So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

16 jan 20:51
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Jons, Kovington, Usman va boshqalar. Oltin uchun qadrdon do'stlikdan dushmanga aylagan UFC janglari (TOP-5)

Xabaringiz bor, Toshkent vaqti bilan 23 yanvar kuni tongda UFC 270 kechasi bo'lib o'tadi.

Kechaning markaziy jangida og'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Frensis Ngannu davogar, vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi Siril Ganga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu jangchilarning jangi uzoq vaqtdan beri kutilmoqda. Sababi, ular avvallari bitta zalda va bitta murabbiy qo'l ostida shug'ullanishgan. Qisqasi, ular o'zaro yaqin do'stlar edi. Biroq ularning do'stligi UFC oltin kamari yo'lida o'zaro raqib va dushmanlikka aylandi.

 Bunday voqealar UFC'da bir necha marotaba sodir bo'lgan va hozir ular orasidagi eng saralarini eslatib o'tamiz.

Kamaru Usman — Gilbert Berns

Usman va Bernsning do'stligi deyarli o'n yil davom etgan. Ular o'zaro 2012 yilda tanishishgan. Dastlab Kamaru va Gilbert "Blackzilians" zalida, keyinchalik esa Senfordda birgalikda mashg'ulot olib borishgan. Gilbert Usmanga nisbatdan bir yil avval UFC'ga kelgan, biroq Kamaru ancha dadil harakat qilib, to'rt yil ichida chempionlik kamariga etib kelgan. 

2020 yilda esa Kamaru sheriklaridan voz kechib, boshqa zalga o'tib ketishga qaror qiladi. Bu orada esa Gilbert chempionlik kamariga asosiy davogarga aylandi va 2021 yilning fevralida sobiq do'stlar o'zaro jang qilishlari aniq bo'ldi. UFC 258 kechasining markaziy bahsida davogar ilk raundda yaxshi harakat qildi, biroq keyingi raundda Kamaru o'ziga keldi va raqibini uchinchi raundda nokaut qildi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. Jang yakunlangandan so'ng Kamaru Usman va Gilbert Berns oktagonda bir-birlariga minnatdorchilik bildirishgan.

Kodi Garbrandt — Ti Jey Dillashou

Ha, bu ikki dushman avvallari birgalikda mashg'ulot olib borishgan va doim birgalikda sparing janglarida ishtirok etishgan. 

Dastlab Ti Jey "Team Alpha Male" zalidan ketdi, keyinchalik esa Yurayya Feyber tomonidan haydaldi. SHundan so'ng Dillashou va Garbrandt o'rtasidagi ziddiyatlar paydo bo'ladi. Kodi sobiq do'stini xoinlikda ayblaydi va ular bir-birlariga «tosh» otishni boshlaydi. Bu voqealardan bir yarim yil o'tib, ular o'zaro yuzma-yuz kelishdi. Bu voqea The Ultimate Fighter 25'da ro'y berdi. Ularning har ikkisi ham jamoalarga bosh murabbiy bo'lishdi. Bu ko'rsatuvda Dillashou kelajagi porloq hisoblangan Kris Xoldsvortga qarshi sparing tushadi va raqibiga jiddiy jarohat etkazib, uning kelajagiga nuqta qo'ydi. Bu esa Dillashou va Garbrandt o'rtasidagi nizoni yanada oshirdi. SHundan so'ng nihoyat jangchilar oktagonda to'qnash kelishdi. Ular ikki marta jang qilishdi va har ikkisida ham Ti Jey g'alaba qozondi.

Tito Ortis — CHak Liddell

UFC 2004 yilga kelib, MMA olamining eng kuchli tashkilotiga aylangandi. SHu sababli ham ularga navbatdagi super to'qnashuv kerak bo'ldi va ular og'ir vazn toifasida sobiq do'stlar Tito Ortis va CHak Liddell o'rtasidagi jangni tashkilashtirishiga kirishishdi.

Liddell Ortisning avvalgi janglarida tayyorlanishi uchun yordam bergan va uning asosiy sparing raqibi sifatida qaralardi. Biroq yana o'sha kamar avvalgi do'stlar o'zaro jang qilishlariga majbur qildi. 2004 yilda bo'lib o'tgan ilk jangda CHak raqibini ikkinchi raundda nokaut qilishga erishgandi. 2006 yilda bo'lib o'tgan revansh bahsida ham CHiddell raqibini mag'lub etishni uddalagan. Ularning do'stdan dushmanga aylanishi juda ko'pchilik uchun qiziq edi va tarixda ilk bor tashkilot 1 millionta pullik PPV translyaciyasini sotishga erishgandi.

Kolbi Kovington — Robbi Louler

Navbatdagi sobiq jamoadoshlarning o'zaro jangi. Har ikki jangchi ham "American Top Team"da mashg'ulot olib borishgan. Biroq bir voqeadan so'ng Louler jamoadan haydalgan. Kovingtonning malum qilishicha, Louler ularni «sotgan». SHundan so'ng Kolbi va Robbi o'rtasidagi nizo paydo bo'lgan. Louler va Kovington o'rtasidagi jang UFC on ESPN 5 kechasining markaziy bahsi bo'lishi kerakligi elon qilindi. Louler har bir chiqishida raqibi ustidan kular va uning fikriga salbiy tarzda javob qaytardi. Bu esa Kolbini yanada nafratini oshirardi. Ularning janglari 2019 yilda bo'lib o'tdi va ochkolar hisobiga ko'ra Kovington g'alaba qozondi.

Jon Jons — Rashad Evans

Har ikki jangchining murabbiyi bitta inson edi — Greg Jekson. Jons va Rashad hech qachon o'zaro jang qilmasliklarini bir necha bor malum qilishgan, chunki ular haqiqatdan ham do'stlar edilar. Biroq, UFC kamari barchasini barbod qildi. 

Jons Ruani mag'lub etib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgandan so'ng, Evans birinchilardan bo'lib, unga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini malum qildi. Buni esa hech kim, hattoki, Grek Jekson ham kutmagandi. Ular o'rtasidagi nizo juda kattalashib ketdi va bosh murabbiy Rashadni jamoadan haydab yubordi. Bundan so'ng jangchilar o'rtasida ijtimoiy tarmoqda «jang»lar boshlandi. Tashkilot ular o'rtasida jangni UFC 133 kechasida o'tkazishga qaror qildi, biroq kunlarning birida ular janjallashib ketishdi va to'qnashuv bekor bo'ldi. Biroq UFC o'z maqsadiga erishdi. Jons va Rashad o'zaro 2012 yilning aprelida UFC 145 kechasida to'qnash kelishdi. Daxshatli kechgan bahsda Jons raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.

Nima deb o'ylaysizlar, Rashad UFC kamari uchun qadrdon do'sti va otasidek bo'lib qolgan ustoziga qarshi chiqishiga arzigan bo'larmidi?

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing