So’nggi yangiliklar

08:27Суперлига. Бугун Наманганда водий дербиси бўлиб ўтади 0 08:06Рим WTA 1000 турнири бош соврини кимга насиб этди? 0 07:45UFC Fight Night 241 турнирининг марказий жанги тўлиқ 5 раунд давом этди 0 07:24Бугун Жаҳон чемпионатининг илк куни 5 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 07:03"Байер" мавсум стартидан бери 51 та мағлубиятсиз ўйин ўтказди. Олдинда иккита учрашув қолди 0 00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 3 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0

26 noy 17:48
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi (FOTO)

Teglar :  Kurash
Turkman tilida Bosha-bosh bu yakkama yakka degan manoni anglatadi.

Jahon chempionatining ochilish marosimi esa yakkalik emas balki qadim madaniyatlar, kelajak va xalqaro sportni bir-biriga uyg'un holatda taqdim etdi.

Juda ham chiroyli holadagi dizayn, rangli chiroqlar va 5000 nafarga yaqin tomoshabin guvohligida Kurash mundiali rasman ochildi.

Uzoq kutilgan daqiqalar yaqinlashdi. Sport majmuasi maydoniga jahon chempionatida ishtirok etuvchi davlatlarning davlat bayroqlari olib birin ketin kirib keldi. Ular saf tortadilar. Turnir ochilishining rasmiy qismi boshlandi.

Tantanali ruhda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Kurash bo'yicha XIV-jahon chempionati ishtirokchilariga yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi. 

Tabrikda Buyuk ipak yo'lining yuragi bo'lgan qadimiy turkman zaminida yashab o'tgan ajdodlar jismonan va manan sog'lom yosh avlod yuksaltirishga katta etibor qaratgani takidlanadi. SHu tariqa bayramlarda o'z mahoratini namoyish etgan sportchilarni tayyorlash uchun o'ziga xos kurash maktabi tashkil etilgani etirof etildi.

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti, Serdar Berdimuxammedovning tabrigini Turkmaniston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Nurmukhammed Amannepesov o'qib eshittirdi.

Kurash bo'yicha jahon chempionati rasman  ochiq deb elon qilindi! Turkmaniston Davlat madhiyasi yangradi, uning sadolari ostida davlat bayrog'i tribunalar tepasida ko'tariladi.

So'ngra so'z Xalqaro Kurash Associaciyasi (IKA) prezidenti Haydar Farmonga berildi va u yig'ilganlar oldida so'zlar ekan, barchani Turkmanistonning go'zal poytaxti Ashxobodda ko'rishdan chin dildan xursandchilik takidladi. Turkmanistonda Kurash bo'yicha jahon chempionatini o'tkazish uchun eng qulay shart-sharoitlar va ulkan tayyorgarlik ishlari uchun  Prezident Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqining Qahramon Arkadag'iga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Ochilish marosimining rasmiy qismi yakunlandi va tomoshabinlarga turkman xalqining milliy qadriyatlari, ananalari, qadim tarixi va bugungi zamonaviy rivojlanish darajasini o'zida aks etgan kuy qo'shiq va raqslari namoyish etildi. Kuy qo'shiqlarda Zamon va avlodlarning uzviy bog'liqligining o'ziga xos timsollari aks ettirildi.

Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimi barchaga haqiqiy kurash bayrami kayfiyatini taqdim etdi.


Tadbirdan suratlarni tomosha qiling. 

FOTO: Abdullo Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing