So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

18 fev 11:58
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz Dubaydan quruq qo'l bilan qaytishdi. SHunga o'rganib qolmayapmizmi?

15-17 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo'yicha “Premer Liga” reyting turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 86 mamlakatidan 737 nafar karatechi sovrinli o'rinlar hamda Olimpiya reyting ochkolari uchun bahs olib bordi. Bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etdilar.

Afsuski, avvalgi Premer Liga musobaqalarida bo'lgani kabi bu safar ham hech bir sportchimizga shoxsupaga ko'tarilish nasib qilmadi. Sadriddin Saymatov, Dostonbek Otabolaev, Barno Mirzaeva singari tajribali sportchilarimiz o'zlariga bildirgan ishonchni oqlay olishmadi.  

2017 yili -60 kg vazn toifasida dunyoning eng yaxshi karatechisi bo'lgan Saymatov Dubay turnirida 11-o'rin bilan kifoyalandi. Uning vaznida bir yo'la ikki qozog'istonlik sportchi shoxsupaga ko'tarildi. Darxan Assadilov oltin, Qaysar Alpisbay bronza medalini qo'lga kiritdi. Aynan Saymatovning 11-o'rinni egallagani BAA turniridagi eng yaxshi natijamiz bo'ldi. 

SHu o'rinda haqli savol tug'iladi: musobaqalardan medalsiz qaytishga o'rganib qolmayapmizmi? Tokio Olimpiadasiga esa hech qancha vaqt qolgani yo'q. Karate ilk bor to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi dasturiga kiritilgan. Bu ketishda Olimpiada-2020ning karate musobaqasi o'zbekistonlik sportchilarsiz o'tadi, shekilli.  

Terma jamoamiz Dubayda quyidagi tarkibda qatnashdi:

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov

-67 kg: Iqboljon Uzoqov

-67 kg: Sanjar Abdukarimov

-75 kg: Dastonbek Otabolaev

Ayollar:

-50 kg: Bahriniso Boboeva

-61 kg: Barno Mirzaeva

Murabbiylar: O'ktam Bekpo'latov, Dilnoza Bakirova

Suratda - Bahriniso Boboeva (Osiyo o'yinlari kumush medali sovrindori)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing