So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

02 mar 17:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Maktab va AQSH terma jamoasidan haydalgan Raymond Ford haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar

Otabek Xolmatovning raqibi Raymond Ford haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Raymond Ford 1999 yil Nyu-Jersi shtatining Kamden shahrida tug'ilgan. Kamden bir vaqtlar ishlab chiqarish markazi sifatida tanilgan, ammo o'shandan beri Amerikadagi yashash uchun eng xavfli joylardan biri sifatida shuhrat qozongan.

«Bu juda noqulay shahar. Men har kuni janjal bo'ladigan mahallada ulg'aydim. Men kichkina bola edim va o'zimdan katta yigitlarga ulardan kuchliligimni isbotlashim kerakligini tushundim» - deydi Ford.

Fordning og'ir o'tmishi bor. Biroq boks unga kelajagini qurishda yordam berdi. Boks unga umid baxsh etdi. 

«Men jiddiy muammoga duch keldim. Maktabdan chetlatildim - haydashdi va men bir yilga Juveyga bordim. Juvey (voyaga etmaganlar qamoqxonasi)da bo'lish juda yomon holat. Siz xuddi o'zingizga o'xshagan bir qancha erkaklar orasida bo'lasiz. U erda ayollar yo'q. Men ayollar atrofida bo'lishni yaxshi ko'raman», - deydi Ford.

Raymond bir nechta maktablardan haydalganidan so'ng 10 yoshida xususiy maktabga borishiga to'g'ri keladi. Uni maktabdan onasi olib ketardi.

«Biz mashinada edik...onam yig'lardi. U mendan nega doim janjal qilishimni so'radi va men unga shunchaki mushtlashishni yaxshi ko'rishimni aytdim».

O'shanda onasi Raymondni boks zaliga olib kelgan. Aynan shu erda u mashq qilish va mushtlashish uchun ajoyib joy topdi. 

«Men hech qachon sport zalidan ketishni xohlamaganman. Zal mening ikkinchi uyimga o'xshardi», -deya xotirlaydi bokschi.

Fordning aytishiga ko'ra, u 12 yoshida mashxur bo'lishini anglab etgan. U Floyd Meyvezerning janglarini maroq bilan tomosha qilardi va o'zi qachondir taniqli bokschi bo'lishini orzu qilardi.

«O'smirligimda hech qachon diqqatimni jamlamaganman, lekin menda dunyodagi barcha qobiliyatlar bor edi. Men o'z istedodimni mehnat bilan birlashtira olsam, o'zim xohlagandek buyuk bo'lishim mumkinligini bilardim».

Havaskorlar orasida ikki bor AQSH milliy chempionatida «Oltin qo'lqop»ni qo'lga kiritgan. Undan tashqari 2017 yilda Bolgariyadagi Ringside jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgan. Bu uning AQSH terma jamoasi nomidan xorijga qilgan yagona safari edi. Raymondning aytishicha, u jamoa bosh murabbiyi bilan bahslashgani uchun terma jamoadan haydalgan.

Ford bir vaqtlar «2020»ni taxallus sifatida ishlatgan va bu yil uning Tokio Olimpiya o'yinlariga borishini anglatardi. Biroq bir necha yil davomida AQSH milliy chempionati finalida nohaqlik tufayli mag'lub bo'lavergan. O'shanda u faoliyatida tub burilish qilish vaqti kelganini his qildi - Eddi Hirn bilan pul ishlash yo'lini tanladi.

Prof boksdagi faoliyatini 2019 yil mart oyida boshlagan va Xolmatovgacha 15 da jang o'tkazib biror marta ham mag'lub bo'lmagan.

Bitta jangda durang qayd etilgan - mag'lubiyatsiz Aron Peres bilan to'qnashuv. 8 raundlik jang natijasida Fordning g'alabasiga ovoz berganlar ko'p edi, hakamlardan tashqari! Ford Peresning imkoniyatlarini past baholagan va o'sha kechada raqib darajasida jang qilgan. Amerikalikning eng katta xatosi ring o'rtasidagi zarbalar almashinuvida imkoniyatni boy berganidir. 

Bo'lajak bahsda Ford raqib «hududi»da jang qiladi. U Matchroom jangchisi, DAZN'da boks tushadi. Lekin dam olish kuni ESPN'da Top Rank shousida ringga chiqadi. Ammo Ford siyosatga etibor qaratmaydi. U shunchaki jang qilishni xohlaydi.


Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing