So’nggi yangiliklar

09:20UFC 302. Co-main event'да Стрикленд Костани мағлуб этди 0 08:48Ислам Махачев Дастин Порьега қарши! UFC 302 турниридан ОНЛАЙН 0 08:22«Реал» — «Боруссия». Финалнинг энг яхши ўйинчиси ким бўлди? 0 08:00АҚШ собиқ президенти Дональд Трамп ҳам UFC 302 турнирига келди + ФОТО 0 07:41Хабиб яна UFC'да! + ФОТО 0 07:20Махачев Порьега қарши жангидан олдин ижтимоий тармоқлардаги саҳифасида пост қолдирди 0 07:01UFC 302. Роман Копилов бразилиялик мағлубиятсиз жангига қарши октагонга чиқди 0 06:49UFC 302. Жаилтон Алмейда навбатдаги жангини ўтказди 0 05:40Хргович, Бивол, Уайлдер ва бошқа юлдузлар Саудия Арабистонида рингга чиқди (Барча натижалар битта саҳифада) 0 05:36Чжилей Чжан кутилмаганда Деонтей Уайлдерни нокаутга учратди! + НОКАУТ ВИДЕОСИ 0 05:10Breaking! Дмитрий Бивол ва Артур Бетербиев жангининг янги санаси ва манзили эълон қилинди 0 04:53Филипп Хрговичнинг Даниель Дюбуага қарши жанги саккизинчи раундда якунланди 0 04:30Доғистон фарзанди Ислам Махачев ва Америка бриллианти Дастин Порье жанг қиладиган, Хабиб UFC'га қайтадиган "Prudential Center" аренасидан илк ГАЛЕРЕЯ 0 04:09Дастин Порье: "Орзулар ушалиши мумкин" 0 03:48Дмитрий Биволнинг Малик Зинадга қарши жанги муддатидан олдин якунланди + ВИДЕО 0

13 may 12:17
Yangiliklar

Kurash

Jizzax belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurash yildan yilga dunyo bo'ylab ommalashib bormoqda.

Belbog'li kurash bo'yicha har yili o'tkazilayotgan jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar belbog'li kurashni tobora rivojlanishiga xizmat qilayotgani bor gap. Yana bir yaxshi yangilik. 20-25 may kunlari Jizzax shahridagi "Urda" bog'idagi anfiteatrda ilk bor kattalar o'rtasida Belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Birlashgan kurashlar olami (UWW), Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi, Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida o'tkazilayotgan ushbu Osiyo chempionatida, qitamizning eng nufuzli bellashuvlarida Hindiston, Eron, Indoniziya, Yaponiya qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 20 ga yaqin davlatlarning nomdor polvonlari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Birlashgan kurashlar olami (UWW) tasnifiga kiruvchi belbog'li kurash bo'yicha o'tkazildagan Osiyo chempionatida erkaklar -57,-62,-68,-75,-82,-90,-100  hamda +100  kg. vazn toifalarida kuch sinashishsa, ayollar -52,-58,-66,-76,+79 kg. vaznlarda bellashishadi. 

SHuningdek, musobaqa doirasida o'sha kunlari reglamentga muvofiq, Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi  Qozog'istonning "Qazaq Kuresi" va Qirg'izistonning "Alysh" kurash sport turlari bo'yicha ham Osiyo chempionati o'tkaziladi.  

Ayni paytda Jizzax viloyatida ushbu Osiyo chempionatini munosib tarzda o'tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Yangi nomlar, kuchli polvonlar Jizzax shaxridagi "Urda" bog'i arenasida aniqlanadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing