So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

13 mar 14:24
Yangiliklar

Karate

Karate WKF: “Istanbul Premier League” turnirida hamyurtimiz finalga chiqdi

Teglar :  Karate
Yana bir sportchimiz esa bronza medali uchun tatamiga chiqadi.

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida karate bo'yicha nufuzli “Istanbul Premier League” xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda. Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etishyapti.

Quvonarlisi, kecha bo'lib o'tgan saralash bahslaridan so'ng terma jamoamizning ikki nafar vakili medallar uchun kurashadigan bo'lishdi. Jumladan, dunyoning 60ta davlati vakillari ishtirok etayotgan musobaqada hamyurtimiz, -75 kg vazn toifasida tatamiga tushgan Doston Otabolaev finalga yo'llanma oldi. U oltin medal uchun kechadigan jangda italiyalik Luiji Busaga qarshi tatamiga tushadi.

Yana bir vakilimiz, -60 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sadriddin Saymatov esa bronza medali uchun jang qiladi. Medallar uchun kechadigan janglar 14 mart sanasiga belgilangan.

“Istanbul Premier League” xalqaro turniri finalchisi Dostonbek Otabolaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«Ushbu yutuqlarimiz zamirida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining xizmatlari juda katta. Uch oy mobaynida olib borilgan mashg'ulotlar o'z mahsulini berdi. Men bu muvaffaqiyatim uchun barcha ustozlarimga, xususan yurtboshimiz SHavkat Mirziyoevga sportga qaratayotgan yuksak etiborlari uchun minnatdorlik bildiraman va albatta yurtimiz bayrog'ini yuqori ko'tarishga harakat qilaman».

Biz ertaga bo'ladigan janglarda hamyurtlarimiz Sadriddin Saymatov hamda Doston Otabolaevga omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing