So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

17 okt 15:40
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

KATTA INTERVYU: G'anisher Rahmatullaev sport sharhlovchilari, tennis, "Zakovat" va yana ko'plab mavzular haqida

Sobiq tennischi, o'z vaqtida "Sport TV" telekanalida sharhlovchi sifatida ishlagan G'anisher Rahmatullaev bugungi kunda nimalar bilan band?

Jurnalist Evdokim Raimov G'anisher Rahmatullaev bilan katta suhbat tashkil etdi. 

Intervyuning o'zbek tilidagi variantini etiboringizga havola qilamiz. 


G'anisher aka, ko'pchilik sizning Sport TVdagi sharhlovchilik faoliyatingizni eslaydi. Ammo, keyin yo'qolib qoldingiz. Hozirda nima bilan shug'ullanyapsiz?

Tennis bilan tinimsiz 40 yildan beri shug'ullanaman. Hozir esa shug'ullantiryapman. Sportchilar bilan emas-ku, ko'proq havaskorlar bilan. CHunki hammasiga vaqt etmaydi. Ko'p vaqtim seriallarda suratga tushishga sarflanadi. Qandaydir aktyor bo'lib qoldim, buni o'zim ham tushunmayapman (kuladi). Meni seriallar, filmlarga chaqirishyapti, rollar taklif qilishyapti. Aynan oyning so'nggida bitta serial, oktyabrda yana bittasi chiqishi kerak. SHunday ekan, mediani unchalik ham tark etmaganman. 

Bundan tashqari, biz har hafta kvizlar o'tkazamiz. Bu mamlakatimizda mashhur bo'lgan Pab-kviz formatidir. Aslida, biz bunday narsalarni olib kirgan birinchi insonlardan biri bo'ldik. Bundan tashqari, men Nargiz Zakirovaning koncert direktoriman.


Eshitishimcha, tennis faoliyatingizni jarohat sabab yakunlagansiz. Tennischi sifatida qanday eng yorqin muvaffaqiyatlaringizni qayd eta olasiz?

Birinchidan, men Sport ustasi unvonini Sovet davridayoq olganman, aynan o'sha patda Ittifoq parchalangan edi. Biz eng yuqori nuqtamizga chiqdik. O'ynashim mumkin edi. Ammo, o'shanda davlat tomonidan sharoit va yordamni his qilmadim. SHu bilan birga, pauza forma va o'yin darajasiga tasir qildi. Musobaqalarni 1993-1994 yillarda tiklashdi. Bu yo'qotilgan ikki yil edi. Uzoq tanaffusdan so'ng shug'ullanishni boshlasang, jarohat ehtimoli ko'proq bo'ladi. Birinchi, keyinroq ikkinchi va uchinchi jarohat paydo bo'ldi. Albatta, qanchadir vaqt o'ynadim, ammo kerakli natijaga erishib bo'lmadi. Garchi yuqori bo'lmasa-da, ATP reytingida bo'lganman.

O'smirlar o'rtasida, Ittifoqda o'ntalikda bo'lganman. O'zbekiston Respublikasi chempionatini yutganman, finallar bo'lgan. So'ngra murabbiylikka o'tdim va bunda natijalar qiziqarliroq bo'ldi.


Mantiqan, ko'plab sportchilar murabbiylikka ketishadi. Ammo, sizning fikringizcha, murabbiy bo'limning eng yaxshi tarafi nima? Nega murabbiylikka talab yaxshi?

Sportchilar faoliyatlarini yakunlaganlaridan so'ng faqat murabbiylikka ketishmaydi. Xafa bo'lishmasin-u, bu hayotiy haqiqat: yomon sportchi hakam bo'ladi, yaxshisi esa murabbiy. Sababi ular sportni bilishadi, sportni sevishadi va nimadir bera oladilar. Yani, sportchi bo'lgan murabbiy shogirdlari bilan o'zi amalga oshira olmagan narsani qilishga urinadi. SHu eng zo'r tomoni. Masalan, siz bola bilan ishlaysiz, unga natijalarga erishishida va yuqoriga ko'tarishga yordam berasiz. Har bir erishilgan muvaffaqiyatdan zavqolasiz. Hech kimga sir emaski, tennis moddiy nuqtai nazardan yaxshi daromad keltiradi.


Murabbiylik faoliyatingizda qaysi shogirdlaringiz APTWTA darajasiga qadar ko'tarilgan?

Farruh Do'stovni aytsak, u bilan 1997 yilda ishlaganman. Bir yillik muddatdan so'ng, u darhol porladi. O'z yoshida mamlatakatda birinchi bo'ldi va o'zidan ikki-uch yosh kattalar ichida uchlikka kirdi. Aynan o'sha paytda Sasun SHashkuri (eronlik biznesmen va tennis promouteri, Kreml Kubogini tashkil qilgani bilan ko'proq tanilgan)ga aloqaga chiqdik. Uchrashuv tashkil etishni so'radim. Ko'riklardan so'ng Farruhning kelajagi borligi malum bo'ldi va unga chetga chiqish uchun «yashil chiroq» berishdi. SHunday bo'ldiki, Farruh dunyoning eng yaxshi yuztaligida o'ynadi. Bu juda ajoyib fakt. Agar tennischi dunyoning top-100taligiga kirsa – bu allaqachon daraja hisoblanadi. SHundan so'ng 10 yildan oshiq vaqt davomida Denis Istomin bilan birga terma jamoaning etakchisi bo'ldi, u hozir ham shu sohada. Uning faoliyatida o'z hissamni qo'shganimdan faxrlanaman. 

Bundan tashqari, ko'plab shogirdlarim O'zbekiston Respubligasi birinchiliklarida g'olib chiqishdi, yana kimdir ITF, WTA, ATP darajasida o'ynadi. SHogirdlarim dunyoning eng yaxshi o'ntaligiga kirishdi va orzularim amalga oshdi deya olmayman. Bunday bo'lmadi. Ammo, ko'plab shogirdlarim yirik musobaqalar, jumladan Katta Dubulg'a turnirlarida o'ynashdi. Bu ham yaxshi natija deb o'ylayman.



Yaqinda O'zbekiston termasi Devis Kubogida yaponlarni mag'lub etdi. Istomindan tashqari u erda ko'zi chaqnab turgan yoshlarni ko'rdim. Ammo, Istomin yarim kuchi bilan o'ynagandek tuyuldi. SHunga qo'shilasizmi?

Yosh etib kelganini tushunish kerak. Denis 36 yoshda. Bu odatda faoliyatni yakunlaydigan yosh. O'yinchi sifatida, unga katta hurmat bilan qarayman, ammo uning butun mahoratiga qaramay, baribir chegara bor. Boshdan yuqori sakrash biroz qiyinroq. Qolaversa, raqib ham ancha jiddiy edi. Yaponlar doim yaxshi harakat qilishgan. Bu Istominning o'ynashni xohlamaganidan emas. SHunchaki uning hozirgi jismoniy holati faoliyatining cho'qqisida bo'lgani kabi emas. Buni tushunish kerak. U tajribasi orqali qaysidir manoda terma jamoaga yordam berishga harakat qilmoqda. 

Afsuski, hozirda uning o'rnini bosadigan hech kim yo'q. Masalan, Fomin, boshqa yosh yigitlar bor. Ularga hurmatni saqlagan holda aytaman, ular u darajadagi o'yinchilar emas. Hozirda bizda O'zbekiston terma jamoasini birinchi guruhda Jahonga olib chiqadigan bunday o'yinchilar yo'q. Farruh bilan Denis shunday saviyada bo'lgan deylik. Hatto ular bilan ham Jahon guruhiga chiqishni uddasidan chiqa olmaganmiz. Ko'p marta pley-offga chiqqanmiz, men hatto sanog'ida ham adashib ketaman, Jahon guruhiga esa biror marta chiqmaganmiz. Hozirda terma jamoaning darajasi oldingidek emas.


Denis Istominni uch so'z bilan tariflab bering.

Bu o'yinni his qiladigan inson desak bo'ladi. Men unga ishonaman, u jasur yigit. U olgan jarohatidan so'ng (turnirlar orasida yo'lda og'ir avtohalokatga uchradi – izoh.) qaytdi va muvaffaqiyatli erishdi. Bu hammaga ham berilmaydi. Qaysidir manoda u omadli yigit ham. Uning faoliyati nimadan boshlangan? U Osiyo chempionatini yutdi va AustralianOpen'da ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Tajribasiz o'yinchi 1-2 davrada yaxshi o'ynadi, undan ortiq emas. Hammasiga to'g'ri ko'z bilan qarash kerak. SHunchaki mag'lubiyatga uchrash va qaerdadir yo'qolib qolish qiziqarli bo'lmasdi. U esa ilk o'yindayoq Rojer Federerga to'qnash keldi. Ushbu o'yinni butun dunyo ko'rdi, u elitaga shunday portlash bilan kirdi. Ha, u uchta setni ham yutqazdi (AustraliaOpen-2006'ning ilk davrasi, 1/64 final. Istomin Federerga 2-6, 3-6, 2-6 hisoblarida yutqazdi – izoh), ammo bu fakt. U faoliyatidagi ilk o'yinni Federerga qarshi o'tkazdi. Birinchi raqamli tennischiga qarshi. Federer – afsona. Bunday o'yin esa doimo yodda qoladi. Istomin juda omadli, juda jasur va shunchaki yaxshi yigit.


Farruh Do'stov. U ko'p yillar davomida Istominning soyasida qoldi. Hozirda esa terma jamoa sardori. U sizda nimasi bilan yodda qoldi?

Farruh juda iqtidorli yigit. Men Farruh bilan ishlaganimda, u va Istominning farqi Do'stov foydasiga juda katta edi. O'shanda Farruh o'z tengdoshlarining barchasidan bir bosh ustun edi. Nazarimda, u ancha yuqori darajada o'ynashi mumkin bo'lsa ham, biroz italyan klublariga o'rganib qolgandi. Klub tennisining o'rta darajasida qolgan holda, ko'plab yirik turnirlarda ishtirok etmadi. Menimcha, bu biroz yomon tasir ko'rsatdi. Agar Farruh Denisdek APTTour musobaqalarida ishtirok etganida edi, menimcha, hozirgi yutuqlaridan ko'prog'iga erishardi. Ammo, bunga qaramay, u dunyoning birinchi yuzligiga kirdi.

Sardor bo'lish haqida nima deyish mumkin? Nega endi yo'q? U tajribali odam. Oldin aytib o'tganimdek, terma jamoada ko'p yillar o'ynadi. U Denis bilan birgalikda o'yinlar soni bo'yicha rekordchi. Tajribaning o'rnini bosib bo'lmadi. SHu bilan birga, u tizimni, yigitlarni yaxshi biladi. Uning sardorligida ajablanarli narsa yo'q.


Agar ayollar tennisi haqida gapirsak, Iroda To'laganovadan so'ng Oqgul Omonmurodovani ko'rdik. Ammo, bizning erkaklar tennisimiz bilan solishtirsa, hali ham kontrast mavjud. Ayollar tennisi ortda qolgandek. Bu nima bilan bog'liq?

Qarang, erkaklar tennisida top-100da bizdan ikkita odam bo'lgan – Denis Istomin va Farruh Do'stov. Ayollar tennisida ham ikkitasi kirgan – Iroda To'laganova va Oqgul Omonmurodova. Qolaversa, Omonmurodova o'z vaqtida 50-o'rinni egallagandi, bu juda munosib natija. Lekin bundan tashqari, bizda yigitlardan ko'ra kuchliroq qizlar termasi bor edi. Bunday holatlarni bir necha bor o'tkazib yubordik va rivojlanishga yo'l qo'yilmadi. Bular 1988-90 yillarda tug'ilgan tennischilar, kuchli terma. Vlada Ekshibarova, Diana Narziqulova, Dilyara Saidxo'jaeva, keyin Albina Xabibullina, Aleksandra Kolesnichenko va Nigina Abduraimova paydo bo'ldi. Aslida, o'sishi mumkin bo'lgan yaxshi jamoa edi.

Bugungi kunda esa na u, na boshqa terma jamoa asossiz tarzda zaif natijalar ko'rsatmoqda. Bizda moliyaviy holat kamroq ekanligi va tennisga etibor kamayganini tushunaman. Ammo, shunga qaramay, yangi tennischilarni etishtirish mumkin edi. Bizda imkoniyat bor, shunchaki undan foydalanish va u bilan ishlash kerak.


SHuningdek, top-100 reytingiga kirgan Varvara Lepchenko ham o'ynagan. Nega u AQSHga ketgan. Bu ko'chish edimi?

Bu odatiy ko'chish edi. Uning ota-onasi AQSHga doimiy yashash uchun ko'chib ketishdi. Lepchenkoning ketishini tennisga aloqasi yo'q. Darhol aytaman, u shu erda ham birinchi raqamli edi. SHu erda ham yaxshi o'ynadi. U erda esa aytgan narsam sodir bo'ldi. Imkoniyatlar ochilganda, inson yaxshiroq ochiladi.


Federerni barcha davrlarning eng buyuk tennischisi deyish mumkinmi?

SHubhasiz. SHarhlovchi va murabbiy sifatida, doim uning o'yinlaridan rohatlanganman. SHaxsan men bunday o'ynaganlarni bilmayman. Balki, yaqin 100 yilda bunday tennischilarni ko'rmaymiz. Federer – tennis klassikasi. Ideal texnika. SHuningdek, Rafael Nadal ham bor. Stanislas Vavrinka dunyoning uchinchi raketkasi bo'lganda, undan o'zini qanday his qilayotganini so'rashgan. U Er sayyorasida birinchi raqam ekanligini aytib javob qaytargan. Undan "Adashmayapsizmi? Siz reytingda baribir uchinchisiz" deyishganida, u aytgan: "Men odamlar orasida birinchiman, chunki, Nadal va Federer – odam emas. Ular qandaydir odamlardan yuqori". Bu Federer va Nadal kim ekanligini aniqlashni taminlaydi. Ularning natijalari o'zlari haqida dalolat berib turadi. 

Tennis Xudosi va Marat Safin haqida juda ham mashhur tennischa ibora bor. Sizningcha, top-tennischi bo'lish uchun qanday sifatlarga ega bo'lish kerak?

Xudo insonga o'yinda harakat qilish qobiliyatini berishi kerak. Tennisni yuz minglab insonlar o'ynaydi, ammo biz bir nechtasinigina bilamiz. Tennisda nimagadir erishish uchun mehnatsevarlik bilan ishlash kerak. Men 40 yildan beri shug'ullanaman va tennisda qanday qilib natijaga erishishni juda yaxshi bilaman. Tennis oson va chiroyli sport turidek tuyuladi. Ammo, bu og'ir mehnat.

Va albatta, omad elementi. Hamma narsada. Siz to'pni o'yinga kiritayotganingizda, shamol esadi, u to'rga tegadi va uchib ketadi. SHunday mayda narsalar. Yoki turnir setkasida o'tish mumkin bo'lgan o'yinchilar tushishi. Omad rol o'ynaydigan shunday ko'plab vaziyatlar bor. Ammo, birinchi navbatda – tennischining imkoniyatlari va ishlash qobiliyati.


Hozirda Olimpga yosh ispan Alkaras kirdi. Nima deb o'ylaysiz, uning kelajagi bormi? U yo'qolib qolmaydimi? 

Doim taxmin qilishdan qo'rqaman. Aytgancha, Federer paydo bo'lganda hech kim hech narsani taxmin qilmagan. Bu yigit esa Nadal bilan birga yaqin 20 yillikni o'ziniki qildi va hech kimga bermadi. Siz buni taxmin qila olmaysiz. 

Aytaylik, ota-onalar kelishadi va so'rashadi? "Bu boladan nimadir qilsa bo'ladimi?". Hech qachon bunday savolga javob bermayman. Aksincha, agar qaysidir murabbiy bolangiz o'ynab ketadi deb aytsa, bu murabbiyga ishonmang deyman. Hech kim oldinda nima bo'lishini bilmaydi. Xudo qanday bersa, shunday bo'ladi! Agar bu yigit mehnat qilsa va to'g'ri yo'nalishda ishlasa, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Eskicha ko'rinayotgan bo'lishim mumkin, ammo yaqin kelajakda Federer, Nadal va hatto Jokovichning o'rnini bosa oladigan o'yinchilarni ko'rmayapman. Ammo, bu erda raqobat faktorini ham hisobga olish kerak. U yildan yilga kuchaymoqda. Juda ko'p mamlakatlar bu jarayonga kirib ketishgan. Barcha mamlakatlarda ushbu sport turida jadal suratlar bilan rivojlanmoqda, kortlar qurilmoqda, turnirlar o'tkazilyapti. Hozirda taqvimga tegish deyarli imkonsiz. ATP, WTA, ITF taqvimga qandaydir turnirni kirita olmaydi, sababi ular juda ko'payib ketdi. Aytaylik, oldin turnirga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun 32 ishtirokchidan iborat to'rdan o'tish kerak edi, keyin 64ta bo'ldi, keyin 128ta, hozir yana ham ko'proq, undan oldin ham saralash qo'shildi. Hozir yo'l shunchaki uzunroq. Hozirda yuqori maqsadlar bilan bunday yo'ldan o'tish 20 yil oldingiga qaraganda qiyinroq bo'lib qoldi.


SHunday qilib, raqobat tufayli yulduz Emma Radukanu USOpen 2021'dagi ajoyib ishtirokidan so'ng yo'qolib qolganmi?

Hozirda yuqorida turish juda ham qiyin. Sababi u uchun bir necha nafar tennischilar emas, balki yuzlab va minglab o'yinchilar qadam tashlashmoqda. Har qanday 25, 50, 100 ming dollarlik sovrin jamg'armasiga ega turnirni oling... o'shanda ularning barchasi bir xil darajada munosib o'ynayotganini ko'rasiz. SHunchaki, kimnidir ko'proq omadi keladi, kimdadir tajriba ko'proq. Ko'plab turnirlarni ketma-ket yutish - juda qiyin, deyarli imkonsiz.


Unchalik yoqimli bo'lmagan yana bitta mavzu. Bu butun dunyodagi tennis bilan bog'liq. Tennis futboldan ham ko'ra ko'proq kelishilgan o'yinlarga to'la deyishadi. O'zbek futbolida bunday voqealar ko'p bo'lgan. Bungay qanday fikr bildirasiz?

Bunga doim salbiy munosabatda bo'laman, bo'lganman va bunday keyin ham shunday bo'ladi. Agar biz sport haqida gaplashsak, barchasi haqqoniy bo'lishi kerak. Hozirgi vaqtda sport biznesga aylandi. Menga tennischilarning daromadi ularning sarflarini qoplamayotganini tushuntirib berishdi: harajatlar katta, turnirlarning sovrin jamg'armasi kichik. Ularga totalizatorda o'ynashlariga to'g'ri kelmoqda. Agar sen pul ishlash uchun o'yinni shunchaki sovg'a qilib yuborgan bo'lsang, tennisni tugatishing kerak. Bu sport emas - qimor. Sport kazinoga aylanib ketmoqda. Men bunga mutlaq qarshiman. Agar kimnidir ovlashsa, buni munosib jazo ekanligini tushunaman. Bizning bazi sportchilarimiz ham shu yo'ldan ketgani juda achinarli. Bu haqda eshitsam, xafa bo'laman. Bu noto'g'ri, bunday bo'lishi kerak emas.


Tennis bilan shug'ullanish qimmatmi?

Agar siz bolani umumiy rivojlanish uchun tennis bilan shunchaki shug'ullanishga bermoqchi bo'lsangiz, unda kichik guruhlarda shug'ullanish mumkin. Bu nisbatan maqbul narxlar. Malumki, bu futbol bilan shug'ullanishdan ko'ra biroz qimmatroq bo'ladi. Bu erda faqat asbob-uskunalar qimmatroq turadi, yana kort ijarasi ham. Ammo, qandaydir natija, murabbiyning yakka ishlashini xohlasangiz, xarajatlar albatta oshadi. Ammo, bolalarini olib keladigan ota-onalarga doim shunday deyman: "Bolangiz buyuk sportchi bo'lmasa ham, sog'lom inson bo'ladi". Bola band bo'ladi. Ishi yo'q bolani ehtimoliy jinoyatchi deb hisoblayman. Uning tennis yoki boshqa sport turida bo'lishining farq yo'q, ammo u shug'ullanadi. U qandaydir foydasiz va keraksiz narsalar haqida o'ylamaydi. Bu xoh tennis bo'lsin, xoh amaliy sanat, qo'shiq aytish, buning farqi yo'q. Tennis ham boshqa sport turlari bilan bir xil. Golf, tennis va ot sporti doim elita hisoblangan. Buni biz o'ylab topmadik - doim shunday bo'lgan. Va bu sport turlarida doim talab bo'lgan.


O'zbek tennisining kelajagi bormi?

Hammasida kelajak bor, albatta (kuladi). Faqatgina buning ustida ishlash kerak. Men Tennis Federaciyasi rahbariyati bilan bir necha bor gaplashganman va hozir buni tasdiqlayan: Devis Kubogi yoki Federaciya Kubogida qandaydir mo'ljiza orqali muvaffaqiyat qozonishga urinish kerak emas. Ochig'ini aytish kerak, hozirda buning uchun hech narsa yo'q. O'yinchilar yo'q. Ammo, buni qilish mumkin. Buning uchun, barcha kuchni bolalar tennisini rivojlantirishga tashlash kerak. Tennisni ommabop qilmas ekanmiz, bizda tennis kortlari bolalar bilan to'lmas ekan, natijalarga erisha olmaymiz. Qancha ko'p bola tennis bilan shug'ullansa, bizda shuncha ko'p tanlov bo'ladi. Misol uchun piramidaning poydevori qancha katta bo'lsa, uning yuqori nuqtasi ham shuncha baland bo'ladi. Agar asos kichkina bo'lsa, tepasi ham yuqori bo'lmaydi, sababi piramida barqaror emas. SHu sabab ushbu sport turini ommalashtirish kerak, bolalar bilan bolalar bog'chasidanoq, maktabdagi ilk sinflardanoq shug'ullanish kerak, bolalarga sarmoya kiritish zarur. SHuni tushunish kerakki, shunday qilinsa, birinchi natijalar yaqin 7-10 yilda paydo bo'ladi. Ammo, biz buni hozir qilmasak, 10 yildan keyin bu masalalarni prognozlarda ko'rib chiqamiz.


Siz sharhlovchi Aleksandr Elagin bilan tanishmisiz?

U haqida eshitganman, ammo tanish emasman.


Nega buni aytyapman... uning ikkinchi kasbi - teatr aktyorligi. Sizni sanatdagi faoliyatingiz orqali ham bilishadi. Kinodagi faoliyatingiz haqida gapirib bering. Umuman bu qanday boshlandi?

Bu voqea o'z-o'zidan boshlandi. Menga rejissyor yordamchisi Baqo Sodiqov qo'ng'iroq qildi va menga qiziqishlarini aytdi. "Behbudiy" filmini suratga olishmoqchi edi - bu tarixiy film. Tabiiyki, men hayron qoldim. CHunki, men kinoga kosmonavtikadek munosabatim bir xil, yani hech qanday. Malum bo'lishicha, Baqo Sodiqov mening dasturlarimni tomosha qilgan va uni nimadir o'ziga tortgan. Unga shunday ko'rinadigan personaj kerak bo'lgan. Men hatto hech narsani o'ynashim ham kerak emas edi. Yani, suratga olish maydonchasiga chiqib, doim qilib yurgan ishimni qilishim kerak edi. Bu mening birinchi tajribam edi. Juda ham yoqdi. SHunday bo'ldiki, parallel ravishda menga bir serialda, keyin boshqasida o'ynashni taklif qilishdi. Men rad qilmadim, sababi menga haqiqatdan ham juda qiziq bo'ldi. Bu aktyor bo'lishni xohlashim va men haqimda aktyor sifatida gapirishlari uchun emas. Menga har doim yangi nimadir narsa qilishga qiziqaman. Bu holatda kino menga oldin begona bo'lgan yo'nalish bo'ldi. O'zimni sinab ko'rdim va keyin seriallarda yangi rollar taklif etishdi. Menda bitta katta serialda bosh rol bor va hozirda yana 10ta film seriyasi namoyishga tayyorlanmoqda.


Boshqa faoliyatlaringizdan ko'ra kino ko'proq gonorarlar olib keladimi?

Yo'q, albatta. Katta gonorarlar olish uchun taniqli va talabga ega aktyor bo'lish kerak. Ayni damda men o'zimni aktyor deb ham atay olmayman. Ha, rollarga taklif qilishmoqda, ammo bu hali aktyor bo'lganimni anglatmaydi. Gonorar shartlarini belgilash huquqiga ega emasman. Tabiiyki, to'lovlar kelishib olinadi, chunki tennis murabbiyi sifatidagi bandligim qandaydir tarzda qoplanishi kerak.


Sport TV. Siz boshqa sport turlarida ham ishlashi mumkin bo'lgan eng yaxshi sport sharhlovchilardan biri edingiz. Nega ketdingiz?

Oldinlari aktyorlar nega ularga kinodan ko'ra teatrda o'ynash qiziqroq ekanligini aytishganda tushunmasdim. Menga kino ko'proq tomosha qilinadi va ko'proq xalq seni biladigandek tuyulardi. SHarhlovchi sifatida ularning so'zlarini tushundim. Teatr – bu huddi jonli efirdek. Kino – baribir yozib olingan bo'ladi, unda 25ta dublga tushasiz va undan birini tanlashadi. Bizda ish ham bor edi. Men yozuvga ishlashga toqat qila olmadim. Jonli efirda ko'rmasang, ertasiga yozib olingan narsa senga qiziq bo'lmaydi. Barcha natijani bilgan bo'ladi. Insonlarga qiziq bo'lmagan narsani sharhlashni unchalik xohlamadim. So'nggi paytlarda yozuvlar uchun ko'p ishlandi. Jonli efirlar deyarli yo'q edi. 

Sport kanali "Futbol" kanaliga aylanishni boshladi... futbolga qarshiligim yo'q. Har bir sport turining malum vaqt chegarasi bor. Boshqalarga ishlashga berish va chetga chiqish vaqti keldi deb o'ylayman.


Telekanal tennis o'yinlarini tez-tez kesilgan holda berganini tushunaman. Ammo, eng esda qolarli o'yin haqida so'ramasam bo'lmaydi.

Televideniyadagi 25 yillik faoliyat va har yiliga 50tadan turnir o'tkazilishini hisobga olganda... Nechta turnirlarni sharhlaganimni tasavvur qila olasizmi? SHu vaqt ichida ko'plab o'yinlarni sharhladim, ularning ko'pi jonli efirda. "Katta dubulg'a" va Olimpiya o'yinlarida. Ammo, menga o'zimizning turnirlarda ishlash ko'proq yoqdi. Afsuski, 2000 yillar boshida tugatilgan O'zbekiston Prezidenti Kubogi, TashkentOpen, Devis Kubogining jonli translyaciyalari. Bu qiziq edi, chunki men bevosita stadionning o'zida edim. SHaxsiy rekordim Prezident Kubogida o'rnatildi - 10 daqiqalik ikkita tanaffus bilan 8 soat 15 daqiqalik jonli efir.


Vau!

SHunday o'yinlar esda qoladi. Ularda qandaydir boshqacha ishlaysiz. Bizda birlashgan guruh bor edi. Rejissyor Vali Yoqubov. U bilan ishlash shunchaki ideal edi. CHarchash bilinmasdi... 


Katta translyaciyalarda ishlash bo'yicha katta tajribangizni hisobga olganda, Olimpiadaning ochilish marosimlarida ishlaganmisiz?

Bir necha bor Olimpiya o'yinlarining rasmiy marosimlarida ishlash baxtiga muyassar bo'lganman. London, Rio-de Janeyro, Sochidagi qishki Olimpiya o'yinlari, Osiyo O'yinlari. Ularda ham ishlash qiziq. Umuman olganda, boshqa sport turlarida ishlash men uchun juda qiziq edi. Masalan, badiiy gimnastika - katta zavq! Boshida nega bu erga kelganimni tushunmaganman. Ammo, boshlanganda, bu sport turini sharhlash qiziq bo'lgan. Sportchilarimiz bilan sport gimnastikasi bo'yicha Osiyo chempionatini jonli efirda sharhladim. Men bilan sharhni Olimpiya chempionlari Svetlana Boginskaya va Oksana CHusovitina olib borishdi. Bunday lahzalar juda ham esda qoladi. Bu ehtimol, sharhlovchilik ishining lazzatidir.


London-2012 Olimpiadasining ochilish marosimi. Uning eng zo'r bo'lganiga qo'shilasizmi?

Bunday demagan bo'lardim. Masalan, Pekin Olimpiadasida ham ishlaganman va u ham o'ziga xos tarzda ajoyib o'tgandi. Londondagida Jeyms Bond vertolyotda qirolichani olib kelganida ham qiziq bo'lgan. Hamma joyda qaysidir lahzalar qiziqarli va chiroyli chiqdi. Rio-de-Janeyroda ushbu mamlakat tarixi, hinduiylar, karnavallarga urg'u berilishi tushunarli edi. Bularning barchasi rang-barang va chiroyli bo'ladi. Xitoyliklar barchasini pirotexnika elektronikani maksimal tarzda jalb qilgan holda qildirlar. Londondagi Olimpiada yaxshiroq bo'ldi deya olmayman.


SHunda barchasi o'ziga xosmi?

Barchasi o'zi xos. Sochidagi Olimpiada ham. Ayniqsa yoqilmagan beshinchi halqa bilan. Bir necha soat qolganda bizga yuborilgan scenariy qo'lda bo'lib turib, improvizaciya doim bo'lgani eng qizig'i edi. Scenariyda bo'lmagan nimadir narsa ro'y bergandi. SHarhlovchi juda serqirra inson bo'lishi kerak deb hisoblayman. U sport haqida tushunchaga ega bo'lishi kerak va uni sevishi kerak. Sanat, siyosat, geografiya, tarix haqida. SHarhlovchining bilim doirasi juda katta bo'lishi kerak. Agar sharh davomida faqat sport haqida gapirsangiz qiziqarli bo'lmaydi. Buni shundoq ham barcha o'tirib, tushunib turadi. SHarhlovchi mutlaq keng malumotlarga ega bo'lishi kerak, shunda translyaciyani eshitish va ko'rish qiziq bo'ladi.


SportTV'da siz bilan birga tennisni Komiljon Jumaev sharhlagan. U hozirda "Metallurg" futbol klubining matbuot kotibi hisoblanadi. U ham universal sharhlovchimi?

Jumaev bilan uzoq muddat ishladik. U bilan juda yaxshi munosabatdaman. Ha, u universal. Menga insonning qo'rqmasligi yoqadi. Unga ot sportini sharhlashni ayting - u ot sportini sharhlaydi. Boshqa qandaydir sport turi? Muammosiz. Mikrofon va yangi nimadir oldida unda qo'rquv yo'q. Eng asosiysi, kamchiliklarga qaramay, unga qo'ng'iroq qilib, tennisdagi vaziyatlardan birida uni noto'g'ri baholaganini aytardim. Bu oddiy ish soatlari. Ammo, u katta lug'atga ega. U har qanday vaziyatdan chiqishni biladi. Ko'pgina sharhlovchilarda pauza yoki texnika signal bo'yicha pand bergani kabi, unda hech qanday muvaffaqiyatsizlik bo'lmagan. Tennisda o'yinchi jarohat olganda pauzalar bo'ladi. Futbolda ham bahsli vaziyat sodir bo'lganda va hakam monitorni ko'rishga yo'l olgan payt, shunday hodisa bo'ladi. O'yinlar davomidagi pauzalar sharhlovchining darajasini aniqlab beradi. O'yin vaqtidagi harakatlarga kelsak - ko'rgan narsangizni sharhlaysiz. Hech nima ro'y bermaganda va pauzalarni to'ldirish kerak bo'lgan payt - mana shu sharhlovchilikning haqiqiy sanati. Agar u [sharhlovchi] pauzalarni to'ldirishni bilmasa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va efirda tinchlik sodir bo'ladi. Tinchlik tomoshabin uchun bo'shliq kabi oddiy rasmdir. Jumaevda esa shunday sifat bor. U vaziyatdan chiqa oladi va har qanday narsa haqida gapirishni biladi. Masalan, qandaydir hikoya aytib berish. U tomoshabinning zerikib qolishiga yo'l qo'ymaydi.


O'zbekistondagi sport kanallari tarmog'i ko'proq vaqtni futbol va yakka kurashlarni ko'rsatishi, tennisga esa kamroq vaqt ajratishi sizni xafa qilmaydimi...

Har qanday telekanal tomoshabinga qaraydi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, tushunish kerakki, futbol eng ommaviy sport turi. Bu millionlar o'yini, men hatto milliardlar o'yini degan bo'lardim. Futbolda ko'proq vaqt ajratilishi normal holat. Bu juda mantiqiy. SHunchaki boshqa sport turlarini butunlay olib tashlash kreak emas. Aks holda, uni SPORT TV emas, "Futbol" kanali deb nomlab qo'ying va tamom.


Turli intervyularda siz hozirgi taniqli bilimdonlar bilan "Zakovat"da qanday o'ynaganlingizni o'qidim. Qanday qilib intellektual o'yinlarga qiziqib qoldingiz?

Bu borada hayotda omadim bor. Qandaydir voqealar yangi turdagi faoliyat foydasiga ishlaydi. Bir kulguli holat ro'y bergandi. "Zakovat" asoschisi Abdurasul Abdullaevning bolasi bizda CSKAda tennis bilan shug'ullanardi. Kortda turib, mashg'ulotlar qildirdim. Kimdir o'tirib, krossvord topdi. Menga qandaydir savollar berishdi va men javob berdim. Yani harflar soniga qaramasdan, savollarga javob berdim.

"Zakovat" asoschisi Abdurasul Abdullaevga maslahatchi sifatida yordam berdim. Keyin shunday payt keldiki, menga jamoada o'ynashni taklif etishdi. Men esa rad etmadim. Birinchi o'yinim rejissyorlar jamoasida bo'ldi, o'shanda jamoada hozirda magistr bo'lgan yosh Bobur Yoqubov, shuningdek Zulfiqor Musoqov o'ynagan. O'sha o'yinda g'alaba qozondik. So'ngra bir qancha o'yinlar o'ynadim, keyin tasodifan yangi jamoa tuzishga to'g'ri keldi va men uning sardori bo'ldim. Yaxshi jamoa bo'ldi. U erda Murod Hamroev va Jobir Ahmedovlar o'ynashdi.

Qolaversa, ko'plab talim muassasalarida ishlaganman. Bu InterHouse liceyi, hozirgacha xususiy maktablarda ishlayman va intellektual o'yinlar olib boraman. Bola sifatida kelgan juda ko'p insonlar hozirda yaxshi o'yinchilar bo'lishgan. O'zlari o'yinlar tashkil etishmoqda. Kimgadir bunday qilish uchun turtki berilgani yaxshi.



Intellektual o'yinlarda qatnashish bo'yicha biroz tajribam bor. Ammo, tajribali o'yinchi sifatida sizga savol tug'iladi: to'g'ri javob uchun ko'proq bilim kerakmi, yoki mantiq?

Umuman olganda, boshida kvizlar ommaviy ishtirok etish uchun tashkillashtirilgan. Professional o'yinchilar, mutaxassislar va intellektuallar uchun emas degan manoda. Ular shuningdek Angliya va Franciyada pab-kvizlarni tashkil etishdi. SHundan so'ng bu bizga etib keldi. Bugungi kunda har qanday xohlovchi odam o'ynashi mumkin. Albatta, o'yinda malum tajribaga ega bo'lganlar g'alaba qozonadi. Sababi, katta bilimga ega bo'lsangiz ham, o'yin hech qanday natija bera olmasligingiz mumkin. O'yinning o'ziga xos qoidasi bor: vaqt chegarasi, savolning o'ziga xos tuzilishi va jamoaviy ishlashning katta ahamiyati. Kvizlar baribir shaxsiy emas, jamoaviy o'yindir. Bu erda tinglashingiz va bunga ishonsangiz, o'z fikringizni bildira olishingiz kerak. Va tabiiyki malum miqdordagi bilim va mantiq, yani hammasi birgalikda bo'lishi kerak. Agar bularning barchasi bo'lmasa, natija o'rtacha bo'ladi.



NTVdagi "Mening o'yinim"da ikki bor ishtirok etgansiz. O'z kuchingizni ruscha "Nima? Qaerda? Qachon?" sinab ko'rmaganmisiz?

Elita klubidagi bilimdonlar bilan juda yaxshi munosabatlarim bor. Aleksandr Druz, Aleksandr Rubin, bir muncha vaqt Boris Burda bilan do'stlashgandik, hozir esa qandaydir aloqa yo'qolgan. Balash Kasumov bilan yaxshi munosabatlarim bor. Ammo, televizion loyihada ishtirok etish masalasini ko'tarmadim, ayniqsa u erga talpinmadim. "Mening o'yinim"da ham o'zidan-o'zi paydo bo'lib qoldim. Meni taklif etishdi, Moskvaga keldim va o'ynadim. Keyin ikkinchi marta ham. Ammo, bu haqiqatdan ham qiziq edi. O'sha paytda men "Mening o'yinim"ni o'zbek tilida o'tkazdi, so'ngra uni boshqa nom bilan rus tilida olib bora boshladim.

Boshlovchi bo'lish bir narsa, o'yinchi sifatida bu tarafda bo'lib, savollarga javob berib, eng muhimi tezlik bilan qilib o'zingni o'yinchi sifatida sinab ko'rish... Albatta, bu erda malum bir adrenalin va hayajon bo'ladi. Savolga javobni bilgan paytlarimda qandaydir o'chib qolgan va buni so'zda ayta olmagan paytlar bo'lgan. SHu bilan birga, kechasi meni uyg'otsangiz, ushbu savolga hech qanday muammosiz javob bera olardim. Bunday alamli vaziyatlar bo'ladi. Ammo, bu men uchun juda yaxshi o'yin tajribasi bo'lgan.


Taniqli xonanda Nargiz bilan ham ishlaysiz. Uning istedodiga hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, u estradada kech yulduz bo'lganga o'xshaydi...

Nargiz haqida 80-yillardayoq ilk qo'shiqlarini kuylagan bilishgan. Uning iqtidorli xonanda ekanligi o'sha paytdayoq malum edi. U ko'plab loyihalarda ishtirok etgan, masalan o'sha paytda Yurmaladagi mashhur konkurs. Ammo, bu hayot, unda immigraciya bo'ldi, boshqa davlatga ko'chib o'tdi. Tabiiyki, u erda barchasini boshidan boshlashga to'g'ri keldi va albatta, u haqida hech kim bilmasdi (gap AQSH haqida ketmoqda - izoh). U erda kimdir tanishi uchun buni isbotlash kerak edi. Aytgancha, u Amerika loyihalarida ham ishtirok etgan. SHunday bo'lganki, u Amerika va Rossiya loyihalarida finalga chiqqan. O'ylaymanki, u yana boshqa loyihalarda, masalan, Britaniyadagi loyihalarda ishtirok etishi va yaxshi natijalarga erishishi mumkin edi. O'sha paytda u Rossiya loyihalarida qatnashish kerak deb hisoblagan. Natija barchaga malum (Nargiz 2013 yilda Amerikaning TheX-Factor loyihasida saralashning uch bosqichidan o'tgan, ammo tashkilotchilar qo'ng'iroq qilishmaganidan so'ng, Rossiyaning "Golos" televizion loyihasiga yo'l olgan - izoh)


Agar sizga kimdir bilan kofe ichish taklif etilsa, u kim bo'lardi?

Kim bilan suhbatlashishni xohlardim? Nafaqat 10 daqiqa, balki Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni hech bo'lmaganda ko'rish imkoniyati bo'lsa va shunchaki yonida o'tirsam edi. Agar shunday imkoniyat bo'lsa, buni eng baxtli onim deb hisoblardim. Boshqa barcha odamlar xuddi biz kabi. Xuddi shu illatlar, kamchiliklar bilan. Albatta, ular nimadirni o'rgantishlari yoki nimadir deyishlari mumkin. Ammo, men uchrashishni xohlagan yagona shaxs - bu Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.).


Rojer Federerdan tashqari top-3 tennischilar

Nadal, Sampras va SHteffi. Rod Layverni ham qo'shish mumkin. U "Katta dubulg'a"ni ikki bor yutgan yagona o'yinchi. Jismoniy holat va bo'yini hisobga olsak, u mo'jiza ko'rsatdi. Martina Navratilova - shunchaki buyuk sportchi. Uchtalikni aniqlash qiyin. Sampas va Graf - buyuk sportchilar.


O'zbekistonni 25 yildan keyin qanday ko'rasiz?

Men mamlakatimiz rivojlangan, yaxshi iqtisodiyotga va hayot darajasiga ega bo'lgan mamlakat bo'lishini orzu qilaman. Asosiysi - janjal va urushlarsiz tinch mamlakat... Ushbu mamlakatda har qanday millat va dinga mansub bo'lgan insonlar yashashi uchun. Bu er jannat bo'lishi uchun...


Savol futbol bilan bog'liq, lekin bu annaviy savolim bo'lib, intervyuning barcha mehmonlaridan so'rayman: O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqqan payt necha yosh bo'lasiz?

(kuladi) To'g'risini aytganda, O'zbekiston terma jamoasida allaqachon yaxshi imkoniyatlar bo'lgan. Agar futbol atrofidagi barcha negativni olib tashlab, futbolni qoldirsangiz... Tez orada buni o'z ko'zim bilan ko'rishim mumkin. O'zbek futbolidagi insoniy illatlarni yo'q qilish kerak. Bu ochko'zlik, poraxo'rlik va rahbarlarga paxta qo'yish. SHunday narsalarni olib tashlab, toza sportni qoldirish kerak. Bizning davlatda istedodli futbolchilar ko'p. Ular yaxshi darajada. Bizning futbol juda kuchli ekanligiga ishonchim komil. Mayli, bu qo'pol eshitilar, ammo o'zbek futbolidagi barcha chirigan narsalarni olib tashlasak, shunda hammasi yaxshi bo'ladi. To'g'risini aytsam, shu kelishilgan o'yinlarni o'qib, O'zbekiston chempionatini tomosha qilishni to'xtatdim. Bu futbol emas.

Sportni tinch qo'ying. Bu biznesga aylanganini tushunaman. Futbolchilar o'zlarini ko'rsatish uchun haqiqatdan ham o'ynashga bering. Va shunda ko'proq pul topasiz. Bu asrda terma jamoamizni Jahon chempionatida ko'rishimni aniq bilaman.


Evdokim Raimov suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
17 okt 17:02:07
Orzu Usmonov
Bu insoni men juda xurmat qilaman. Paygambarim haqida gaplaridan keyin yana xurmatim oshdi. Shunaqa insonlarni borida qadrlash kerak bunaqa "master"lar kam bizni yurtda
   
17 okt 23:26:11
Suhrob Imomov
Tennis sharhida nomer 1. Haqiqatdan bunday insonlarni qadrlash kerak
   
17 okt 17:00:32
Orzu Usmonov
Video interview yuqmi ?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing