So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

28 jan 15:02
Yangiliklar

Qiziqarli!, Basketbol

Kobi Brayantning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi. Eng raqobatli do'stlik...

Bu yil NBA'dagi eng esda qolarli yil sifatida qoladi. Ular kelgusi yillar davomida 2020 yil haqida filmlar suratga olishadi – Jared Dadli.

Sport - bu kurashlardan iborat aslida. Azaldan har qanday sport turida buyuk raqobatlar yuzaga kelganini bilamiz: Ronaldo-Messi, Pakyao-Meyveyzer, Tayson-Xolifild, Konor-Xabib, Federer-Nadal…

Bilaman, bu ro'yxatni siz hali uzoq davom ettirishingiz mumkin, ammo biz bugun so'z yuritmoqchi bo'lganimiz…

Quyida siz bilan Lebron Jeymsning do'sti, marhum Kobi Brayantga bergan vadasi va uni qanday bajarganini ko'rib chiqamiz.

Lebron 2003 yilda NBA'da debyutini o'tkazdi. Kobi esa 2016 yil faoliyatini yakunladi. O'tgan 13 yil ichida ular muxlislarga olam-olam zavq ulashishdi. Bu yillar mobaynida «Qora Mamba» 2 marta, 2009-2010 yillarda chempion bo'ldi, 2012-2013 yillarda esa «Qirol Jeyms». Raqobatning so'nggi yilida Lebron NBA'da uchinchi chempionligini tantana qildi, Kobi esa faoliyatini yakunladi.

Bu yillar oralig'ida ular bir-biriga eng ashaddiy raqiblar edi. Hech qursa, futbolda Messi-Ronaldo o'zaro yomon munosabatda emas, qolganlarini esa o'zingiz yaxshi bilasiz. Ammo basketboldagi bu ikki raqiblar rostakamiga do'stona munosabatda edi. Ular AQSH termasi safida 2008 va 2012 yilgi Olimpiada chempionligini ham qo'lga kiritishgan. NBA'da esa bir-birining rekordlarini yangilayotgan bu shovvozlar hech qachon o'zaro nizoga borishmagan. 

Bunga ko'proq Brayant sababchi bo'lsa kerak, doim kulib turadigan, hushchaqchaq, hazilkash, ochiqko'nggil inson edi. Men uni futboldagi Ronaldinoga o'xshataman. Takrorlanmas va o'zgacha go'zallik kasb etuvchi harakatlaridan ham ko'ra, insoniylik jihatdan - hattoki qo'pollik ishlatgan raqibga ham kulib qarab turishini braziliyalik afsonaga mengzayveraman.

Kobisiz o'tgan bir yil Lebronga juda zerikarli tuyildi shekilli, keyingi – 2018 yilda Uni izlab Los-Anjelesga, Brayant butun faoliyaitini bag'ishlagan «Leykers» jamoasiga bordi.

SHu tariqa Jeyms «Leykers» uchun o'ynay boshladi. «Qora Mamba» esa «Mamba sports academy» nomli o'z maktabini ochib, qizi Janna va uning tengdoshlariga basketbol sir-asrorlarini o'rgata boshladi. 

Ammo beshafqat taqdir Kobining bu ishlarini davom ettirishga «ruhsat bermadi». 2020 yil avvalida Lebron NBA tarixida eng ko'p ochko jamg'argan basketbolchilar ro'yxatida 3–o'rinda turgan Brayantni quvib o'tdi. Birinchilardan bo'lib Kobi uni ijtimoiy tamoqlar orqali tabrikladi va ikkinchi o'ringa ko'tarilishida omad tiladi.

Afsuski, bu uning so'nggi tviti edi…

2020 yil 26 yanvar, Kaliforniya shtatidagi Kalabasas shaharchasida bortida Kobi hamda 13 yoshli qizchasi Jannadan tashqari 7 kishi bo'lgan vertolyot qulab tushdi va barcha yo'lovchilar vafot etishdi.

Lebron Leyms ham ko'p kuttirmasdan ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qildi. U haqida yozishga urinayotganda u va Jannani eslab yig'lab yozolmayotganini, do'stini sog'inayotgani va uni juda yaxshi ko'rishini aytgan Lebron uning merosini davom ettirishga vada berdi (mavsumni Kobi uchun chempionlik bilan yakunlashga vada deb qabul qilgandi ko'pchilik o'shanda). SHuningdek, bu yo'lda o'zini ko'kdan qo'llab turishini so'ragan Jeyms postini –  «Yana ko'rushguncha mening akam» so'zlari bilan tugatgan edi.

SHundan so'ng, «Steplis Centr» (hozirgi Crypto.com arena) dagi ilk o'yin 31 yanvar kuni «Treyl Bleyzers» jamoasiga qarshi o'tdi. SHu kuni marhum sportchining xotira kechasi o'tkazildi. Maydonga barcha o'yinchilar 8 va 24 raqamli liboslarda tushib kelishdi. Maydondagi barcha o'rindiqlarga ham mazkur liboslarni qo'yib chiqishdi. So'ng marhum xotirasiga 1 daqiqalik sukut saqlashdi va Kobi haqida videorolik qo'yildi. SHu kuni so'z olgan Lebron:  «Men jamoadoshlarim bilan birga uning merosini nafaqat bu yil, balki o'zimiz sevadigan basketbol o'yinini o'ynay olsak, davom ettiraveramiz, chunki Kobi Brayant shuni xohlaydi», – degan edi.

O'yin boshlangach esa «Leykers» 24 soniya, raqib «Treyl Bleyzer» esa 8 soniya hujum qilmadi.

7 fevraldayoq vadasini bajarishga kirishib ketgan Lebron «Rokets»ga qarshi bahsda Brayant uslubida dank amalga oshirdi. Etiborlisi, ushbu dank ham aynan 3-chorakda, qarshi hujumdan keyin amalga oshirilgandi.

17 fevral. «All Stars». Lebron jamoasi Yannis jamoasiga qarshi. CHikago shahridagi «Yunayted-centr» o'yingohida Lebron tomon 2-raqamli, Yannis tomon 24-raqamli liboslarda harakatlanishdi.

24 fevral. «Leykers» ligadagi eng asosiy raqibi «Seltiks» (eng ko'p chempion bo'lishda bostonliklar bitta ko'p natijaga ega edi) bilan o'ynadi. 114-112 hisobida Lebron jamoadoshlari g'alabani qo'lga kiritib, uni Kobi va Jannaga bag'ishlashdi. Taqdir hammasini bir-biriga uzviy bog'lagandi. Ikkinchi oy, yigirma to'rtinchi sana. «Mambasita» 2-raqamda, «Qora Mamba» 24-raqamda o'ynagan va kamiga bu sanadagi o'yin Boston shahri jamaosiga qarshi. Qiziq, to'g'rimi..?

7 mart kuni «Leykers» pley-off masalasini hal qilgach, Lebron eski vadasini yodga olib post qo'ydi va yanada ko'proq ishlashini aytdi, ammo 12 mart NBA'dagi oxirgi o'yin kuni bo'ldi. O'rtaga Covid, karantin kabilar aralashib chempionat restarti shu yilning 31 iyuliga qadar cho'zildi. Har tugul, Kobining tug'ilgan kuniga sovg'a qilsa bo'ladi. Bir kun oldin esa «Qirol» Instagramiga post qo'ydi - «Marafon davom etadi, bugun tunda va har doim. Olg'a!», - kabi so'zlar bilan quyidagi rasmni joyladi.

Restartni hamshaharlariga qarshi g'alaba bilan boshlagan «Leykers» keyingi bosqich yo'llanmasini hal qilib bo'lgani sababli qolgan o'yinlarga jiddiy etibor bermadi. 1/8 bosqichida «Treyl Bleyzers» ga duch kelgan Los-Anjelesliklar Afsonaning tug'ilgan kuniga qadar 2-1 hisobida oldinda edi. To'rtinchi o'yin «AdventXels Arena»da bo'lib o'tdi va unga Lebron do'stining libosida tashrif buyurib, mazkur o'yinda ham 115-135 hisobida g'alaba qozondi. Yana bir tasodif - etibor bergan bo'lsangiz, Kobining xotira o'yini ham aynan portlendliklar bilan o'tkazilgan edi.

SHundan so'ng, pley-offning keyingi bosqichlarida «Rokets» va «Naggets»ni 4-1 hisobida mag'lub etib, konferenciya g'olibligini qo'lga kiritdi. Endigi navbat o'n ettinchi NBA chempionligiga. Bu yo'lda Jeyms qadrdon jamoasi, «Hits»ga qarshi bahs olib bordi. Yakunda esa 4-2 hisobida mayyamiliklarni taslim etib, BERGAN VA'DASINING USTIDAN CHIQDI. 12 oktyabr kuni chempionlikni tantana qilgan Lebron Jeyms 15 oktyabrda o'z Instagram sahifasiga quyidagi postni joyladi.

"Umid qilamanki, sening faxringga erishdim. Seni yaxshi ko'raman va seni sog'indim chempion!"

26 yanvar afsonaviy basketbolchi eng yaxshi Dada, shuningdek namunali oila boshlig'i, futbolning eng mashhur muxlisi Kobi Brayant vafot etganiga 2 yil bo'ldi. Nafaqat NBA va nafaqat basketbol olami, balki butun dunyo sport ahli seni sog'inyapti. Afsuski, o'zing aytganingdek «MAMBA OUT».


Navro'zbek Mamaziyoev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
28 jan 21:29:51
Hurshid 2331
Баскетболда 2 та одамни хурмат киламан. Биринчиси Деррик Роуз. Чунки тинкланиши жуда кийин булган жарохат олишига карамасдан, хозирги кунда хам фаолиятини Нью Йоркда давом эттирвотти. Деррик Роуз NBA тарихидаги энг ёш MVPни кулга киритган баскетболчи. 2009 20012йилларда Деррик Роузга тенг келадиган PointGuard топилмаган. Стефф Карри Рассел Уестбрук хам Деррик Роузга тенг кела олмаган.
Иккинчи хурмат килган баскетболчим бу албатта Kobe Bryant.
   
28 jan 17:12:50
CHELSEA2211
Xaqiqiy afsona...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing