So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 3 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

12 apr 08:58
Yangiliklar

Kurash

Kurash sporti xalqaro SportAccord-2024 ko'rgazmasidan joy oldi

Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida Xalqaro yozgi olimpiya sport turlari federaciyalari associaciyasi (ASOIF)ning 48-Bosh assambleyasi doirasidagi SportAccord-2024 ko'rgazmasiga bag'ishlangan global sport tadbirlarida milliy sportimiz kurash taqdimotining o'tkazilgani o'ziga xos voqea bo'ldi.

ASOIFning 48-Bosh assambleyasi yig'ilishida Xalqaro ot sporti federaciyasining amaldagi rahbari, belgiyalik Ingmar De Vosni bir ovozdan to'rt yillik muddatga Xalqaro yozgi olimpiya sport turlari federaciyalari associaciyasi prezidenti etib saylandi.

ASOIFning qo'mitalari yig'ilishlarida Xalqaro kurash associaciyasi rahbari Haydar Farmon, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining maslahatchisi Sardor Karimov etakchiligidagi delegaciya vakillari ishtirok etib, milliy sportimizning dunyodagi rivoji, uni Xalqaro yozgi olimpiya sport turlari federaciyalari associaciyasi azoligiga qabul qilish masalasida ASOIF ijroiya qo'mitasi, Xalqaro olimpiya qo'mitasi mutaxassislari bilan muzokaralar o'tkazdi. Manfaatli muloqotlar davomida bir qator kelishuvlarga erishildi.

SportAccord-2024 ko'rgazmasida milliy sportimiz uchun ajratilgan alohida pavilonga jahon sport tashkilotlarining etakchi mulozimlari, Xalqaro olimpiya qo'mitasi azolari tashrif buyurib, kurashning qadimiylikdan zamonaviylik darajasiga ko'tarilish jihatlari, texnik-taktik tamoyillari, dunyoning turli davlatlarida tashkil etilayotgan kurash musobaqalari geografiyasi, O'zbekiston bayrog'idan jilo olgan kurash yaktaklarining yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishdi.

O'tkazilgan Bosh assambleya yig'ilishi davomida jahon sport maydonida rivojlanayotgan sport turlarining bugungi holati muhokama qilinib, Xalqaro boks associaciyasi ASOIF azoligidan chiqarilgani, 2028 yili Amerika Qo'shma SHtatlarining Los-Anjeles shahrida o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlari tizimiga kiritilgan sport turlarining bosh tashkilotlari bo'lgan Xalqaro kriket kengashi (ICC), Xalqaro amerika futbol federaciyasi (IFAF), Butunjahon lakross va skvosh federaciyalari 2025 yil 1 yanvardan ASOIF azoligiga qabul qilingani tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida keltirib o'tilganidek, o'zbek sporti brendi nomi bilan jahon arenasida tobora tanilib kelayotgan milliy sportimizni xorijiy davlatlarda yanada ommalashtirish, uni jahon xalqlarining eng ommabop sport turlaridan biriga aylantirish yo'lida SportAccord-2024 da tashlangan muhim qadam yangi yutuqlarga zamin yaratsa, ajabmas.

Kurashning jahon sportining barcha jabhalarini xususan, biznes, axborot, huquq, sog'liqni saqlash, sayohat va boshqa tizimlarini birlashtiruvchi SportAccord-2024 ko'rgazmasidan joy olishi uning xalqaro maydondagi rivojlanish tizimida yangi davr boshlanayotganidan darak berayotgandek, nazarimizda.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing