So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

06 iyu 09:41
Yangiliklar

Boshqalar

Jizzaxda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichlari o'tkazildi

Jizzax shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining viloyat bosqichlari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–92-son hamda 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–201-son qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taminlash maqsadida tumanlarda g'olib ishtirokchi va jamoalar o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Jizzax olimpiya va paralimpiya zaxiralari sport kollejida “Stritbol” sport musobaqasining viloyat bosqichida 13 ta tuman (shahar)lardan kelgan erkaklar va qizlar jamoalari bellashdilar.

Musobaqa natijalariga ko'ra “Stritbol” sport musobaqasining viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandi.

Erkaklar o'rtasida:

1-o'rin 16-21 yosh toifasida: Paxtakor tumani “Suvonobod” mahalla yoshlari,

2-o'rin 22-26 yosh toifasida: SHarof Rashidov tumani “Jizzaxlik” mahalla yoshlari,

3-o'rin 27-30 yosh toifasida: SHarof Rashidov tumani “Qo'shko'prik” mahalla yoshlari egalladi.

Ayollar o'rtasida:

1-o'rin 16-21 yosh toifasida: Jizzax shahar “Qaliya” mahalla yoshlari,

2-o'rin 22-26 yosh toifasida: G'allaorol tumani “Samarqand” mahalla yoshlari,

3-o'rin 27-30 yosh toifasida: G'allaorol tumani “Ko'kgumbaz” mahalla yoshlari egalladi.

Birinchi o'rinni egallagan jamoalar “Besh tashabbus olimpiadasi” “Stritbol” sport musobaqasining Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing