So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

06 noy 11:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Kumush medal yutqazdi degani emas - Bektemir Meliqo'ziev Abdumalik Xalakovni qo'llab-quvvatladi

Xabaringiz bor, bokschimiz Abdumalik Xalakov kecha jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi.

Umidli bokschimiz final jangidan so'ng Instagram sahifasida post qoldirdi.

«Kumush medal! Albatta, jahon chempionatiga faqat oltin medal uchun kelgandim. Ammo, Yaratgan peshonaga nima yozgan bo'lsa, shunisi bo'ladi. Ushbu jahon chempionati men uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. Finalda ham chiroyli g'alabam bilan yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchi edim. Afsuski, nasib qilmagan ekan. Xudo xohlasa, endi 2023 yili Toshkentda o'tkaziladigan jahon chempionati, 2024 yilgi Parij Olimpiadasida oltin medal uchun kurashaman.

Fursatdan foydalanib, meni qo'llab-quvvatlab turgan yutdoshlarimizga, Prezidentimiz, O'zbekiston boks federaciyasi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda murabbiylarimga rahmat aytaman. Barchangizdan minnatdorman!», - degan Abdumalik.

Bektemir Meliqo'ziev ushbu post tagiga izoh qoldirdi: «Kumush medal yutqazdi degani emas. Ukam, sen chempionsan! Oltin medal ham bo'ladi, Xudo xohlasa».

Biz ham Abdumalik Xalakovga chempionatdagi chiroyli g'alabalar, saltolar va ayni damda terma jamoamiz uchun muhim bo'lgan kumush medalni taqdim etgani uchun rahmat aytamiz!

Reyting: +4   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing