So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

12 apr 13:18
Yangiliklar

Velosport

Jahonning eng qimmatbaho velosipedlari (TOP-10)

Teglar :  Velosiped
Sir emaski, velosiped eng ajoyib transport turlaridan biri hisoblanadi.

Siz uning yordamida do'konga, do'stlaringiznikiga, ishxonaga borishingiz, ko'chada sayr qilishingiz mumkin. Bu borada velosiped sog'liq uchun foydaliligi va tejamkorligi bilan ham ajralib turadi. Lekin, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar nafaqat oddiy, balki maxsus qimmatbaho velosipedlarni ham taqdim etishmoqda. Bugun biz jahonning 10 ta eng qimmat velosipedi haqida malumotlar beramiz. 

10. BMW Cruise M III | Narxi 1,2 ming dollar


BMW avtomobillari o'z sifati bilan mashhur. Ushbu model 2016 yili ishlab chiqarilgan. Shimano gidravlik tormozi har qanday ob-havo sharoitlarida va qiyin trassalarda behavotir ishlaydi. Vazni - 15 kg. 


9. Koga Kimera | Narxi 5 ming dollar


Koga Kimera jahonning eng qimmat velosipedlari ro'yxatida 9-o'rinda turadi. Velopoygalar uchun mo'ljallangan. Ko'rinishi ham o'zgacha uslubda ishlangan. 


8. Scott Plasma Premium | Narxi 13,8 ming dollar


Scott kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu velosipedlardan shosse poygalari va triatlon uchun foydalansa bo'ladi. Uni yaratishda ahil va inoq bir guruh muhandislar ish olib borishgan. Velosipedning asosiy hususiyatlari - superaerodinamik ko'rinishi va rama vaznining minimallashtirilganida.


7. Cipollini Nuke | Narxi 18 ming dollar



Cipollini Nuke eng qimmatligi bo'yicha 7-o'rindan joy olgan. Rama, g'ildiraklar va o'rindik ugleplastikdan tayyorlangan. 


6. Chanel | Narxi 28 ming dollar


Mashhur kompaniya buyurtmasiga binoan tayyorlangan Chanel velosipedi 2008 yili 50 ta dona ishlab chiqarilgan. Oq-qora rangda. Ramasi qo'lda alyumindan yasalgan. Maxsus sumkachasi ham bor. Chanel nafaqat imidj uchun, balki kompaniya atrof-muhitni himoya qilishini bildirib turish uchun ham tayyorlangan. 


5. KGS Tier 3 | Narxi 30 ming dollar


Texaslik Kevin Soders 25 yildan buyon maxus buyurtmalar olib velosipedlar yaratadi. Eng qimmat velosipedlar o'nligining ekvatorida umrbod kafolatga ega KGS Tier 3 velosipedi turibdi. Uni tayyorlashda individual yondoshilgan. Uning yuqori narxi velosipedni xar bir modelini tayyorlash uchun ketadigan vaqt bilan bog'liq. Sonder yiliga 2-3 tadan ko'p velosiped yasamaydi. 


4. Litespeed Blade | Narxi 39 ming dollar


Amerikaning Litespeed kompaniyasi asosiy etiborni vaznni kamaytirishga qaratgan va bu ularning eng asosiy yutug'iga aylangan. 7 kilogrammlik shosse velosipedi uchun xaridorlar 39 ming dollar to'lashga tayyorlar. 


3. BERU f1 Systems Factor 001 | Narxi 40 ming dollar


Engilligi va ajoyib ko'rinishi bilan ajralib turadigan ushbu velosipedni "Formula 1" superkarlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan BERU kompaniyasi yaratgan. Velosiped karbondan yasalgan. Model shosseda yurish uchun mo'ljallangan. 


2. Aurumania Crystal Edition Gold Bike | Narxi 101 ming dollar


SHveciyaning Aurumania kompaniyasi premium-klassdagi velosipedlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. 2008 yilda bozorga chegaralangan miqdorda velosipedlarni taqdim etdi. Ushbu "toychoq" tilla va Swarovski toshlari bilan o'ralgan. O'rindiq va rulga koja kiydirilgan. 101 ming dollar evaziga velosipedni dunyoning istalgan nuqtasiga etkazib berishadi. 


1. House of Solid Gold | Narxi 1 million dollar


Oltin, platina, qimmatbaho toshlar qandaydir qimmat buyumdan darak beradi, to'g'rimi? Oltin velosipedda sayr qilish kimning g'oyasi ekanligini bilmadikku, lekin bunday modellar ham ishlab chiqarilgan. Bir qator kompaniyalar o'zlarining "oltin velosipedlari"ni bozorga chiqarishgan. Ularning narxi velosipedda ishlatilgan qimmatbaho materiallarning miqdoriga qarab 90 mingdan 400 ming dollargacha etishi mumkin. Ammo House of Solid Gold velosipedi 24 karatli oltin, sapfir va qora olmosni ham o'z ichiga olgan. Bunday 1 million dollarli velosipedlar bor-yo'g'i 13 ta ishlab chiqarilgan. 


O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing