So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

06 fev 17:17
Yangiliklar

Karate

Karate. Franciyalik taniqli instruktor Xasin Xaddad Toshkentga keladi

Teglar :  Karate
Ayni damda karate sport turi jahonda o'z o'rnini yaxshilab, mustahkamlab bormoqda.

2020 yilgi Olimpiyada o'yinlari dasturidan o'rin olgani esa buning isboti albatta. SHu boisdan ko'plab yoshlar, o'smirlar va bolakaylar kelajakda sog'lom, baquvvat bo'lishlari uchun karate sport turi bilan shug'ullanishmoqda.

SHu munosabat bilan Milliy Olimpiya Qo'mitasi va O'KMF tomonidan karateni rivojlantirish, uni aholi orasida yanada ommalashtirish yo'lida ish olib bormoqda. Quyidagi ajoyib ishlar esa bu yo'ldagi katta qadam bo'ladi.

Evropa va Jahon chempionlarini tarbiyalagan, shuningdek, o'zi ham ko'plab yuksak sovrinlarni qo'lga kiritgan, hozirda karate instruktori bo'lib ishlayotgan mashhur Xasin Xaddad O'KMF raxbariyatining taklifiga ko'ra O'zbekistonga tashrif buyuradi.

Buni O'zbekiston va Franciya davlatlari sport aloqalarining o'zaro hamkorligi mevasi deb aytsak bo'ladi. Xaddad yaqin kunlarda master-klass o'tkazish, terma jamoa azolari bilan ishlab, ularni Olimpiadaga tayyorlash yo'llarini o'rgatish uchun Toshkentga etib keladi.

Faoliyati davomida katta yutuqlarga erishgan Xaddad o'zbek karatesi dovrug'ini yanada oshirib, sportchilarning yutuqlarini sezilarli oshishida katta turtki bo'la oladi. Zero mashhur Xasin Xaddadning oldida barcha karatechilar o'zlarini ko'rsatishga intilishadi.

O'zbekiston karate milliy federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing