So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

15 fev 07:01
Yangiliklar

Tadbirlar

Litva sport universiteti bilan O'zDJTSUning hamkorligi mustahkamlanmoqda

Teglar :  O'zDJTSULitva
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Litva sport universiteti rahbariyatlari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Onlayn uchrashuvda Litva sport universitetidan universitet rektori professor Diana Reklaiteine va universitet yuristi Saulius Valasevicius ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuvda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyatidan universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabaev, ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektor Kamil Bayazitov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i SHuxrat Toshturdiev va O'zbek - Belarus qo'shma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakulteti dekani Gulsara Asatova qatnashdi.

Mazkur onlayn uchrashuvdan ko'zlangan maqsad ikki universitet o'rtasida umumiy hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha shartnomalar imzolashdan iborat bo'lib, tomonlar turli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik qilish borasida muzokara olib bordilar. Bular asosan, universitetlar o'rtasida talabalarning akademik almashinuvi joriy etish, shuningdek professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish bo'yicha bir nechta takliflar ilgari surildi.

Takidlash joizki, Diana Reklaiteinening etirof etishicha, Litva sport universitet jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o'quv dasturlarini taqdim etadigan mutaxassislik oliy o'quv yurti hisoblanadi. Bugungi kunda bu LSUda mahalliy va dunyoning turli burchaklaridan 1500 dan ortiq talabalar tahsil olishadi. Universitet Litvadagi eng katta jismoniy tarbiya va sport fanlari markazi bo'lib, mamlakatning sport qadriyatlari va ananalarini qo'llab-quvvatlaydi. Universitet bitiruvchilari orasida ko'plab taniqli olimlar, dunyoga mashhur murabbiylar, taniqli sportchilar, taniqli jamoat arboblari bor. Bir qator bitiruvchilari Olimpiya chempionlari, jahon va Evropa chempionlari hisoblanishadi.

Onlayn uchrashuv doirasida universitetlar vakillari o'zlarining bugungi va kelajakdagi rejalari, innovacion g'oyalar bilan ishlash printsiplari va ustuvor yo'nalishlari bo'yicha kelishib olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing