So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

27 iyu 09:34
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionatida g'olib aniqlandi FOTOGALEREYA

Poytaxt viloyatining Qibray tumanidagi "ANFA" xalqaro kriket stadionida kriket federaciyasi tomonidan T20 formatdagi birinchi mavsum O'zbekiston ochiq chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston kriket federaciyasining yillik-taqvim rejasidan o'rin olgan musobaqada Toshkentning "ANFA", "Indian cricket Tashkent Club", "Tashkent super kings", "Tashkent super stars", Qashqadaryo viloyatining "Barlos" hamda  Farg'onaning "Fergana Rangers" jamoalari bosh sovrin uchun o'zaro bahs olib borishdi. 

Bir hafta davom etgan chempionatda raqib jamoalarini ortda qoldira olgan Toshkentning "Tashkent Super Stars" hamda Farg'onaning "Fergana Rangers" jamoalari finalgacha etib keldi. Hal qiluvchi final uchrashuvida 187:128 hisobida g'alaba qozongan "Fergana Rangers" jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

CHempionatining taqdirlash marosimida O'zbekiston kriket federaciyasi bosh kotibi Fazliddin Ibodullaev ishtirok etib, birinchi o'rin uchun ajratilgan 25 000 000 so'm pul mukofoti hamda kubokni "Fergana Rangers" jamoasiga tantanali tarzda topshirdi. 

SHu tariqa kriket bo'yicha T20 formatdagi O'zbekiston ochiq chempionatining birinchi mavsum bellashuvlari yakunlandi. Ushbu ochiq chempionat milliy terma jamoaga saralash vazifasini ham o'tab berdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing