So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

13 jan 07:23
Yangiliklar

Tadbirlar

Jizzaxda islohotlarning borishi qay ahvolda yoxud vazirning viloyatda o'tgan bir kuni

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Jizzax viloyatida sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, yangidan qurilgan va loyihalashtirilgan sport inshootlarida ishlar qanday ketayotgani bilan yaqindan tanishish maqsadida Jizzax viloyatida bo'ldi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonning ijrosini taminlash hamda Jizzax viloyatida sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, yangidan qurilgan va loyihalashtirilgan sport inshootlarida ishlar qanday ketayotgani bilan yaqindan tanishish maqsadida Jizzax viloyatida bo'ldi.

Tashrif davomida vazir Mirzacho'l tumani hokimi K.Xolmurodov bilan uchrashib, kelgusi yilda tumandagi «G'alaba» mahallasi hududida joylashgan «Yoshlar parki»da yopiq suzish havzasi, «Mirzadala» MFYdagi TIP-1 sport obektiga tribuna qurish, stadionga tabiiy chim yotqizish, milliy sport turlarini rivojlantirish maqsadida 1-sonli umumtalim maktabi sport zalida milliy sport turlari markazini tashkil etish hamda aholining kamida 25 foizini ommaviy sportga jalb etish masalalari bo'yicha suhbatlashdi.

D.Nabiev tumanda yangidan qurib bitkazilgan engil konstrukciyali 18x30 metr o'lchamdagi sport zal bilan tanishib, ushbu obektning ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish va sport to'garaklari faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berdi.

SHuningdek, faxriy mehmon «Do'stlik» tumani bolalar va o'smirlar sport maktabidagi rekonstrukciya ishlari bilan ham tanishdi. Pudratchiga bu erdagi qurilish ishlarini yanvar oyida yakunlash bo'yicha topshiriqlar berdi. BO'SM suzish havzasi ish faoliyatida emasligi, sport zalining etiborsizlik natijasida tamirtalab ahvolga kelib qolgani, mashg'ulot jarayonlarida sportchilarning deyarli yo'qligi tanqidiy baholandi.

Zarbdor tumani «Bo'ston» shaharchasida qurib bitkazilgan engil konstrukciyali 18x30 metr o'lchamdagi sport zal bilan ham tanishib, mahalla oqsoqollari bilan uchrashdi. Stadiondagi qurilish jarayoni bilan bog'liq kamchiliklarni bartaraf etish, obektning ochilish marosimini o'tkazishga tayyorlash va sport to'garaklari tashkil etish, obektga esa Prezident Farmonidan kelib chiqqan holda tarixiy shaxslar nomini berish bo'yicha o'z ko'rsatmalarini berdi.

Tashrif so'ngida esa vazir Zomin tumani BO'SM uchun «Dashtobod» shaharchasida yangidan qurilgan engil konstrukciyali 18x30 metr o'lchamdagi sport zal bilan tanishib, qurilish bo'yicha kamchiliklarni bartaraf etish, ushbu obektni ochilish marosimini o'tkazishga tayyorlash, bu inshootga ham nom berish, qolaversa, qo'shimcha Workout maydonchasi qurish va sport to'garaklari tashkil etish bo'yicha o'z ko'rsatma va tavsiyalarini berdi.

SHu tariqa Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabievning Jizzax viloyatiga tashrifi o'z yakuniga etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing