So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

30 avg 06:43
Yangiliklar

Boshqalar

Kapadze, Zabelinskaya, SHakirov va boshqalar davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Teglar :  Davlat mukofoti
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, talim, sog'liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo'shgan munosib hissasi, o'zining yorqin istedodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz manaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, talim, sport, madaniyat va sanat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo'lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:


 «O'zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

1. Xalmuradov Rustam Ibragimovich - Samarqand davlat universiteti rektori

2. Egamberdiev SHuxrat Abdumannapovich - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori

 

«O'zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

Anvarov Ismoil Boyqulovich - Bandixon tumanidagi 17-bolalar musiqa va sanat maktabi o'qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

 

«O'zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

1. Axmadaliev Fayzullaxan - O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassom

2. Ismailov Bobir Abduraximovich - Toshkent shahridagi «Caravan Group» masuliyati cheklangan jamiyati rassomi

 

«O'zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

1. Inoyatov Djurakul Baxritdinovich - Samarqand shahridagi «Usto» sho'ba korxonasi badiiy rahbari, Samarqand viloyati

2. Kamalov SHokir SHarifovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi, temirchi usta, Buxoro viloyati

3. Raximov Toxir Axmedovich - «Hunarmand» uyushmasining Nurota tumani bo'limi azosi, toshtarosh-usta, Navoiy viloyati

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

1. Akbarov Xamidulla Ilyasovich - O'zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi azosi, kinoshunos

2. Dadabaev Xamidulla Aripovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining o'zbek filologiyasi fakulteti til nazariyasi kafedrasi professori

3. Isomov Boxodirjon Sirojiddinovich - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o'qituvchisi, Farg'ona viloyati

4. Isxakov Mirsadik Mirsultanovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi mudiri

5. Umurzakov Uktam Pardaevich (marhum) O'zbekiston Respublikasi Oliy talim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigaciya va qishloq xo'jaligini mexanizaciyalash muhandislari institutining sobiq rektori

6. Xudayberganov Kamiljon - «Ichan-qala» davlat muzey-qo'riqxonasi ilmiy kotibi, Xorazm viloyati

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

1. Mamajonov Tursunali - Farg'ona tumanidagi «Vodil chinori» xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari, Farg'ona viloyati

2. Filanovich Margarita Ivanovna - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi etakchi ilmiy xodimi

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

1. Aripova Tamaraxon O'ktamovna - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

2. Zufarov Mirjamol Mirumarovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining yuqori texnologiyalar bo'yicha o'rinbosari

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

1. Kapadze Timur Taxirovich - Futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va «Olimpik» futbol klubi bosh murabbiysi

2. Muminov Vladimir Murzanovich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» akciyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport bo'limi murabbiysi

 

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Zabelinskaya Olga Sergeevna - Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining velosport bo'limi sportchisi

 

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va manaviyatini yuksaltirish, talim, sog'liqni saqlash, madaniyat, adabiyot, sanat, jismoniy tarbiya va sport sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy-manaviy barqarorlikni taminlash, yosh avlodni yuksak g'oyalar ruhida sog'lom va barkamol etib tarbiyalashga qo'shgan ulkan hissasi hamda jamoat ishlaridagi ko'p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

1. Radjabov Xasan Yunusovich - Yunus Rajabiy uy-muzeyi direktori

2. Utaganov Yulbars Xajimatovich - Izboskan tumanidagi «Utaganov Yulbars» oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

3. Yusupov SHarofidin Isomidinovich - «Hunarmand» uyushmasining Rishton tumani bo'limi azosi, kulol, Farg'ona viloyati

 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Matyakubov Ataxan - Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanati institutining doston ijrochiligi kafedrasi docenti

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

1. Abdullaev Ramazon Bobomurodovich - Boysun tumanidagi 53-umumiy o'rta talim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi, Surxondaryo viloyati

2. Abdullaev Rustam - O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

3. Abdullaev Fatxulla Xabibullaevich - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

4. Babaeva Kubara - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi, kulol, Buxoro viloyati

5. Iskandarov Bo'ri - Kasbi tumanidagi 2-umumiy o'rta talim maktabining matematika fani o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

6. Isroilov Barot - O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, shoir, Toshkent viloyati

7. Niyozov Soyibjon Navruzovich - Toshkent viloyati namunali «Maqom» ansambli xonandasi

8. Turaev Isok Latipovich - Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i

9. Umarova Dilorom Kuchkarovna - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

10. Usmanov Aziz Magdalievich - «Toshkent irrigaciya va qishloq xo'jaligini mexanizaciyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi professori

11. Fayzulaev Saidbaxram - G'allaorol tumani madaniyat bo'limiga qarashli «Marjon» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati

12. Xatamova Yorkinoy G'anievna - Farg'ona viloyati musiqali drama teatri aktyori

13. Xasanov Baxtiyor Vaxapovich - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Qatag'on qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori

 

«Do'stlik» ordeni bilan

1. Abdukunduzova Valentina Nikolaevna - O'zbek Milliy akademik drama teatri grim ustaxonasi mudiri

2. Abdullaeva Mexrijon Kabirovna - Namangan viloyati musiqali drama teatri aktyori

3. Abduraxmanov Sayib - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali metallurgiya kafedrasi professori

4. Azamatova Karima Nabievna - Guliston shahar ko'zi ojizlar madaniyat markazining Brayl yozuvi bo'yicha to'garak rahbari, Sirdaryo viloyati

5. Ansatbaev Najimatdin - O'zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti Nukus filialining rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori

6. Astafurova Natalya Konstantinovna - Yangier shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

7. Beknazarov Turgun Saidovich - Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali  teatri solist-vokalisti

8. Berdimuratova Alima Karlibaevna - Qoraqalpoq davlat universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, Qoraqalpog'iston Respublikasi

9. Buxaidze Igor SHalvovich - O'zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri aktyori

10. Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiysi

11. Kazakov Viktor Timofeevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o'qituvchisi

12. Kataeva Vera Sergeevna - Qarshi shahar bolalar-o'smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo'yicha murabbiysi, Qashqadaryo viloyati

13. Kattaev Komilxon Salohiddinovich - Maxdumi Azam ilmiy-tadqiqot fondi rahbari, Samarqand viloyati

14. Kudbiev Davlatbay - Farg'ona politexnika institutining buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori, Farg'ona viloyati

15. Litvinenko Irina Anatolevna - «O'zbekfilm» kinokoncerni» davlat unitar korxonasi liboslar bo'yicha postanovkachi rassomi

16. Madraximova Ziyoda Ubaydullaevna - Mukarrama Turg'unboeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli badiiy rahbari

17. Malikov Rashid Karimovich - «O'zbekfilm» kinokoncerni» davlat unitar korxonasi postanovkachi rejissyori

18. Mullaxanov Azim Azizovich - «O'zbekkoncert» davlat muassasasi xonandasi

19. Musabaev Xusan Kasimovich - «Mahalla» teleradiokanalining «Televizion miniatyuralar teatri» aktyori

20. Nuratdinova Zamira Kalbaevna - Qoraqalpog'iston Respublikasi leprozoriysi bosh shifokori

21. Pirmatov Serik - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining amaliy grafika kafedrasi docenti

22. Prekeshova Anargul Usenovna - Mo'ynoq tumanidagi 7-maktabgacha talim muassasasi tarbiyachisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi

23. Prjanov Tursunbay Maribjanovich - Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

24. Samadov Raxmatulla Sunatullaevich - Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanati institutining maqom cholg'u ijrochiligi kafedrasi docenti

25. Sotnikova Tatyana Nikolaevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano bo'limi o'qituvchisi

26. Tashkenbaeva Nelya Valiaxmedovna - teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi

27. Temirov Amirjon Boboavezovich - So'x tumanidagi 29-umumiy o'rta talim maktabi direktori, Farg'ona viloyati

28. Toshev Davron Bo'ronovich - O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi azosi, miniatyurachi rassom, Buxoro viloyati

29. Tuychieva Sayyora Suyarqulovna - O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, shoir

30. Turaev Yunus SHaripovich - O'zbekiston davlat konservatoriyasining estrada xonandaligi kafedrasi professori

31. Ubaydullaev Raxim Kutfidinovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi, pichoqchi usta, Namangan viloyati

32. O'narov Sobir Hamzaevich - O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, yozuvchi

33. Usmanov Yuldash - «Bulbuliguyo» folklor-etnografik xalq ansambli azosi, Surxondaryo viloyati

34. Fayzullaeva Elmira Tulkunovna - Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sinxron suzish bo'limi murabbiysi

35. Xayretdinova Farida Faritovna - Andijon olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining voleybol bo'yicha murabbiysi, Andijon viloyati

36. Xakimdjonov Xatam Xalilovich - O'zbek milliy maqom sanati markazi huzuridagi Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so'z ustasi, Farg'ona viloyati

37. Xamzaev Faxritdin Kutfutdinovich - O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi azosi, ganch o'ymakorligi ustasi, Toshkent shahri

38. SHukurov Eshqabil Juraevich - «Manaviy hayot» jurnali bosh muharriri

39. Ergashov Jalil Umarovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi,  xattot, Samarqand viloyati

40. Yuldashova Nozik Abdusalomovna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi, kashtado'z, Samarqand viloyati

41. Yusupova Venera Ismetovna - O'zbekiston davlat sanat va madaniyat institutining qo'g'irchoq teatri sanati kafedrasi docenti

 

II darajali «Sog'lom avlod uchun» ordeni bilan

1. Axmedova Mamagul Fayzievna - Qarshi tumanidagi «Momogul» folklor-etnografik xalq ansambli azosi, Qashqadaryo viloyati

2. Eshimbetova Aydin Ibadullaevna - O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining  xoreografiya kafedrasi katta o'qituvchisi

3. Kamalov Jamaliddin Sayfitdinovich - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Toshkent shahri

4. Mamatkulov Abdulxamid - Guliston ixtisoslashtirilgan sanat maktabining xalq cholg'ulari kafedrasi oliy toifali o'qituvchisi, Sirdaryo viloyati

5. Salimova Nigora Abdulkarimovna - Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta talim maktabi direktori, Toshkent shahri

6. Solomonova Svetlana Andreevna - Olmaliq shahridagi 8-bolalar musiqa va sanat maktabi o'qituvchisi, Toshkent viloyati

7. Soxibova Maxsuda Mamadiyorovna - Samarqand viloyati Bolalar uyi bosh shifokori

8. Tog'aeva Adolat - Nurobod tumanidagi «Tegirmonboshi» mahalla fuqarolar yig'ini kutubxonasi mudiri, Samarqand viloyati

9. Umbarov Salim SHukurovich - Farg'ona viloyati sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining kamondan o'q otish bo'yicha murabbiysi

10. Xolmatova Mavludaxon Tursunovna - Andijon tumanidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchisi, Andijon viloyati

11. Xolmuratova Odinaxon Mamitovna - Jalaquduq tumanidagi 12-maktabgacha talim muassasasi direktori, Andijon viloyati

12. CHeprunova Lyubov Nikolaevna - Respublika oliy o'smirlar sport mahorati maktabining engil atletika bo'yicha murabbiysi

13. SHakirov Roman Ildarovich - Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sambo bo'limi katta murabbiysi

14. Yusupov Norkuli Tursunovich - O'zbekiston bel olish va uchkurash associaciyasi raisi

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

1. Nariev Eduard Ustemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori

2. Nurova Zoya Ramazanovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialining tez tibbiy yordam bo'limi mudiri

3. Strigina Zarema Subbievna - Toshkent viloyatidagi «Metallurg» shifoxonasi bosh shifokori

4. Suyarova Nuriya Egamberdievna - Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo'limi mudiri, Qashqadaryo viloyati

5. Yusupaliev Baxodir Kaxramanovich - O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i

 

«Sog'lom turmush» medali bilan

1. Artukbaeva Nigora Narko'zievna - Guliston shahar tibbiyot birlashmasining 3-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Sirdaryo viloyati

2. Baratova SHahzoda Abdullajonovna - Kosonsoy tumanidagi 33-umumiy o'rta talim maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi, Namangan viloyati

3. Raxmonova Gavxar Abdulazizovna - Namangan tumani tibbiyot birlashmasining 12-oilaviy poliklinikasi tibbiy brigada hamshirasi, Namangan viloyati

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

1. Bazarov Oybek Sunnatovich - Navoiy viloyati ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi uslubchisi

2. Gizatullina Alina Albertovna - «Ommaviy xalq bayramlari» masuliyati cheklangan jamiyati qoshidagi «Yoshlar baleti» guruhi artisti

3. Xamdamova Sabina Utkurovna - O'zbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi artisti

4. Xoshimov Davron  Islom o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi «O'zbekiston davlat simfonik orkestri»  davlat muassasasi artisti

5. SHermetova Saboxat Bardiboy qizi - Xiva shahar madaniyat bo'limiga qarashli «Sayqal» folklor-etnografik xalq ansambli to'garak rahbari, Xorazm viloyati

 

«SHuhrat» medali bilan

1. Abduraxmonova Mexri Qudratovna - O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati bo'limi rahbari, shoir

2. Agajanova Nazira Nabievna - Farg'ona viloyati «Muruvvat» nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat-uyi sanitar-enagasi

3. Azimov Maruf Maxmudovich - O'zbekiston davlat filarmoniyasining «Navro'z» ashula va raqs ansambli sozandasi

4. Alimardanov Rustam G'ayratovich - Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

5. Alimova Nigora Israilovna - O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi huzuridagi «Mehrli maktab» davlat talim muassasasi direktori

6. Asadov Mansur Mirdjamolovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi, yog'och o'ymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

7. Jonibekov Ziyodullo Toshtemirovich - O'zbekiston Milliy axborot agentligining axborot uzatish xizmati boshlig'i

8. Izamov Djamshid Anvarovich - «Hujjatli va xronikal  filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi ovoz rejissyori

9. Islamov Narimon Kabuljanovich - O'zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazining 2-kardioxirurgiya bo'linmasi mudiri

10. Qurbonov Qo'chqor - CHiroqchi tumanidagi «CHiroqchi chiroqlari» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

11. Mamadalieva Saida Farmanovna - Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

12. Mansurov Furkat Xusnutdinovich - Respublika «Usto» uyushmasi tarkibidagi «Toshkent badiiy keramika tajriba kombinati» masuliyati cheklangan jamiyati rahbari

13. Mirzaaxmedov Rasuljon Turgunbaevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasining Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i, mato to'quvchi usta

14. Mirmaxmudova Kamola Mirnigmatovna - Olmazor tumanidagi 522-ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasasi logopedi, Toshkent shahri

15. Nazarov Baxromjon Baxtiyorovich - «O'zbekkoncert» davlat muassasasi xonandasi

16. Raimova Feruza Baxodirjonovna - Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo'lgan bolalar uchun 1-internat-uyi tarbiyachisi

17. Ruzmetov Alisher Ganievich - O'zbekiston davlat filarmoniyasining «O'zbekiston» ashula va raqs ansambli xonandasi

18.Samandarova Sayyora Erkinovna - Urganch shahar hokimining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari bo'yicha maslahatchisi,
Xorazm viloyati

19. Tog'oev Maxmud Abdulloevich - Navoiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining og'ir atletika bo'yicha murabbiysi

20. Tohirov Hamza Bobojonovich - Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi SHofirkon tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Buxoro viloyati

21. Umarov Anvarjon Abdurasulovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi, beshikchi usta, Andijon viloyati

22. O'rinova Maxfuza Maxammatsalimovna - Marhamat tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta talim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

23. Xaydarov Ruslan Rajabovich - «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi davlat muassasasi sahnalashtiruvchi rejissyori, Toshkent shahri

24. Xidirova Bahor Hazratqulovna - «Yangi O'zbekiston» gazetasi muxbiri

25. Xolmuminov Asqar Sayfullaevich - O'zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyori

26. Eshonova Salimaxon Nishonbek qizi - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti bo'lim boshlig'i

27. Yuvakaeva Inessa Maratovna - «Ichan-qala» davlat muzey-qo'riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

28. Yunusov Akramxon Xakimjonovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi azosi, kandakor, Farg'ona viloyati

29. Yaqubov Ikrambay O'rinovich - Xonqa tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limi mudiri, Xorazm viloyati

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti             SH.Mirziyoev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing