So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

14 may 07:47
Yangiliklar

Suv sporti turlari

“Learn to Swim Program” dasturi mahalliy murabbiylar kelajagi uchun yangi platforma bo'ldi

Suzish bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida yo'lga qo'yilgan “Learn to Swim Program” (suzishni o'rganish dasturi) loyihasining yana bir bosqichi yakunlandi.

5-12 may kunlari tashkil etilan navbatdagi dasturda Respublikamizda yosh suzuvchilarga murabbiylik qilayotgan mutaxassislar ishtirok etishdi. Seminarning yakunida unda muvaffaqiyatli qatnashgan 25 nafar trenerga sertifikatlar topshirildi.

Ushbu seminar Butunjahon suzish federaciyasi (World Aquatics) shafeligida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston suzish federaciyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Tadbirning so'nggi kunida MOQ raisi maslahatchisi Alisher Karimov, mamlakat suzish federaciyasi bosh kotibi Alisher G'aniev, shuningdek, World Aquatics tomonidan jalb etilgan amerikalik taniqli ekspert Genadius Sokolovas ishtirok etib, murabbiylarni kursni muvaffaqiyatli tugatishgani bilan qutlashdi.

Qayd etish joiz, amerikalik ushbu mutaxassis sohada ulkan tajribaga ega bo'lib, faoliyati davomida AQSH terma jamoasi safida bir necha yil ishlagan. Seminar zamonaviy qo'llanmalar va taqdimotlardan foydalanilgan holda nazariy hamda amaliy darslarni o'z ichiga oldi.

Bundan avval tashkil etilgan seminar suzishni endigina o'rganayotgan yosh bolalarga murabbiylik qilayotgan mutaxassislar uchun o'tkazilgan edi. Bu gal undan keyingi bosqichda murabbiylarning mahoratini oshirish mavzusiga ahamiyat qaratildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing