So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

22 okt 13:42
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Kayo Borralo kim? Mahmud Muradov uchun braziliyalik nimasi bilan xavfli?

Bugun Abu-Dabida navbatdagi UFC 280 kechasi bo'lib o'tadi.

Kechaning markaziy jangida Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra vakant bo'lib turgan engil vazn kamari uchun oktagonga ko'tariladi. SHuningdek, hamyurtimiz Mahmud Muradov Braziliya vakili Kayo Borraloga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Kayo Borralo kim?

Kayo Borralo 1993 yilning 29 yanvar sanasi Braziliyada tug'ilgan. Braziliyada yosh bolalar yoshligida ikkita sport turidan birini tanlaydi. Futbol yoki jiu-jutsu. Kayo ham shu sport turidan birini tanladi va jiu-jutsu bilan jiddiy shug'ullanishni boshladi.

U Braziliyaning bir qator havaskor tashkilotlarida bir muddat jang qilib yurdi va yaxshi natijalarga erishdi. 2014 yilda esa professional MMA o'tdi. Ilk jangini shu yilning 13 dekabr sanasi Evocke Fight promoushenida Kleiton Rafaelga qarshi jang qiladi va raqibini birinchi raundning o'zida nokaut qiladi. Kayo ikkinchi jangini sakkiz oydan so'ng o'tkazadi va Joa Karvalioga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ladi. Bu mag'lubiyat Kayo Borraloning faoliyatidagi hozircha yagona mag'lubiyati bo'ladi. SHundan so'ng yana besh yil davomida Braziliyaning bir qator tashkilotlarida jang qildi va 2021 yilda  DWCS'ga yo'llanma oldi.


DWCS'da yaxshi janglari orqali Kayoga UFC shartnoma taklif qildi va ilk jangini Gadji Omargadjievga qarshi o'tkazadi. Jang 2022 yilning 16 aprel sanasida bo'lib o'tadi. Jangda to'liq ustunlik Kayo tomonda bo'ladi. Biroq braziliyalik uchinchi raundning to'rtinchi daqiqasida mojaroli vaziyat sodir bo'ladi. Kayo raqibining tizzasi erga tegib turganida, boshiga tizzasi bilan zarba beradi. Ammo, hakamlar buni ko'rishni istashmadi va braziliyalikka texnik g'alabani taqdim etishadi. Kayoning UFC'dagi ikkinchi jangini UFC Vegas 58 kechasida Armen Petrosyanga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu bahsda Kayo ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Bugun esa unga hamyurtimiz raqiblik qiladi.

Kayo Borralo hamyurtimizga qanday xavf tug'diradi?

Kayo Borraloning boshqa braziliyaliklarga o'xshab asosiy kuchi kurash. Jiu-jutsu bo'yicha qora belbog' sohibi ekanligi Mahmud Muradov uchun katta xavf tug'dirishi mumkin. Bunday holatni hamyurtimizning o'tgan jangidan keyin ham bilib olishimiz mumkin. SHuningdek, Kayo Borraloni hali hech bir jangchi nokaut qilishga erishmagan. Bu uning jag'i ancha qattiq ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Bugun Mahmud Muradov faoliyatidagi eng qiyin raqiblaridan biriga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bo'lajak bahsda hamyurtimizga omad tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing