So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

17 may 13:26
Yangiliklar

Boshqalar

Kibersport klublarining umumiy reytingini elon qilish yo'lga qo'yiladi

Teglar :  Kibersport
Kibersport klublarining umumiy reytingini elon qilish yo'lga qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-423-son qarorning 2-ilovasi 4.3-bandi Kibersport klublarining umumiy reytingini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish va 4.4-bandida Kibersport klublarining umumiy reytingini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda elon qilish vazifalari belgilangan.

Vazirlik tomonidan 2023 yil 29 martdagi 01/350-A/F-sonli buyrug'i bilan Kibersport klublari o'rtasida tanlov o'tkazish to'g'risida tegishli buyruq tasdiqlandi.

Vazirlik tomonidan Raqamli texnologiyalari vazirligi bilan birgalikda Kibersport klublarining umumiy reyting ko'rsatkichlarini (bino sig'imi, kompyuterlar holati, o'yinlar turlari, musobaqalardagi natijalar, sportchi va trenerlar soni, boshqalar) (http://cybergame.uz/news) maxsus portal yaratilib internet tarmoqlari orqali elon qilindi.

SHu munosabat bilan, ishchi guruh tomonidan hududlarda faoliyat olib borayotgan kibersport klublarining umumiy reytingini ko'rsatkichlari (bino sig'imi, kompyuterlar holati, o'yinlar turlari, musobaqalardagi natijalar, sportchi va trenerlar soni, boshqalar) shakllantirildi va doimiy ravishda yangilab borilmoqda.

Unga ko'ra, klublarining umumiy reyting ko'rsatkichlarida kuchli beshlikni quyidagi sport klublari egallashdi bular birinchi va ikkichi o'rinlarni Toshkent shahrida joylashgan “PHOENIX” va “UMMON GAME CLUB”  sport klublari, uchinchi o'rinni Namangan viloyatida joylashgan “CYBERZONE”  hamda to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni Toshkent shahrida joylashgan “CYBERIUM” va “IMBA”  sport klublari egallashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing