So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

11 avg 18:04
Yangiliklar

Sport kurashlari

Konya-2021. Bekzod Abdurahmonovni "so'yishdi". Ikki kurashchimiz oltin, qolganlar bronza uchun kurashadi

Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilayotgan V Islom birdamlik o'yinlarining bugungi kuni erkin kurashchilarimizni "chopish" bilan davom etmoqda.

Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov turkiyalik raqibiga qarshi kechgan yarim final bellashuvi yakunlanishiga 30 soniya qolganida 6-2 hisobida g'alaba qozonayotgan edi. Mezbon kurashchi murabbiylarilari o'sha lahzada bajarilgan usulga ball berish talab qilib, "chellenj" so'rashdi. Vaziyat deyarli 15 daqiqa ko'rib chiqilganidan so'ng turkiyalikka 4 ball taqdim etishdi. Qolgan 30 soniya vaqt Bekzodga vaziyatni o'zgartirish uchun kamlik qildi. Associaciya rahbarlari va murabbiylar qanchalik etiroz bildirishmasin, hakamlar qarorini o'zgartirmadi. 

SHu tariqa, Bekzod Adurahmonov kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi. Erkin kurashchilarimizdan Zafarbek Otaxonov (-70 kg), Bobur Islomov (-92 kg) va Hasanboy Rahimov (-125 kg) ham Islom birdamligi o'yinlarining bronza medali uchun gilamga chiqadi. 

Jahongirmirza Turopov (-61 kg) esa hal qiluvchi final uchrashuvida oltin medal uchun kurashadi. Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda uch nafar kurashchi-qizimiz ishtirok etgan bo'lsa, ulardan birgina Aktenge Keunimjaeva (-53 kg) finalga etib keldi. Birozdan so'ng u ozarbayjonlik raqibasi bilan oltin medal taqdirini hal qiladi. Nabira Esenbaeva (-62 kg) va Svetlana Oqnazarova (-72 kg) esa O'zbekistonga medalsiz qaytadigan bo'lishdi. 

Reyting: -2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing