So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

03 noy 14:33
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Kaneloning raqibi kichik qizining o'limini ko'rgan. U qiziga chempionlik kamarini vada qiladi va uni uning qabriga olib boradi

Teglar :  Kaleb Plant
Saul "Kanelo" Alvaresning raqibi kichik qizining o'limini ko'rgan. U qiziga chempionlik kamarini vada qiladi va kamarni uning qabriga olib boradi.

"Ota farzandiga bergan vadasini doim bajarishi lozim"!

Super o'rta vazn toifasida jahon chempioni Kaleb Plant 7 noyabr kuni faoliyatidagi eng muhim jangini o'tkazadi. U sayyoramizning eng kuchli bokschisi Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.

Ammo bir yarim yoshida juda kam uchraydigan kasallikdan vafot etgan Xolibning qizi Aliya bo'lmaganida, uning faoliyatidagi bunday katta kurash sodir bo'lmasligi mumkin edi. O'sha noxush voqeadan bir oy o'tgach, Plantning onasi policiyachi tomonidan otib tashlandi. Bokschi haqiqiy "do'zax"dan o'tdi, ammo chuqur psixologik tuynukdan chiqib keta oldi.

Kalebning qizi tug'ilganida chempion hali professional faoliyatini boshlamagan va ancha kambag'al bo'lgan.

Hozirga kelib - Kaleb o'ziga ancha to'q va mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jahon chempioni hisoblanadi. Biroq u juda kambag'al oilada katta bo'lgan. Plantlarning oilasida hattoki o'zlarining uylari ham bo'lmagan. Onasi esa giyohvand bo'lgan.

Plantning otasi Richi esa farzandidagi qobilyatni ko'ra olgan. Uning o'zi o'g'liga boksdan saboq bera boshlagan. Bo'lajak chempion 12 yoshidagina haqiqiy boks zaliga borib mashg'ulot o'tkazadi. Plant havaskor boksda ham o'zini ko'rsata olgan va 19 yoshida AQSHning eng nufuzli turnirida g'alabani qo'lga kiritgan. U 20 yoshda Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etishi kerak edi, ammo Olimpiada arafasida ota bo'ladi. Go'dak tug'ilishi bilan shifokorlar juda yomon xabar aytishadi, chaqaloq ciklogidrolaza etishmovchiligi bilan tug'ilgan, yani bu kasallikning davosi yo'q edi. SHundan so'ng chempionning hayotida qora kunlar boshlanadi.


"Uyg'onardim, zalga borardim va tez qaytib, u bilan birga bo'lardim. Har kunim shu tarzda o'tardi", - deya eslaydi Plant.


Qizining kasalligi tufayli Plantning ayoli ishidan bo'shaydi va bor etiborini farzandiga qaratadi. SHu sababli ham Plant tezroq professional boksga o'tishi lozim edi, chunki havaskor boksdan topadigan puli orqali oilasini va qiziga kerakli bo'lgan dorilarni xarid qilishga qurbi etmas edi. U jang chiqqan vaqtida faqat qizini o'ylardi va unga raqibining nomi qiziq ham emas edi. U har bir g'alabasidan so'ng kameralarga tabassum qilardi, lekin ichida doim yig'lardi.

Plant qizining vafotidan besh hafta o'tib jang qiladi. CHempionlikni qo'lga kiritganidan so'ng kamarni qabrga olib boradi.

Kaleb 2015 yilda navbatdagi jangga tayyorgarlik ko'rish uchun ketishi lozim edi, biroq shifokorlar navbatdagi daxshatli xabarni aytishadi.

"Mening navbatdagi jangim bo'lishi lozim edi, Aliya esa jonlantirish bo'limida yotar edi. Ketishimdan avval shifokor meni oldimga keldi va Mister Plant sizga ketishni maslahat bermaymiz, sababi qizingiz yaqin orada o'ladi... Jangni qoldirganingiz maqul! Men o'shanda qizimga chempion bo'lishni vada berganman, u vaqtda qizim hali tirik edi. Biroq 29 yanvar kuni soat 10:55da qizim vafot etdi..."


Bir oydan so'n esa Plantga navbatdagi kulfat yog'iladi. Uning onasini policiya xodimi otib qo'yadi. Onasi shifoxonada vafot etadi. U 51 yoshda edi. Plant shunga qaramay, bir haftadan so'ng ringga ko'tariladi va Daniel Genrini birinchi raundda nokaut qiladi.

2019 yil 13 yanvar. CHempionlik jangida Plant anderdog edi, biroq ochkolar hisobiga ko'ra Xose Uskategini mag'lub etdi v IBF kamariga ega chiqdi. CHempion bo'lganidan so'ng Plant kamarni qizining qabriga olib keldi.

"Ota farzandiga bergan vadasini doim bajarishi lozim"!, - deya yozib qo'ydi Plant surat tagiga.

Reyting: +5   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing