So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

07 may 22:19
Yangiliklar

Boshqalar

Mamlakat chempionlari Bag'dodda aniqlandi

Teglar :  Belbog'li kurash
Bag'dodda bel olish va uchkurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Joriy yilning 30 aprel - 6 may kunlari Farg'ona viloyatining Bag'dod tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2007-2008 hamda 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar  o'rtasida mamlakat chempionati  bellashuvlari bo'lib o'tdi. Mazkur chempionat bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 700 nafardan ortiq  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab  2007-2008 yillarda tug'ilgan yosh  sportchilar o'rtasida g'oliblar aniqlandi. Unga ko'ra, bel olishning chalish yo'nalishida o'g'il bolalardan 33 kg.da Abrorjon Safarboev (Surxondaryo), 36 kg.da Omonjon Qodirov (Namangan), 39 kg.da Muhammad To'raboev (Farg'ona), 42 kg.da Aydos Asadov (Q.Q.R), 45 kg.da Xurshidbek Ergashaliev (Namangan), 48 kg.da G'anijon Abdixalilov (Farg'ona), 51 kg.da Oyatillo Tursinaliev (Farg'ona), 54 kg.da Asadbek Xabibullaev (Namangan), 58 kg.da Asadbek Jumaboev (Farg'ona), 62 kg.da Boburjon Qobulov (Xorazm), 66 kg.da Nodirbek Ubaydullaev (Q.Q.R), + 66 kg.da Islom O'roqboev (Q.Q.R), qizlardan 36 kg.da Nurxon Mirzanabieva (Farg'ona), Mufassal Ortiqnazarova (Farg'ona)lar barcha raqiblaridan ustunlikka erishib, chempion bo'lishdi. Belbog'li yo'nalishda o'smirlardan 33 kg.da Azizbek Sobirov (Farg'ona), 36 kg.da Otabek Abduraupov (Sirdaryo), 39 kg.da Muhammadjon To'raboev (Farg'ona), 42 kg.da SHahriyor Ergashev (Namangan), 45 kg.da Adaxamjon O'rolboev (Sirdaryo), 48 kg.da Umidjon Saidinov (Sirdaryo), 51 kg.da Avazbek Akbaraliev (Namangan), 54 kg.da Elmurod Ergashaliev (Farg'ona), 58 kg.da Jo'rabek Davronov (Toshkent v.), 62 kg.da Muhriddin Rahimov (Namangan), 66 kg.da Mironshoh Nishonboev (Farg'ona),+ 66 kg.da Azizbek Madaminov (Farg'ona)lar birinchi bo'lishdi. Qizlardan 45 kg.da Mehribonu Nematova (Sirdaryo), 50 kg.da Odina Musaeva (Sirdaryo), +50 kg.da Odina Mirzaolimova (Farg'ona)lar g'olib deb topildi. 

2009-2010 yillarda tug'ilgan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasidagi bellashuvlar ham murosasiz tarzda o'tdi. Ushbu yosh toifasidagi bahslarning belbog'li yo'nalishida 24 kg.da Bexruz Abdulboqiev (Namangan), 26 kg.da Abduqodir Sodiqaliev (Farg'ona), 28 kg.da Dilshod Bobobekov (Sirdaryo), 30 kg.da Boyomon Mashrabov (Farg'ona), 32 kg.da Bexruz Yo'lchiboev (Toshkent v.), 35 kg.da Durbek Qurbonov (Farg'ona), 38 kg.da Azizbek Toshmurodov (Sirdaryo), 41 kg.da Azizbek Orifjonov (Farg'ona), 44 kg.da SHerali Jobborov (Sirdaryo). 47 kg.da Umarjon To'lanboev (Farg'ona), 50 kg.da Oybek Zokirov (Andijon), +50 kg.da Marufjon G'ofurjonov (Namangan)lar birinchi o'rinni band etishdi. Qizlar o'rtasida 39 kg.da SHahlo Umarova (Farg'ona), 42 kg.da Nafosatxon G'anieva (Farg'ona),  + 42 kg.da Muxlisa Abdukarimova (Farg'ona) chempionlikka musharraf bo'ldi. Bel olishning xalqa - chalish yo'nalishida o'smirlar o'rtasida 30 kg.da SHaxzodbek Ortiqboev (Xorazm), 35 kg.da Rajabali Iminov (Andijon), 44 kg.da Ozodbek Karimboev (Jizzax), 50 kg.da SHaxboz SHuhratov (Farg'ona) eng kuchli deb topildi. Xuddi shu yosh toifasida bel olishning chalish yo'nalishida 24 kg.da Muhammadyusuf Isaev (Farg'ona), 26 kg.da Ozodbek Murodqulov (Sirdaryo), 28 kg.da Meyronbek Joldiboev (Q.Q.R), 32 kg.da Uchqun Ernazarov (Sirdaryo), 38 kg.da Azizbek Artiqboev (Sirdaryo), 41 kg.da Azizbek Begaliev (Sirdaryo), 47 kg.da Elbek Alisherov (Farg'ona), + 50 kg.da Rahmatillo Amangeldiev (Q.Q.R, 25 kg.da Muxlisa Valieva (Farg'ona), 30 kg.da Ozoda Karimova (Sirdaryo) hamda 35 kg.da Ranoxon Murodova (Toshkent sh.)lardan iborat o'smirlar va qizlar ham shohsupaga ko'tarilishdi.

CHempionatning uch kurash yo'nalishlari bo'yicha bellashuvlar 7 maydan start olgan bo'lib, 9 may kuniga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing