So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

12 may 21:03
Yangiliklar

Boshqalar

Ko'ngilli sportchilar Sardobadagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashdi + FOTO

Teglar :  FalokatSardoba
125 nafar ko'ngilli sportchi Sardoba tumanida yuz bergan texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashdi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yuz bergan texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etish yo'lida harbiylarimiz va mahalliy aholi vikillaridan tashqari mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ko'ngillilar ham faol mehnat qilishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan zarar ko'rgan hududlarda sportchi va trenerlardan tashkil topgan “Ko'ngilli sportchilar” guruhi talofat ko'rgan aholi turar joylari, ijtimoiy soha obektlari va yo'llarni qayta tiklash bo'yicha olib borilayotgan ishlarga ko'maklashmoqda.

Bugun, 12 may kuni erta tongdan 125 nafar ko'ngilli sportchi Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida tashkil etilgan hasharlarda ishtirok etishmoqda.

Mazkur jarayon Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan. “Ko'ngilli sportchilar” guruhi azolari karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda yurtdoshlarimizning og'irini engil qilishga o'z hissalarini qo'shmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing