shakllantirishni va keyingi unda bu yoshlarni chempion qilishni niyat qilganman. Buning uchun rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda”, – dedi sablya bo'yicha terma jamoamiz murabbiyi Vladimir Nazlimov.


“Yarim final bellashuvini men boshlab berdim. Dastlabki jang 5:1 hisobidagi g'alabamiz bilan yakunlandi. Uyog'iga dugonalarim g'alabamizni davom ettirishdi. Bu hali boshlanishi. Oldinda kamchiliklarimiz ustida ishlab, jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida ham shunday muvaffaqiyat qozonish niyatimiz bor. Bizga shunday sharoitlarda shug'ullanishimiz uchun sharoit yaratib berayotgan muhtaram prezidentimizga rahmat”, – dedi jamoa sardori Zaynab Dayibekova.

Anjuman davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan turli savollarga javob olishdi. SHuningdek, jamoamiz murabbiyi kelgusidagi rejalar, mashg'ulotlar haqida to'xtalib o'tdi.


“Bizda qattiq principga asoslangan tartib bor. Mashg'ulotlarga 1 daqiqa ham kech kelish yoki uni o'tkazib yuborish mumkin emas. Endigi maqsad AQSHda o'tadigan yoshlar o'rtasidagi JCHga puxta tayyorlanish. Ishonch bilan ayta olamanki, bizda dunyodagi eng zo'r tayyorgarlik tizimi yo'lga qo'yilgan. Yuqori natija uchun faqat ozroq xalqaro tajriba orttirish kerak. Masalan, qizlarimiz orasida Jazoirda endi birinchi musobaqasida qatnashganlar ham bo'ldi. Bu mamlakatning kuchli madaniyati va ananasi bor. O'zbekistonda doimo zo'r qilichbozlar, zo'r sportchilar bo'lgan. Vaqtida Rufat Risqiev bilan birga Olimpiadaga tayyorlanganmiz. Ikkalamiz ringda o'zaro tajriba almashgan vaqtlarimiz ham bo'lgan”, – dedi Vladimir Nazlimov.

SHu tariqa matbuot-anjumani qiziqarli savol-javoblarga boy o'tdi. Eslatib o'tamiz, 16 fevral kuni o'tkazilgan musobaqada jamoamiz chorak finalda Misr, yarim finalda Italiya vakillarini mag'lub etib, hal qiluvchi bahsda franciyalik tengqurlariga imkoniyatni boy berishgan va kumush medal bilan taqdirlanishgan edi.

Matn: Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati

Anjumandan olingan suratlarni tomosha qiling. 

FOTO: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing