So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

11 iyu 12:23
Yangiliklar

Velosport

Jizzaxda BMX trassasining qurilishi qanday kechmoqda?

Teglar :  VelosportVMXJizzax
Xabar berganimizdek, Jizzax shahridagi sobiq Sangzor ko'li hududida velosportning VMX yo'nalishi bo'yicha trassa qurilishi boshlangan.

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida kechayotgan mazkur obekt qurilishi ayni avjida. Hozirda trassaning tamal qismi ustida ish olib borilmoqda. Keling, shu orada bo'lajak trassa haqida malumot berib o'tsak.

Trassa CC, yani qita chempionatlari va jahon kubogi bosqichlarini qabul qila oladigan toifada bo'ladi. Bo'lajak arena 2500 muxlis uchun mo'ljallangan. Ahamiyatlisi, maydonning yon qismida 100 kishilik mehmonxona va biznes-markaz ham barpo etiladi. Malum darajaga etgach (mamlakatimizda xalqaro parvozlarga ruxsat berilgandan so'ng) xalqaro ekspertlar yurtimizga tashrif buyurib, qurilishning asosiy jarayoni ustida bosh-qosh bo'lishadi. Hozircha mahalliy quruvchilar videomuloqot orqali ekspertlardan tegishli ko'rsatmalarni olib turishibdi.

"Qurilish ishlari yakunlangach, VMX yo'nalishi bo'yicha jahonning eng kuchli rayderlari ishtirokida arenaning ochilish marosimini o'tkazish rejalashtirilgan. Mehmonlar bunda ko'rgazmali sinov musobaqasida qatnashadilar va jarayon ko'ngildagidek yakunlangach, Xalqaro velosportchilar ittifoqi maxsus komissiyasining SS sertifikati berilishi kutilmoqda. 

Trassaning ochilishi esa kuz faslining ilk kunlariga mo'ljallangan. Bu yo'nalish bilan shug'ullanuvchi professional sportchilarimiz sanoqli. Kelajakda hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan xorijlik mutaxassislarni jalb qilish orqali VMXni ham yurtimizda rivojlantirish rejamiz bor", – dedi O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi Bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev.

Trassa haqida gapiradigan bo'lsak, u 2 ta (5 va 8 metri) start chizig'iga ega bo'ladi. Bunda 5 metrli hudud mashg'ulot jarayonlari va havaskorlar uchun mo'ljallangan bo'lsa, katta chiziqda professional poygalarga start beriladi. Trassa qurilishi yakunlangach, 5 metrli start chizig'iga ega hududda ushbu yo'nalishga qiziqqan istalgan yoshdagi inson o'zini VMX yo'nalishida sinab ko'rishi mumkin.

2022 yil Senegalda bo'lib o'tadigan to'rtinchi o'smirlar Olimpiya o'yinlari dasturiga ushbu sport turi kiritilgan. Bunday zamonaviy inshootning qurilishi nafaqat shosse va trek, balki VMX yo'nalishida ham o'smirlar va kattalar Olimpiadalariga munosib tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini taqdim qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing