So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

29 iyu 08:18
Yangiliklar

Bolalar sporti

Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari malaka toifasini olish uchun test topshirmasligi rostmi?

Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari malaka toifasini olish uchun test topshirmasligi rostmi, test o'rniga qanday sinovlar o'tkaziladi?

AOKA huzuridagi shtabda o'tkazilgan brifingda Talim sifatini nazorat qilish davlat inspekciyasi Matbuot xizmati rahbari Feruza Madrahimova ushbu savolga javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 106-son qarori bilan yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarini munosib rag'batlantirishni tashkil etish maqsadida bir qator qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan edi. 

Jumladan, Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat talim muassasalari pedagog kadrlarini attestaciyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, talim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi (lavozim) to'g'ridan-to'g'ri (attestaciyadan o'tkazilmasdan) beriladi: 

- tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o'rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – ikkinchi malaka toifasi (katta o'qituvchi lavozimi); 

- viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o'rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – birinchi malaka toifasi (etakchi o'qituvchi lavozimi); 

- xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining 1, 2 va 3-o'rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – oliy malaka toifasi (bosh o'qituvchi lavozimi). 

SHuningdek, 2020 yilning 4 iyun kuni tegishli vazirlik va idoralarning «Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat talim muassasalari pedagog kadrlarining attestaciya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida»gi qarorga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida” qarori Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazildi. 

Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari malaka toifasi olish yoki uni himoya qilish uchun nazariy va amaliy sinovlarda ishtirok etishadi. 

Nazariy sinov 4 ta savoldan, amaliy sinov 4 ta jismoniy mashqdan iborat bo'ladi. Jismoniy mashqlar – 100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, erkaklar uchun turnikda tortilish , gimnastika o'rindig'iga tayanib, ayollar uchun qo'llarni bukish va yoyish, yotgan holda qo'llarni bosh orqasiga qo'yib gavdani ko'tarishdan iborat. Har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, to'liq, to'g'ri va sifatli bajarilganligi belgilangan normativlarga asosan baholanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing