So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

11 iyu 10:50
Yangiliklar

Kikboksing

“Jangoh”da kikboksing bo'yicha janglar bo'lib o'tdi

Teglar :  Kikboksing
Poytaxtimizdagi “Jangoh” sport majmuasida kikboksing bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari bo'lib o'tdi.


“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda O'zbekiston kikboksing federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Takidlash joizki, mazkur chempionat joriy yilning 1-9 avgust kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga o'ziga xos tayyorgarlik va saralash vazifasini o'tab berdi.

“O'zbekiston chempionati har qachongidan ham qiziqarli bo'lib o'tdi. Medallar uchun kurash juda keskin ruhda bo'ldi. Viloyatlarda kikboksing yangi bosqichga chiqib borayotgani yaqqol ko'zga tashlandi. Terma jamoaga yangi nomzodlarni o'zimiz uchun aniqlab oldik. O'z vazn toifalarida g'olib chiqqan sportchilar endi Hindistonda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishadi”, ‑ dedi O'zbekiston kikboksing federaciyasi raisi SHerzod Tursunoxunov.

Endi bevosita natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, lou-kik va ful-kontakt yo'nalishari bo'yicha o'tkazilgan bahslar ancha qiziqarli va murosasiz kechdi. Ikki kunlik natijalarga ko'ra, jamoalar o'rtasida Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Andijon viloyati jamolari yuqori natijlarni qayd etishdi. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar homiy va tashkilotchilarning esdalik sovg'alari va medallari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing