So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

21 iyu 05:59
Yangiliklar

Karate

"KELES OPEN-2022”da O'zbekiston karatechilari umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi + FOTO

Teglar :  KarateKeles Open
Toshkent tumani markazidagi “Universal” sport majmuasida sportning karate-WKF turi bo'yicha Toshkent tumani III-ananaviy “KELES OPEN-2022” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Respublikalaridan shuningdek, mamlakatimizning Andijon, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 550 nafardan ortiq sportchi-yoshlar g'oliblik uchun tatamiga chiqishdi.  

Murosasiz tarzda o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, yurtimiz karatechilari umumjamoa hisobida eng ko'p medallar jamg'arib,  faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Ikkinchi o'rinni Tojikiston yoshlari egallagan bo'lishsa, uchinchi o'rin Qozog'iston vakillariga nasib etdi. 

Quvonarlisi, Toshkent tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda "Keles karate" klubi shug'ullanuvchilari Saidislom Saidakbarxo'jaev va Azizbek Islombekovlar o'z vazn toifalarida chempionlik kamariga ega bo'lishdi.

G'olib va sovrindorlar  diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Takidlash joiz, mazkur musobaqani yuqori saviyada o'tishida yaqindan yordam bergani uchun tashkilotchilar barcha hamkorlarga, jumladan Toshkent tumani hokimligiga, Toshkent viloyati karate federaciyasiga, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga,xususan, universitetning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy SHuhrat Arslonov, dzyudo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempioni Farhod To'raev, dzyudo bo'yicha Olimpiya o'yinlari sovrindori Abdulla Tangrievlarga alohida minnatdorlik bildirishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing