So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

28 apr 21:59
Yangiliklar

Boks/MMA, Qilichbozlik

Licenziya uchun 100 million so'm. Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma olgan sportchilarimiz taqdirlanishdi

Teglar :  BoksQilichbozlik
Davlatimiz tomonidan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritgan sportchilarimiz 100 million, ularning murabbiylari esa 50 million so'mdan pul mukofotlariga sazovor bo'lishi belgilab qo'yilgan.

Bugun Turizm va sport vazirligida oxirgi kunlarda Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga sazovor bo'lgan bokschi va qilichbozlarimiz belgilangan mukofotlariga ega bo'lishdi.

Tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, sportchi va murabbiylar, OAV xodimlari hamda keng sport jamoatchiligi mutasaddilari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Aziz Abduhakimov sportchilarimizni qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab o'tdi.

“Muhtaram Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan etiborlari samarasi bilan atletlarimiz xalqaro arenalarda yuqori o'rinlarni qo'lga kiritib kelishmoqda. Bir necha hafta ichida 4 nafar bokschimiz va 3 nafar qilichbozimizning Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritgani o'zbek sporti muxlislariga quvonch bag'ishladi. Fursatdan foydalanib, atletlarimizni qo'lga kiritilgan bunday muvaffaqiyat bilan qutlab o'tamiz va ularga bo'lajak Olimpiya o'yinlarida ham omad tilab qolamiz”, – dedi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari.

SHundan so'ng MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

“Sizlarning g'alabangiz yoshlarga katta motivaciya bermoqda. Bularning bari hukumatimizning sportga qaratayotgan etiborining natijasi. Kelajakda ham o'z g'alabalaringiz bilan xalqimizni, yurtimizni yanada mashhur qilishingizni tilab qolamiz. Barchangizga omad yor bo'lsin!”.


SHundan so'ng sportchilarimizga o'z mukofotlari topshirildi. Unga ko'ra, boks bo'yicha:

Sportchi Dilshod Ro'zmetov 100 million so'm, uning murabbiyi Farruh Qilichev 50 million so'm;

Sportchi Fanat Qahramonov 100 million so'm, uning murabbiyi Bahodir Hasanov 50 million so'm;

Sportchi Rayhon Qodirova 100 million so'm, uning murabbiyi Kamoliddin Mutalov 50 million so'm;

Sportchi SHahnoza Yunusova 100 million so'm, uning murabbiyi Islom Tojiboev 50 million so'm;


Qilichbozlik bo'yicha:


Sportchi Malika Hakimova 100 million so'm, uning murabbiyi Ruslan Kudaev 50 million so'm;

Sportchi Zaynab Dayibekova 100 million so'm, uning murabbiyi Vladimir Nazlimov 50 million so'm;

Sportchi SHerzod Mamutov 100 million so'm, uning murabbiyi Vladimir Nazlimov 50 million so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Marosimda malum sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan bokschi qizlarimizga sovrinlari etkazib berilishi takidlab o'tildi.

Tadbir davomida sportchi va murabbiylarimiz davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan bunday g'amxo'rlik uchun tashakkur aytib, bunday etiborni Tokio-2020 Olimpiadasida oqlashga vada berishdi.

Suratlar muallifi: Abdullo Fayzullaev



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing