So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

11 sen 18:33
Yangiliklar

Karate

Karate. Hamyurtlarimizning Premer-ligadagi muvaffaqiyati

Germaniyaning Leypcig shahrida olimpiya sport turlari oilasiga mansub karate bo'yicha nufuzli Premer-Liga musobaqalarining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Karateda Premer-Liga musobaqasi Jahon Kubogi hisoblanib, 5ta bosqichdan iborat bo'ladi. Bu yil ushbu bahslarga Parij (Franciya), Rotterdam (Gollandiya), Dubay (BAA), Rabat (Marokash) va Leypcig (Germaniya) shaharlari mezbonlik qildi.

Jami 10ta vazn (5ta erkaklar, 5ta ayollar) toifasida o'tkazilgan Premer-liganing yakka va jamoaviy kumite bahslarida 18 yoshdan katta sportchilar tatamiga chiqishdi. Ushbu musobaqalar tizimi sportchilarga Tokio-2020 Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatli edi.

Leypcigdagi yakuniy bosqichda 87ta davlatdan jami 1384 nafar sportchi ishtirok etdi. Bu ushbu musobaqalar uchun rekord ko'rsatkich hisoblanadi. Ular orasida O'zbekiston milliy karate federaciyasi karatechilari ham bor edi.


Hamyurtlarimizdan talabalar o'rtasida jahon chempionati bronza medali sovrindori bo'lgan Dostonbek Otabolaev finalgacha mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. U musobaqada 7ta jang o'tkazib, shularning 6tasida g'alaba qozondi. Finalgacha italiyalik Rabii Jendubini 6:4, belgiyalik Sam Plompenani 2:0, Osiyo chempioni qozog'istonlik Ermek Aynazarovni 1:0, yaponiyalik Yuta Morini 4:2, jahon va Evropa chempionatlari sovrindori germaniyalik Noa Bicsha hamda turkiyalik Fotix Senni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etdi. Finalda esa Otabolaev karate afsonasi, bir necha karra jahon va Evropa chempioni italiyalik Luiji Busaga 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.


Musobaqada ikki sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamiz yakunda Qozog'iston (25 nafar qatnashchi), Eron (19), Angliya (23), Franciya (82), Polsha (31) kabi jamoalarni ortda qoldirib, 13-o'rinni egalladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing