So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

02 dek 15:39
Yangiliklar

Bolalar sporti

Jismoniy tarbiya va sport yangi bosqichga chiqmoqda

Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Bu borada yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar o'zining ijobiy samarasini bermoqda, diyorimizda sportni, xususan bolalar sportini yanada rivojlantirish va ommaviyligi taminlanayotir.

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida faoliyat yuritayotgan Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi (SO'EAIBO'SM) Xorazm viloyati sporti hayotida muhim o'rin tutadi. Ayni damda, ushbu mahorat maskanida shug'ullanish istagini bildirayotgan o'g'il-qizlarning soni tobora oshmoqda. Binobarin, u erda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar kishi havasini keltiradi.

SO'EAIBO'SM direktori J.Abdullaev bilan bo'lib o'tgan suhbatimizda yoshlarning ushbu sevimli dargohining faoliyatiga nazar tashladik.

- Jamoladdin Mahmudovich, suhbatimiz debochasida sport maktabingiz haqida qisqacha malumot bersangiz?

- Sport maktabimiz 2016 yilning 1 mart sanasidan o'z faoliyatini boshlagan. Bu erda sportning 10 ta - futbol, voleybol, basketbol, gandbol, engil atletika, stol tennis, tennis, shaxmat,  chim ustida xokkey va badminton turlari bo'yicha guruhlar mavjud. Bugungi kunda  ushbu guruhlarda 1500 nafarga yaqin  o'g'il-qizlar 63 nafar malakali va tajribali o'qituvchi-trenerlar qo'l ostida o'zlari mehr qo'ygan sport turlarining qunt bilan o'rganib, sog'liklarini mustahkamlab kelishayotir. 

- SHu o'rinda mashg'ulotlar jarayoniga ham to'xtalib o'tsangiz?

- Ayni damda, mashg'ulotlarimiz belgilangan reja asosida karantin talablari va sanitariya-gigiena qoidalariga qatiy rioya qilingan holda olib borilyapti. Zamonaviy va muhtasham sport inshootlarimiz, yani usti yopiq keng qirrali universal sport maneji, suniy qoplamali stadion, shuningdek, “Badminton” va “Tennis” markazlari tarbiyalanuvchilarimizning mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda. Yuvinish xonalari issiq va sovuq suv bilan uzluksiz taminlangan. Tibbiyot xonasida zarur dori-darmonlar etarli. Sportchilarimizning sog'ligini shifokorlar doimiy tarzda nazorat qilib borishadi. Echinib-kiyinish xonalari ham talab darajasida. Asosiysi, mashg'ulotlar jarayonida zamonaviy sport jihozlari va anjomlari hamda yangi metodlardan foydalanilayotgani, shuningdek, tez-tez musobaqalar uyushtirib, yurtimizning taniqli sportchilari ishtirokida “mahorat saboqlari”ni o'tkazayotganimiz foydadan holi bo'lmayapti. Bu sportchilarimizni yangi-yangi marralar sari etaklayapti.

- Tarbiyalanuvchilaringiz erishayotgan muvaffaqiyatlar xususida nima deysiz?

Mubolag'a emas, o'zimizga yarasha yutuqlarimiz bor. O'tgan davr mobaynida sportchilarimiz orasidan ko'plab O'zbekiston chempionlari, xalqaro musobaqalarning g'olib va sovrindorlari etishib chiqdi va chiqmoqda. Engil atletikachilarimiz fevral oyida Toshkent shahrida yopiq inshootlarda kattalar va 1998-2000 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida tashkil etilgan O'zbekiston chempionatidan medallar shodasi bilan qaytishdi. Xususan, katta yoshli qatnashchilar orasida bellashgan Ruslan Gabidulin, Muhammad Qurbonov, Bobir Karimboev, Xudoyshukur Karimovdan iborat “to'rtlik” 4x400 metr masofaga estafeta  yugurishda oltin medalni bo'yniga taqishdi. 4x400 metr masofaga “mikst”(aralash) estafeta yugurishda Munisa Hayitboeva, Ruslan Gabidullin, Muhammad Qurbonov “terma”dagi jamoadoshi Mohichehra Bozorboeva bilan shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarilishdi. Yoshlar birinchiligida Mahfuza Egamova 3000 metr masofaga yugurishda birinchi, 1500 metr masofaga yugurishda ikkinchi o'rinni egalladi. Mansur Jabborov ettikurash bahsida shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy olgan bo'lsa, 3000 metr masofaga yugurishda Abdulaziz Tillaev, 800 metrga yugurishda Munisa Hayitboeva, 400 metrga yugurishda Bobur Karimboev faxrli uchinchi o'rin sohibiga aylandi. SHuningdek, 8-11 oktyabr kunlari poytaxtimizda uyushtirilgan O'zbekiston kubogi va 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi mamlakat chempionatida ham vakillarimiz medallarsiz qaytishmadi. Jumladan, 4x400 metr masofaga “mikst” estafetada Muhammad Qurbonov, Ruslan Gabidulin, Laylo Ollaberganova va Munisa  Haitboevalar O'zbekiston rekordini o'rnatishdi. Badmintonchilarimiz esa 2004-2005 va 2006-2008 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasida o'tkazilgan respublika chempionatida umumjamoa hisobida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. O'tgan hafta “Yoshlik” futbol jamoamiz viloyat chempionligini qo'lga kiritdi. SHular qatorida tarbiyalanuvchilarimiz chim ustida xokkey,  basketbol, futbol, voleybol, gandbol bo'yicha Xorazm viloyatining turli yoshdagi terma jamoalari safida maydonga chiqib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Umuman olganda, sportchilarimiz to'rt yil ichida turli miqyosdagi chempionat va birinchiliklarda jami 638 ta medal sohibiga aylanishgan. SHundan 168 tasi oltin, 275 tasi kumush, 195 tasi bronza medallaridir.


- Yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi. SHu haqda fikringizni bilmoqchi edik?

- Mubolag'a emas, mamlakatimiz mustaqillik yillarida barcha  sohalarda o'sishga erishdi. Sport tizimida ham olamshumul o'zgarishlarga yuz tutdi. Sportchilarimiz Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiada o'yinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarning g'olib va sovrindorlari safidan joy olishdi va olishmoqda. Bu  hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini yuksaltirish yo'lida olib borilayotgan say-harakatlarning samarasidir. Tabiiyki, Prezidentimizning yangi Farmoni zamirida ulkan mano va mazmun mujassam. Zero, unda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanish hamda sog'lom turmush tarzi bo'yicha hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo'lishini taminlash, zararli odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitaciya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy maqsad qilib belgilangan. Mazkur Farmon kelgusida aholining turli qatlami o'rtasida sog'lom turmush tarzini yanada ommalashtirishda, buning barobarida, salomatliklarini mustahkamlashda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bir so'z bilan aytganda, ushbu hujjat mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yangi bosqichga olib chiqadi.

- Kelgusi rejalaringiz nimalardan iborat?

- Asosiy etiborimiz, yoshlarni sog'lom va barkamol ruhda o'sishlarini taminlashga, ular qalbida vatanga sadoqat, el-yurtga hurmat va vatanparvarlik hissini uyg'otishga qaratilgan. SHuningdek, tarbiyalanuvchilarimiz orasidan o'smirlar Olimpiadasi va Olimpiada o'yinlari ishtirokchilarini tayyorlash ezgu-maqsadimizga aylangan. “Yaxshi niyat-yarim davlat” deb bejizga aytmagan dono xalqimiz. Istaklarimiz ushalishi yo'lida bor kuch va g'ayratimizni sarflayveramiz.  

Ikrom  XUDOYBERGANOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing