So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

04 mar 13:58
Yangiliklar

Karate

Karate. A seriyadagi eng yaxshi natijamiz 9-o'rin, Qozog'iston 4ta medal oldi

1-3 mart kunlari Avstriyaning Zalcburg shahrida karatening WKF yo'nalishi bo'yicha A seriya turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa bo'lib o'tdi.

Zalcburg tatamilarida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham kata va kumite bahslarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Avstriyadagi turnir Tokio Olimpiadasiga muhim licenzion ochko berishi bilan ahamiyatli edi. 

Afsuski, bu galgi musobaqadan ham sportchilarimiz medalsiz qaytishdi. Bu safar terma jamoa murabbiylari turnirga zaxira sportchilarini olib borishdi. Ikkinchi tarkib vakillari o'zlari uchun bildirilgan ishonchni oqlashmadi. 

Zalcburgdagi eng yaxshi natijamiz - 9-o'rin bo'ldi. -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahonshoh Ibragimov A Seriya musobaqasida 9-o'rinni egalladi. -67 kg vazndagi yurtdoshimiz Asilbek Madaminov 13-o'rin bilan kifoyalandi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Qozog'iston terma jamoasi ushbu turnirda 4ta medal (1ta oltin, 3ta bronza)ni qo'lga kiritdi. -60 kg vazn toifasida Darxan Assadilov barcha raqiblarini engib, oltin medalga ega chiqdi. Bu vaznda bizning birinchi raqamli sportchimiz Sadriddin Saymatov hisoblanadi. Qayd etish lozimki, qo'shnilarimiz mazkur turnirda 32 nafar sportchi bilan ishtirok etishdi.

Turnirda ishtirok etgan karatechilarimiz:

-60 kg: SHerzod Rahimqulov va Bekzod Tuyg'unov;

-67 kg: Asilbek Madaminov va Akmal CHoriev;

-75 kg: Jahonshoh Ibragimov;

-84 kg: Abdulaziz Atabaev;

-68 kg: Dildor Annadurdieva;

Kata: Hamdamjon SHodibekov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing