So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

25 mar 17:20
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Kutilmaganda faoliyatini yakunlagan birinchi raketka - Eshli Barti haqida. U 25 yoshda va tennisdan amaldagi "Katta Dubulg'a" chempioni sifatida ketdi

Sayyoramizning birinchi raketkasi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Barti ikkinchi bor tennis bilan xayrlashdi

Eshli Barti 1996 yil 24 aprelda Avstraliyaning Kvinslend shtati Ipsuich shahrida tavallud topgan. Tennisdagi professional faoliyatini 2010 yilda boshlagan. 2012 yilning yanvarida u WTA Turidagi debyut o'yinini o'tkazgan.

Bir necha kun oldin Barti tennisdagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Bu mutlaqo kutilmagan holatda ro'y berdi va biz bazi raqamlarga etiboringizni qaratamiz.

U jahonning birinchi raketkasi sifatida faoliyatini yakunlamoqda. Bartidan avval dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo'lib yakunlagan birgina tennischi bor  - Jyustin Enen (2008 yil).

25 yoshda bo'lgan belgiyalik o'shanda shunday degandi: "Men bu qarorni 2007 yil oxiridan beri o'ylab yurgan edim. Men dunyoning birinchi raketkasi bo'lib tennisdan ketyapman va bu men uchun muhim – chunki cho'qqida ketgan maqul. Men bundan hech qachon afsuslanmayman".

Bartining so'zlariga ko'ra, u ham afsuslanmaydi va u ham o'tgan yili ketish haqida o'ylay boshlagan.

U mag'lubiyatsiz odimlayotgan edi (ketma-ket 11 g'alabali seriya) va uning so'nggi o'yini 2022 yilgi Australian Open finalidagi uchrashuv bo'ldi.

Barti ikkinchi marta tennisni tark etmoqda. U karerasini 2014 yilda, atigi 18 yoshida tugatgandi. Uning bunchalik erta faoliyatini yakunlashiga sabab psixologik holati bo'lgan. U juda istedodli qiz bo'lsada, shunchaki oddiy yosh qizdek yashashni xohlardi.

Natijada, u bir yarim yil kriket o'ynadi, tennisdan dars berdi (soatiga 16,5 dollar). Yakunda esa u tennisga qaytdi. Barti asta-sekin yaxshi natijalarni qayd eta boshladi va sayyoramizning birinchi raketkasi darajasigacha ko'tarildi. 

Eshli ketish sababini quyidagicha izohladi: “Faoliyatimning ikkinchi davrida mening dunyoqarashim o'zgardi - baxt endi natijalarga bog'liq emasligini bilaman. Men uchun muvaffaqiyat qo'limdan kelganini qilganimni tushunishdir.

Men o'zimdan maksimal natija talab qilish uchun qancha mehnat qilish kerakligini bilaman. Va men jamoamga endi bu ishlarni qila olmasligimni ko'p bor aytdim. Menda jismoniy g'ayrat, istak va eng yuqori darajada kurashish uchun zarur bo'lgan boshqa narsalar yo'q. Menda endi hech qanday maqsad yo'qligini bilaman. Men uchun bu - muvaffaqiyat. Bu go'zal o'yinga o'zimdagi hamma narsani berdim va bundan juda xursandman. Men uchun mana shu muvaffaqiyat”.

Barti so'zsiz dunyoning eng yaxshi tennischisi bo'ldi

2019 yildan beri u ishtirok etgan turnirlarning uchdan biridan ko'prog'ida g'alaba qozongan – 33 tadan 12 tasida.

U jami 15 ta chempionlik unvoniga ega, jumladan, uchta "Katta Dubulg'a" turnirlarida chempionlikni qo'lga kiritgan: "Rolan Garros-2019", Uimbldon-2021 va Australian Open-2022. Eshli "Katta Dubulg'a" turnirlari orasida faqat US Open'ni yutolmagan. Uning faoliyatidagi so'nggi mag'lubiyat o'tgan yili Nyu-Yorkda bo'lgandi.

(Uimbldon-2021. Faoliyatidagi ikkinchi "Katta Dubulg'a" chempionligidan so'ng) 


("Rolan Garros-2019"dagi chempionlikdan so'ng tashkil etilgan fotosessiya)


(Eshli Barti Australian Open-2022 fotosessiyasida)

Avstraliyalik tennischi ketma-ket 112 hafta davomida WTA reytingida 1-o'rinni egallab turdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u tarixdagi beshinchi tennischiga aylandi. Ammo oxir-oqibat, u bu seriyani 114 haftaga etkazadi va to'rtinchi pog'onadagi Kris Evertni (113) ortda qoldiradi. Sababi Barti yana 2 hafta davomida reytingni boshqarib turadi. Mayamida bo'lib o'tayotgan "Masters" turniridan so'ng reyting yangilanadi va Barti WTA reytingidan olib tashlanadi.

Ayni vaqtda u reytingda ikkinchi pog'onada borayotgan Iga Svyontekdan 2000 ochko oldinda. O'tgan yili u bor-yo'g'i 13 ta (beshtasida g'alaba qozongan), bu yil esa ikkita turnirda (ikkalasi ham g'alaba qozongan) ishtirok etganiga qaramay, "taxt"ni hech kimga berib qo'ymadi. 

Hammasi bo'lib, Barti 121 hafta davomida reytingni boshqargan tennischiga aylandi (bu ko'rsatkich bo'yicha ettinchi o'rinda) va ketma-ket uch mavsumda bu maqomni o'zida saqlab turdi. Tarixda faqat to'rt nafar tennischi bu ishni uddalay olgan.

2020 yil boshida uning birinchi pog'onadagi o'rnini yo'qotishi haqidagi xabarlar paydo bo'ldi. CHunki pandemiya tufayli u deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi (sentyabr oyida "Rolan Garros"da o'z unvonini himoya qilish o'rniga golf turnirida g'olib chiqdi). Lekin reyting muzlatilishi ortidan u o'z o'rnida qoldi va 2021 yilda o'zining etakchiligiga shubha yo'qligini tezda isbotladi.

Barti faoliyatini yakunlaganini elon qilar ekan, shunday dedi: "Bilaman, men buni oldin ham qilganman, lekin bu safar butunlay boshqacha tuyg'uni his qildim. Tennis menga bergan hamma narsa uchun juda minnatdorman. U mening barcha orzularimni amalga oshirdi. Endi yangi orzular ro'yobi sari yurishda davom etaman".


sports.ru sayti asosida Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing