So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

29 may 13:53
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Mahmud Muradovning raqibi haqida nimalar bilamiz? Dog'istonda tug'ilib, Germaniyaga muhojir bo'lgan, UFC'da debyut qiladigan Abusupyan Magomedov!

Abusupyan Magomedov 1990 yilning 2 sentyabr sanasida Dog'istonda tug'ilgan.

Abusupyan Magomedov aslida kim? Ajoyib va har xil uslublarda raqiblarini nokaut qiladigan jangchi. Rossiyadan Germaniyaga ko'chib o'tgan. PFL 2018 Gran-prisi finalchisi.

Abusupyan Magomedov 1990 yilning 2 sentyabr sanasida Dog'istonda tug'ilgan. Abusning yoshligi tog'li Dog'istonda o'tgan. Barcha dog'istonlik bolalar singari Abusupyan ham yoshligidan kurashga qiziqqan. Kurashdagi ilk qadamlarini Ullubiya Salavat qo'l ostida o'rgangan. Ustozining gaplariga qaraganda, bolakay hech qachon ortga chekinmagan va doim oxirgacha kurashgan. Parterda yaxshi kurash tushishiga qaramay, Magomedov boksni ham yaxshi ko'rgan. Ammo, Dog'istonda boksga etibor yaxshi emasdi. Uning boksga o'tishiga esa oilasining Germaniyaga ko'chib ketishi sabab bo'lgan. Abusupyan tezda Evropaning markaziga ko'nikdi va u erda kikboksing bilan shug'ullanishni boshladi. Bu esa tez orada o'z samarasini berdi. 

U 20 yoshida MMAda debyut qildi. Abus dastlabki sakkizta jangida g'alaba qozondi. SHundan so'ng unga kuchli promoushenlar qiziqish bildira boshladi. Biroq to'qqizinchi jangida u SHtalga qarshi oktagonga ko'tarildi va mag'lub bo'ldi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Abusupyan Magomedov yanada kuchli bo'lib qaytdi. U bir nechta yaxshi janglarda ishtirok etdi. Orada mag'lubiyatlar ham bo'ldi, biroq mag'lubiyatida ham ajoyib harakatlari evaziga muxlislar mehrini qozondi. SHundan so'ng, 2018 yilda dunyoning eng kuchli beshta promoushenlari qatoridan o'rin olgan PFL bilan shartnoma imzoladi. PFL Gran-prisining finaliga qadar etib bordi va finalda Luis Teylorga mag'lub bo'ldi.

SHundan so'ng Abusupyan Magomedov ikkita jangda ishtirok etdi va 2021 yilda UFC bilan shartnoma imzoladi. Lekin UFC'da debyut qilish uchun ham unga deyarli ikki yil kerak bo'ldi. CHunki uning Jerald Mirshert (Mahmud Muradovni mag'lub etgan jangchi) va Aliasxab Xizrievga qarshi janglari malum sabablarga ko'ra bekor bo'ldi. Hatto, uning 5 iyun kuni "Yil nokauti sohibi" Xoakin Bakli bilan jangi ham bekor qilindi.  

Endi Abusupyan Magomedov UFC'dagi debyut jangini hamyurtimiz Mahmud Muradovga qarshi 3 sentyabr kuni o'tkazadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing