So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

05 dek 14:16
Yangiliklar

Tadbirlar

Kutib oling, yilning eng yirik sport musobaqasi – II Toshkent xalqaro marafoni boshlanmoqda

Teglar :  MarafonToshkent
6 dekabr kuni Toshkentda yilning orziqib kutilgan sport voqeligi – II Toshkent xalqaro marafoni bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor, ushbu tadbir dastlab «Navro'z» bayramiga bag'ishlab 22 mart kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab shu yilning dekabr oyiga ko'chirildi.

Bu safargi musobaqada ishtirokchilar taklif etilgan uchta masofadan birini tanlashlari mumkin: 42 195 metr (to'liq marafon) va 21 097,5 metr (yarim marafon) – oflayn rejimda, 3 000 metr – onlayn rejimda bo'lib o'tadi.

Marafon va yarimmarafon trassasi AIMS Xalqaro marafon va yugurish associaciyasi tomonidan sertifikatlangan. AIMS – World Athletics Xalqaro engil atletika federaciyalari uyushmasining azosi hisoblanadi.

II Toshkent xalqaro marafonining licenziyalangan trassasi engil atletika sportchilariga 2021 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun licenziya olish yoki qimmatli reyting ochkolarini qo'lga kiritish imkonini beradi.

II Toshkent xalqaro marafonining umumiy mukofot jamg'armasi oflayn rejimda 180 million so'mni tashkil qiladi. G'oliblar medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

To'liq ro'yxatdan o'tganlar elektron chip o'rnatilgan individual nomerli «ishtirokchi paketi»ga ega bo'ladi, bu masofani bosib o'tish vaqtini onlayn rejimda qayd etish va har bir ishtirokchiga o'z natijasini kuzatib borish imkonini beradi.

Marafon doirasida to'liq masofani bosib o'tish uchun – 3 soat va 15 daqiqa, yarim masofani bosib o'tish uchun esa 1 soat 30 daqiqa cheklov o'rnatilgan. 

21 kilometr masofani belgilangan vaqt ichida bosib o'ta olmaydigan marafon ishtirokchilari yarimmarafon finishiga yo'llanadi. Bu ishtirokchilarning natijalari yarimmarafonning yakuniy bayonnomasiga kiritiladi.

Marafon va yarimmarafonda 18 yosh va undan kattalar qatnashishi mumkin. «Ishtirokchi paketi»ni olishda uzoq masofalarga yugurishga to'sqinlik qiladigan kasalliklar yo'qligi to'g'risida malumotnoma taqdim etilishi shart.

Yugurishning boshlanish nuqtasi – Afrosiyob ko'chasida, “Humo Arena” muz saroyi yonida. Ishtirokchilar soat 10:00 ga taklif qilinadi, marafonga esa soat 11:00 da start beriladi.

Malumot uchun: ishtirokchilar tomonidan 22 mart sanasiga olingan slotlar 2020 yilning 6 dekabridagi marafonda haqiqiy hisoblanadi. Ro'yxatdan o'tgan shaxs dekabrdagi marafonda ishtirok eta olmagan taqdirda, uning registraciyasi 2021 yilning mart oyiga – III Toshkent Xalqaro marafoniga ko'chiriladi.

Qisqa masofalar haqida malumot:

Bundan avval 1,5 km va 3 km masofa uchun (oflayn rejimda) qo'lga kiritilgan slotlar 2021 yil mart oyida o'tkaziladigan III Toshkent Xalqaro marafoni uchun haqiqiy hisoblanadi.

Qishki yugurish musobaqalarida 1,5 km va 3 km masofada ishtirok etishni istaganlar bepul ro'yxatdan o'tib, 6 dekabrdagi onlayn yugurishda qatnashishi mumkin. Ishtirokchi qaerda bo'lishidan qatiy nazar unda qatnashish uchun imkoniyat bo'ladi.

Mazkur sport musobaqasi O'zbekiston Engil atletika federaciyasi tomonidan O'zbekiston Triatlon federaciyasi bilan hamkorlikda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Markaziy Osiyo engil atletika associaciyasining qo'llab-quvvatlashi ostida tashkil etilmoqda.

Tashkiliy qo'mita huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda marafonning to'liq sanitar xizmatlar nazorati ostida xavfsiz o'tishini taminlaydi. Tadbirni o'tkazish vaqtida tomoshabinlar, ishtirokchilar, hakamlar, ko'ngillilar va texnik guruhlar tomonidan epidemiologik xavfsizlikning barcha qoidalariga so'zsiz rioya qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing