So’nggi yangiliklar

15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0

22 fev 11:21
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz Fujayradagi turnirda muvaffaqiyatli qatnashishdi + FOTO

Teglar :  Karate WKF
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida karate WKF bo'yicha "International Karate Open" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada 35 davlatdan jami 1700 nafar yoshlar, o'smirlar va kattalar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Karate bo'yicha tajribali murabbiy SHoxrux Jo'raev boshchiligida sport delegaciyamiz mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etib, 3 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Jumladan, Toshkent shahri sportchilaridan Ali Baxtiyorov yakka kumite baxslarida (10-11 yoshlilar, +30 kg.) birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yakka kata bahslarida (12-13 yoshlilar)  Umarjon Karimov barcha raqiblarini engib, oltin medal sohibiga aylandi. 

SHuningdek, musobaqada Toshkent viloyati sportchilari ham muvaffaqiyatga erishdi. Xususan, Toshkent tumani sport maktabi va "Keles karate" klubi murabbiyi Dilshod Yusupov boshchiligida sportchilarimizdan Azizbek Islombekov (-60 kg. +18 yoshlilar) oltin medalga sazovor bo'ldi. Jo'rabek Alibekov (14-15 yoshlilar, -52 kg.) bronza medaliga ega chiqdi.

Kecha Toshkent tumani hokimligida murabbiy Dilshod Yusupov va uning chempion shogirdlarini tuman hokimi Odilxon Rustamov va sektor rahbarlari tabriklab, mamlakatimiz obro'sini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgani va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo'shayotgan hissalari uchun tashakkur bildirishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing