So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

26 fev 12:03
Yangiliklar

Karate

Karate WKF. Osiyo chempionati mezbonligi yana Toshkentga qaytadimi?

Teglar :  Karate
Karatening olimpiya oilasiga mansub WKF yo'nalishi bo'yicha joriy yilgi Osiyo chempionatiga katta ehtimol bilan poytaxtimiz mezbonlik qiladi.

Aslida bu qita chempionatining Toshkentda o'tkazilishi oldinroq malum bo'lgandi. Lekin O'zbekiston karate milliy federaciyasi rahbariyatidagi o'zgarishlar, buning natijasida yuzaga kelgan tushunarsiz holatlar sabab kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining mezbonlik huquqi Vetnam davlatiga olib berildi.

Yodingizda bo'lsa, o'shanda avvaliga Nurxon Nafasov federaciya prezidentligiga saylangan. Keyin oradan hech qancha vaqt o'tmay, Alamjon Mullaev yana o'z lavozimiga qaytarildi. Bo'lib o'tgan bu o'ziga xos “rokirovkalar” Osiyo karate federaciyasi rahbariyatiga maqul kelmadi. Natijada Olimpiadaga muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi Osiyo chempionati mezbonligidan mahrum bo'ldik.  



Bizga taqdim etilgan xabarga tayanadigan bo'lsak, Alamjon Mullaev federaciya prezidentligiga qayta saylanganidan so'ng O'zbekiston va Osiyo karate federaciyalari o'rtasidagi munosabatlari yana iliqlashgan. Fikrimizni kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligining yana poytaxtimizga berilishi haqidagi xabar ham tasdiqlaydigandek, go'yo.

To'g'ri, hali rasman mezbonlik huquqi mamlakatimiz poytaxtiga berilmadi. Lekin shunisi aniqki, Osiyo karate federaciyasining maxsus ishchi guruhi Vetnam bu yirik musobaqani o'tkazishga tayyor emasligini aniqladi. Tez orada xuddi shunday ishchi guruh yurtimizga ham tashrif buyuradi. Agar taqdim etiladigan sharoitlar maqul kelsa, bu yilgi kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati Toshkent shahrida o'tkaziladi. Bu borada muammo bo'lmasligi aniq. Boisi, mamlakatimiz qita va jahon chempionatlarini o'tkazish bo'yicha katta tajribaga ega.



Bu yilgi Osiyo chempionatining ahamiyati beqiyos. Aynan shu musobaqada yuqori o'rinlarni egallash orqali Tokio-2020 Olimpiadasiga borish imkoniyati ortadi. Aniqrog'i, Osiyo chempioni bo'lgan sportchi o'z reytingini 930 ochkoga boyitib oladi. Finalchi 690, bronza medal sohibi esa 510 ochkoni qo'lga kiritadi. Bu ochkolar esa sportchini to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga ancha yaqinlashtiradi.



Umid qilamizki, Alamjon Mullaev boshchiligidagi O'zbekiston karate WKF federaciyasi Osiyo chempionati mezbonligini qo'lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Mullaev Butunjahon karate federaciyasi prezidenti janob Espinoza bilan juda yaxshi munosabatda. O'tgan yili aynan Alamjon Mullaevning tashabbusi bilan Espinoza Toshkentga kelgan edi. Har holda Xalqaro federaciyalar bilan munosabatning yaxshi bo'lgani maqul.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing