So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

11 sen 16:02
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Lina CHeryazovaning qabri obodonlashtirilib, unga yodgorlik o'rnatildi

Teglar :  Lina CHeryazova
Vatanimiz sporti tarixida afsonaviy Lina CHeryazovaning o'rni beqiyos.

Mustaqil O'zbekistonning ilk Olimpiada chempioni 2019 yil og'ir xastalikdan so'ng hayotdan ko'z yumgan edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining faxriy sportchilarimizga yuksak hurmat va ehtirom ko'rsatish bo'yicha bergan topshirig'iga binoan CHeryazova dafn etilgan qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi. 

Lina CHeryazova 2019 yil 23 mart kuni vafot etdi. Frictayl bo'yicha Lillexammer-1994 qishki Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni dafn qilingan Rossiya Federaciyasi, Novosibirsk shahri, «Kleshchinskiy» qabristonida unga yodgorlik o'rnatildi. Mazkur tadbirda MOQ, Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi mutasaddilari ishtirok etishdi. Yodgorlikka CHeryazovaning tug'ilgan kuni va o'limi qayd etilgan sanadan tashqari «Fristayl bo'yicha O'zbekistonning Olimpiada va jahon chempioni» degan tarif ham bitilgan. 

Fristaylning akrobatika yo'nalishida yurtimiz shanini himoya qilgan ushbu sportchimiz sharafiga qishki Olimpiya o'yinlarida ilk bor O'zbekiston davlati madhiyasi yangragan. SHuningdek, u 1993 yil jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Ko'rsatgan xizmatlari uchun «Mehnat shuhrati» ordeni, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” va «O'zbekiston iftixori» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing