So’nggi yangiliklar

11:15"Байер" раҳбарияти футболчиларга чемпионлик узуклари тақдим этди + ФОТО 0 10:54Усик Тайсон Фьюрининг реванш ҳақидаги сўровига 4 та сўз билан жавоб берди 0 10:33Усик — Фьюри жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма + ФОТО 0 10:12UFC Fight Night 241 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 09:51МЛС. Сўнгги дақиқаларда киритилган гол "Интер Майами"ни пешқадамга айлантирди 0 09:30Тайсон Фьюри: "Мен бу жангда ютқазмадим" 1 09:09UFC Fight Night 241 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 08:48Париж-2024 Олимпиадасида стол теннисчиларимиздан ҳеч ким бўлмайди 0 08:27Суперлига. Бугун Наманганда водий дербиси бўлиб ўтади 0 08:06Рим WTA 1000 турнири бош соврини кимга насиб этди? 0 07:45UFC Fight Night 241 турнирининг марказий жанги тўлиқ 5 раунд давом этди 0 07:24Бугун Жаҳон чемпионатининг илк куни 5 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 07:03"Байер" мавсум стартидан бери 51 та мағлубиятсиз ўйин ўтказди. Олдинда иккита учрашув қолди 0 00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0

06 may 10:37
Yangiliklar

Dzyudo

Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe "Katta Dubulg'a" turniri yakuniga etdi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri uch kun davomida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qildi.

Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada dunyoning 5 qitasi, 65 davlatidan jami 390 nafar (204 erkak, 186 ayol) dzyudochi medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. 

Nufuzli turnirning so'nggi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vazn toifalarida o'zaro bellashishdi. Uch kunlik murosasiz bahslar yakuniga ko'ra biroz kutilmaganda SHveycariya terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Afsonaviy Teddi Riner +100 kg vazn toifasi finalida mezbonlar vakili Temur Rahimovni ippon bahosi bilan engib, yana bir bor shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 

Avstriya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, italiyalik dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. Mezbonlar 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 4-o'rinni egallashdi. Top-10`talikdan Germaniya, Franciya, Mo'g'uliston, Yaponiya, Kanada va Turkmaniston terma jamoalari joy olishdi.

Dushanbe "Katta Dubulg'a" turnirida etakchi dzyudochilarsiz qatnashgan O'zbekiston terma jamoasiga yagona bronza medalini Muhammad Jumaev (-73 kg) taqdim etdi. Bu esa terma jamoamizning musobaqani 18-o'rinda yakunlashini taminladi.    

Dushanbe "Katta Dubulg'a" turnirining so'nggi kun g'olib va sovrindorlari:

-90 kg vazn toifasi

1. Mansur Lorsanov (AIN)

2. Devid Klammert (CHexiya)

3. Ju Yop Han (Koreya Respublikasi)

3. Muhammadjon Abdujalilzoda (Tojikiston)


-100 kg vazn toifasi

1. Jennaro Pirelli (Italiya)

2. Daniel Eyx (SHveycariya)

3. Jafar Kostoev (BAA)

3. Jahongir Majidov (Tojikiston)


+100 kg vazn toifasi 

1. Teddi Riner (Franciya)

2. Temur Rahimov (Tojikiston)

3. Denis Batchaev (AIN)

3. Losseni Kone (Germaniya)


Ayollar 

-78 kg vazn toifasi

1. Anna-Mariya Vagner (Germaniya)

2. Alina Boem (Germaniya)

3. Emma Reyd (Buyuk Britaniya)

3. Bita Pakut-Klojko (Polsha)


+78 kg vazn toifasi

1. Asya Tavano (Italiya)

2. Kinga Volchjak (Polsha)

3. Ursula Hofmann (Polsha)

3. Hyon Ji Li (Koreya Respublikasi)   

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing