So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

20 noy 07:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradov oktagonga chiqadigan oqshomning markaziy jangi elon qilindi

Xabaringiz bor, 3 fevral kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Tashkilotchilar UFC Fight Night seriyasiga kiruvchi ushbu turnirning asosiy jangini elon qilishdi. Unda o'rta vazn toifasi vakillari - gruziyalik Roman Dolidze va franciyalik Nassurdin Imavov o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. 

Malumot uchun, 35 yoshli Roman Dolidze shu yilning mart oyida uchta g'alabali seriyasidan so'ng Marvin Vettoriga yutqazib qo'ygandi. SHundan so'ng gruziyalikning Derek Branson va Jared Kannonirga qarshi janglari bekor bo'ldi. Branson tashkilotni tark etgan bo'lsa, Jared jarohat sabab Dolidzeni raqibsiz qoldirgan edi. 

Rossiyada tug'ilgan, hozirda Franciya sharafini himoya qilayotgan 28 yoshli Nassurdin Imavov esa bu yil hisobidan ikkita jang o'tkazdi. Dastlab u SHon Striklendga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kris Kertis bilan jangi esa o'tkazilmagan deb topildi. Ikkinchi raunddagi bosh bilan to'qnashuvdan keyin Kris jangni davom ettirishdan bosh tortgandi. Ungacha asli kelib chiqishi dog'istonlik bo'lgan Nassurdin ketma-ket uchta g'alabani tantana qilgan. Yen Xeynish va Edmen SHaxbazyanni nokautga uchratgan, Xoakin Baklidan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun kelgan edi.

Ayni paytda Roman Dolidze UFC o'rta vaznlilar reytingida ettinchi, Nassurdin Imavov esa o'n ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Aynin shu oqshomda hamyurtimiz Mahmud Muradov ham o'z jangini o'tkazadi. Aralash yakkakurash ustamiz rossiyalik Aliasxab Xizrievga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing