So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

17 sen 07:59
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi Qoraqalpog'istondagi faoliyatini boshladi

Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

SHu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida hududda o'z ish faoliyatini boshladi.

Kechadan ish faoliyatiga kirishgan ishchi guruhning bir guruh vakillari Qoraqalpog'istonning Xo'jayli tumanidagi Bolalar-o'smirlar sport maktabi va unga qarashli sport inshootlarining bugungi holatini o'rganishdan boshladi.

Hozirda bu sport talim muassasasida karantindan keyingi ish faoliyati qayta tiklangan bo'lib, bir qator sport turlari bo'yicha yosh sportchilarni mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

Ishchi guruh vakillarining Qoraqalpog'iston Respublikasiga xizmat safari davomida hududlarda sport maktablari va sport talim muassasalarining kadrlari salohiyati va trenerlarga bo'lgan ehtiyoji hamda uni bartaraf etish bo'yicha maqsadli qabul bo'yicha takliflari o'rganib chiqilmoqda. SHuningdek, hududlarning sport turlariga ixtisoslashuvi, moddiy texnik bazasining holatini yanada rivojlantirish, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa azolarini shakllantirish masalalari bo'yicha ishchi guruh tuman masullariga yaqindan ko'maklashmoqda.

Bundan tashqari, hududlardagi sport maktablari va sport talim muassasalarining bo'sh er maydonlari va ulardan maqsadli foydalanish rejasi bo'yicha tadbirkorlar tomonidan kiritilayotgan takliflar ham ko'rib chiqilib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha tadbirkorlar bilan yuzma-yuz ochiq suhbatlar o'tkazilmoqda.

SHuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'ylab tashkil etilayotgan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini respublika bo'ylab ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish jarayonlari o'rganilib, bu bo'yicha amaliy ko'mak berish masalasi tegishlicha hal etilmoqda.

Yakunda respublika sportining bugungi holatini o'rgangan holda, hududlardagi taklif va ehtiyojlardan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida sportni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing