So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

29 iyu 12:28
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Jang oldidan: Pore va Getjiga “o'yinchoq” kamar kerakmi?!

29 iyuldan 30 iyulga o'tar kechasi Solt-Leyk-Siti shahrida joylashgan Energy Solution arenasida UFC 291 turniri bo'lib o'tadi.

Dastin Pore hamda Jastin Getji rasmiy kamar uchun emas, balki uning nusxasi bo'lmish BMF kamari uchun jang o'tkazadi. UFC tomonidan o'ylab topilgan ushbu kamar dastlab Xorxe Masvidal hamda Neyt Diaz jangi g'olibiga taqdim etilgan. Bu qarama-qarshilikda Masvidal g'alaba qozonib, yakunda norasmiy kamarga ega chiqqan ilk jangchiga aylangandi. 

“Masvidal “nafaqaga chiqdi” va biz kamarni qaytarib oldik. Qanchadan-qancha yigitlar bu kamar uchun kurashishni istashini yaxshi bilasiz. Bu nom ko'pchilikka yoqadi, qiziqarli va g'ayrioddiy, shu bois biz ushbu unvon uchun yana jang tashkil etamiz. Birinchi marta bo'lgani kabi bu safar ham munosib nomzodlar dueliga guvoh bo'lasiz. SHuning uchun Pore hamda Getjilarni tanlab oldik”, deydi Dana Uayt MMA News’ga bergan intervyusida. 

Umuman olganda bunday kamarning joriy etilishi ko'pchilikni hayron qoldirgandi. Bu qanday unvon, u uchun kim kurashadi, u nima beradi?, degan savollar paydo bo'la boshlagandi. Aslida bu PR va reklamadan boshqa narsa emas. Bu turdagi kamar uchun dastlab Masvidal va Diaz kurashgan bo'lsa, mana oradan 4 yil o'tib, Pore va Getjilar jang qiladi. Qiziq, ortda qolgan 4 yilda nega hech kim bu kamar uchun jang qilmadi? Dastin hamda Jastin Islam bilan chempionlik jangi uchun barcha narsaga tayyor bo'lgan jangchilar hisoblandi. Ularni qandaydir “o'yinchoq” kamar bilan ovutish qanchalik to'g'ri?! 

Pore va Getji - so'zsiz ajoyib jangchilar. Ular 2018 yilda bo'lgan dastlabki to'qnashuvdagidek super jang ko'rsatib berishlariga shubha yo'q. O'shanda jangning 4-raundida Dastin g'alaba qozonib ketgandi. “Agar ushbu jangdan keyin kamar belimda bo'lsa, men chempionlar kabi aylanib yurmayman, biroq bu qiziq”, deydi Dastin Pore. 

“Masvidal va Diaz kamar uchun kurashganlarida men buni ahmoqlik deb o'ylaganman. Hali ham shu fikrimda sobitman. Ammo UFC jangchilarga translyaciyalardan pul ishlash imkonini berdi. Nima bo'lgan taqdirda ham bu kamar va har qanday kamar qog'ozda chempionlik sanaladi. UFC nazarida siz chempion bo'lasiz. Qolaversa, bunda jangchilarga har xil gonorar to'lanadi”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tgan Jastin Getji. 

Malum bo'lishicha, Dana Uayt BMF kamarining ortida chempionlik jangi uchun navbat borligi haqida biroz ayyorlik qilmoqda. Dastin va Jastin jangi g'olibi katta ehtimol bilan vazn chempioni bilan ro'baro' keladi. Ayni paytda bizni “o'yinchoq” kamarning yangi sohibi hamda chempionlik uchun asosiy nomzod kim bo'lishi kutib turibdi.


championat.com sayti asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing