So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

06 fev 07:44
Yangiliklar

O'q otish

Kamondan otish federaciyasi Rossiya bilan hamkorlik qiladi

Kecha O'zbekiston kamondan otish federaciyasida Rossiyadan tashrif buyurgan murabbiy Ildar Sayfulin bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda bosh kotib Zafar Yusupov rossiyalik murabbiyga mamlakatimizda kamondan otish sportiga qaratilayotgan etibor, terma jamoa sportchilari oldiga qo'yilgan vazifalar haqida gapirib berdi.

SHuningdek, O'zbekiston nafaqat Olimpiya, balki Paralimpiya o'yinlarida ham kamondan otish bo'yicha munosib ishtirok etmoqchi ekanligi takidlandi. SHu maqsadda Ildar Sayfulinga kamondan otish bo'yicha O'zbekiston paralimpiya terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borish taklifi berildi.

O'z navbatida rossiyalik murabbiy mamlakatimizda sportning ushbu turiga etibor oshib borayotganini, ushbu taklifga qarshi emasligini malum qildi.

«O'zbekistonda shaxsan mamalakat prezidenti ushbu sport turiniga befarq emasligini bilaman. U kishi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, kamondan otish bazasining ochilish marosimida qatnashganligi quvonarli xolat. Men bu diyorda ishlab, paralimpiya sportchilariga o'z yordamimni berishga, kerak bo'lsa O'zbekistonda qolib ishlashga tayyorman», – dedi murabbiy.

Endi rossiyalik mutaxassis 15-20 fevral kunlari Qo'qon shahrida tashkil etiladigan O'zbekiston qishki chempionatini kuzatadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing