So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

14 noy 17:14
Yangiliklar

O'q otish

Kamondan otish. Samarqandda MOQ sovrini uchun O'zbekiston kubogi boshlandi

Teglar :  Kamondan otish
Bugun Samarqand shahridagi 2-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi qoshidagi "Nafis" sport majmuasida kamondan otish bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun O'zbekiston kubogi start oldi.

Musobaqada Respublikamizning 8 ta viloyatidan 70 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bugun Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji binosida musobaqaga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imomov, Turkiyadan tashrif buyurgan selekcioner murabbiy Vladimir Lekvishvili va boshqalar ishtirok etishdi.

Federaciya rahbari Otabek Imomov anjuman davomida so'zga chiqar ekan, tashkil etilayotgan musobaqaning ahamiyati, mazkur turnir orqali yangi nomlarni saralab olish eng asosiy maqsad ekanligi haqida gapirib o'tdi. SHuningdek, federaciya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kamondan otish bazasini qurish ishlari boshlab yuborilganligi haqida malumot berdi.

"2020 yili Tokio shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun licenziya qo'lga kiritib, munosib ishtirok etish oldimizga qo'yilgan eng asosiy vazifadir. Biz O'zbekistonning turli hududlarida kamondan otish sport turini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga jalb qilish hamda yurtimiz bayrog'ini nufuzli musobaqalarda baland ko'tarishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz", - dedi Otabek Imomov.

Tadbir davomida anjuman ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan yana bir qator savollarga javob olishdi. Matbuot anjumani yakunlangach, musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. SHundan so'ng bahslarga start berildi.

Musobaqa 17 noyabrga qadar davom etadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing