So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

12 iyu 11:58
Yangiliklar

Karate

Kelesda karate bo'yicha "Keles Open" xalqaro turniri o'tkazildi FOTOGALEREYA

Teglar :  KarateKeles Open
10-11 iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida sportning karate WKF turi bo'yicha "Keles Open" to'rtinchi ananaviy xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, viloyat karate federaciyasi va qator hamkor tashkilotlar ko'magida o'tkazilgan musobaqada qo'shni davlat sportchilari ham tatamiga chiqishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyuldagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda qo'shni Qozog'iston va Tojikiston davlatlardan 5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan 600 nafardan ziyol karatechilar g'oliblik yo'lida bahs olib borishdi. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur to'rtinchi ananaviy musobaqani "Keles Karate" sport klubi rahbari, musobaqa bosh kotibi Dilshod Yusupov va xalqaro toifadagi hakam Sanjar Maqsudov boshchiligidagi 30 nafar hakamlar boshqarib borishdi.

Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalirga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Xorazm viloyati karatechilari egallagan bo'lsa, uchinchi o'rinlar Sirdaryo va Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

Barcha vazn toifalaridagi g'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing