So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

19 dek 11:57
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vaziri "Toshkent yoshlar forumi – 2020"da ishtirok etdi

“Tashkent city"dagi muhtasham Congress Hall majmuasida Toshkent yoshlar forumi – 2020” o'z ishini boshladi.

Forum doirasida «Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030” mavzusida ochiq muloqot ham bo'lib o'tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Xamidullaevich Nabiev ishtirok etdi hamda yoshlarni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytardi.

SHuni alohida takidlash kerak, «Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030” mavzusidagi ochiq muloqotning D.Nabiev ishtirokidagi qismi ochiq va samimiy ruhda kechdi. Jumladan, Forum ishtirokchilaridan biri jismoniy tarbiya va sport vaziriga yurtimizda iqtidorli yoshlarni, ayniqsa futbolchilarni topish borasida vazirlik tomonidan qanday ishlar amalga oshirilayotganligi borasidagi savol bilan murojaat qildi.

- Ochig'ini tan olish kerak, O'zbekistonda shu paytgacha selekciya degan tushunchaning o'zi yo'q edi. CHekka-chekka qishloqlardagi iqtidorli yoshlarga etibor qaratadigan tizim tugul shaxslar ham bo'lmagan. Sportda, futbolda o'zgarishlar qilish maqsadida shaxsan o'zim vazirlik qoshida maxsus komissiya tuzib, futbol jamoasi uchun viloyatlardan, chekka-chekka hududlardan bolalarni saralab olmoqdamiz. Aslida, bu ishni murabbiy yoki selekcioner qilishi kerak. Afsuski, yurtimizda bunaqa tizim yo'qligi uchun bu ishga shaxsan o'zim kirishishimga to'g'ri keldi. SHu kungacha ushbu komissiya tomonidan 22 nafar iqtidorli o'smirlar tanlab olindi va mamlakat o'smirlar terma jamoasiga tavsiya qilindi. Bu yoshlar futbolimizning kelajagi. Selekcion tizimni yo'lga solib olgunga qadar bu yo'nalishdagi ishlarni izchil davom ettiramiz, - dedi Dilmurod Nabiev.

SHuningdek, Forum ishtirokchilarini O'zbekiston qachon yirik kompleks sport musobaqalariga mezbonlik qilishi mumkinligi borasidagi savol ham qiziqtirdi.

- Afsuski, bizda hozircha nufuzli kompleks musobaqalarni qabul qilish uchun etarlicha infrastruktura shakllanmagan. SHu sababli dastlab alohida sport turlari bo'yicha kichik musobaqalarni qabul qilish bilan cheklanmoqdamiz. Jumladan, 2021 yilda yurtimiz futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa Toshkent shahri, Namangan va Olmaliq shaharlaridagi stadionlarda tashkil etiladi. Qolaversa, kelgusi yil Toshkentda dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi. Umuman, 2021 yilning o'zida yurtimizda 25ta nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil etishni maqsad qilganmiz. 2025 yilga borib Toshkentda yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlari tashkil etiladi va ushbu musobaqaga qitamizning 45ta davlatidan 5 000 nafarga yaqin sportchi va mehmonlar kelishi kutilmoqda. SHu tarzda tajribamizni oshirib borgach, 2030 yildan keyin kattalar o'rtasida Osiyo o'yinlari yoki futbol bo'yicha Osiyo chempionati mezbonligi uchun davogarlik qilishimiz mumkin, - deb so'zini yakunladi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev.

Reglamentga ko'ra, har bir spikerga yoshlar bilan ochiq muloqot qilishi uchun 30 daqiqadan vaqt ajratilgan edi. SHuni takidlash kerak, Forumda sportga qiziqqan, sohaga befarq bo'lmagan yoshlar ko'pchilikni tashkil etardi. Belgilangan vaqt oralig'ida o'z savollarini berishga ulgurmagan yoshlar esa Congress Hall foyesida ham vazirni savollarga ko'mib tashladi va eng muhimi, ular o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing