So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

17 okt 15:19
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz Tokiodagi Premier League musobaqasidan bronza medali bilan qaytishdi

Teglar :  Karate
Yaponiyaning Tokio shahrida karate bo'yicha Premier League seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqa nihoyasiga etdi.

Bahslarda ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga bitta bronza medali bilan qaytib kelishdi. Bu haqida O'zbekiston karate Milliy federaciyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Musobaqada -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Iqboljon Uzoqov Franciya, Avstriya, Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa turkiyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medali uchun janglarda Ukraina va Franciya karatechilaridan ustun keldi va bronza medali egasiga aylandi.

Nufuzli turnir g'olibligiga asosiy davogar sanalgan hamyurtimiz, 2017 yilda jahonning eng yaxshi karatechisi sifatida etirof etilgan Sadriddin Saymatov avvaliga gonkonglik raqibini mutlaq ustunlik bilan mag'lub etgandi. Ikkinchi bosqichda franciyalik raqibga qarshi o'tkazilgan bahsda esa u jarohat oldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Bahslarda qatnashgan Sanjar Abdukarimov, Dastonbek Atabolaev, Baxriniso Babaeva, Barno Mirzaeva kabi karatechilarimiz sovrindorlar qatoridan o'rin olmagan bo'lsalarda, yakunda o'zlari uchun muhim bo'lgan reyting ochkolarini ishlab oldilar. Ushbu reyting ochkolar orqali sportchilar Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing