So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

08 iyu 18:31
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Lomachenko uchun oxirgi imkoniyat... Engil vazn o'zining qizg'in pallasida

Ko'pchilik kutgan jangda Devin Xeyni Jorj Kambososni ochkolar hisobida mag'lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Bu birinchi navbatda, Vasiliy Lomachenko uchun yomon yangilik edi. Endilikda ukrainalik bokschining kamarlarga ega chiqishi yanada qiyinlashadigan bo'ldi.

Yil boshida Lomaning avstraliyalik Jorj Kambososga qarshi jang qilishi elon qilingandi. Lekin keyinchalik Rossiya va Ukraina o'rtasida bo'layotgan ishlar bunga o'z tasirini o'tkazdi. Lomachenko esa bu vaziyatda o'z vatani himoyasi uchun Ukrainada qoladigan bo'ldi. 

Bir necha oy oldin Aleksandr Usik Joshuaga qarshi revansh jangi sabab Ukrainadan ketishga majbur bo'lgandi. U ringda ko'proq o'z vataniga foyda keltirishini aytib, Ukrainani tark etgandi.

Ayni paytda Vasiliyning ham ringga qaytishini boks muxlislari sabrsizlik bilan kutishmoqda. 


Ukrainalik bokschining qaytishi uchun yaxshigina sabablar bor.

1. Hozirda engil vazn toifasi tobora qizg'in pallaga kirib bormoqda. Bu divizionda 23 yoshli Xeyni mutlaq chempionga aylandi. Rayan Garsiya va Jervonta Devis esa mag'lubiyatsiz seriya bilan uning izidan bormoqda. Lekin hali ham Teofimo Lopes, Jorj Kambosos va boshqa bokschilar bu raqobatdan chetga chiqqani yo'q. Ana shunday muhitda Lomachenko o'zining buyukligini isbotlashi mumkin. Agar Loma bu divizionda chempionga aylansa, ukrainalik bokschining ajoyib jangchi ekanligiga hech kim etiroz bildira olmaydi.

2. Top Rank rahbari Bob Arum qarigan Lomachenko haqidagi doimiy qarshiliklarga qaramay, o'zi bu tanqidlar asossiz ekanligini takidladi. Ular hali ham Vasiliyning qaytishini kutishmoqda. Bob Arum ukrainalik bokschining menejeri Egis Klimas bilan doimiy aloqada. Bu faqat bitta narsani anglatadi - Arum Lomani doim qo'llab-quvvatlashga tayyor.

3. Bo'layotgan voqealar natijasi bunday istedodli bokschiga tasir o'tkazayotgani biroz achinarli. Hozir Lomachenko uchun qaytishning ayni vaqti.

CHempionlik yo'lida Lomachenkoga kimlar tahdid soladi?

Devin Xeyni (28-0)


23 yosh bo'lishiga qaramay, Xeyni mutlaq jahon chempioniga aylandi. Jorj Kambosos ustidan g'alaba qozonish natijasida u endi yoshlarning vaqti kelganiga ishora qildi. Xeyni juda aqlli va tezkor bokschi. Ammo, u Lomachenkoda bo'lgani kabi Xorxe Linaresdan nokdaunga uchragan. Uning himoyasida biroz muammolar ko'zga tashlanmoqda. Bu Kambososga qarshi jangda yaqqol sezildi. Uning jangovar holati hayratda qoldirishi mumkin. U yaxshi jangchi, o'zining kuchli tomonlaridan oqilona foydalanadi.

Jervonta Devis (27-0)

 

Devis kuchli zarbaga ega. U yaqin masofada ustunlik qila oladi. So'nggi jangida ham buni ko'rishimiz mumkin. Loma - Devis uslub jihatidan bir-biriga noqulay raqiblar va bu to'qnashuv ko'pchilik boks muxlislari uchun qiziqarli bo'lishi aniq.

Rayan Garsiya (22-0)

 

Garsiya 23 yoshda va u Lomachenko bilan jang qilgan Lyuk Kempbellni nokautga uchratgan. Vasiliy 12 raund davomida Kempbell bilan jang qilgan. Garsiya esa Kempbellni ettinchi raundda jigariga kuchli zarba yo'llab nokautga uchratgan. Lomachenko uchun Rayan Garsiya eng noqulay raqib hisoblanadi. Bo'yi 178 sm va juda kuchli zarbaga ega (22 g'alabadan 18 tasini nokaut bilan qo'lga kiritgan). Meksikalik o'zining qarshi zarbalari bilan ukrainaliklarga muammo tug'dirishi aniq. 

SHunday qilib, agar Vasiliy Lomachenko yaqin orada ringga qaytmasa chempionlik poygasidan qolib ketishi mumkin.

championat.com sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing