So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 0 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

04 may 18:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Mana sizga teatr! Garsiya Xeynini doping evaziga taslim etdimi?! (Mutolaa uchun)

O'tgan oyning 21-sanasida jahon boksi yulduzi Rayan Garsiya ilgari mag'lub bo'lmagan Devin Xeynini taslim etib, jamoatchilik orasida katta shov-shuv ko'tarilishiga sababchi bo'ldi.

Muxlislar Garsiyadan ko'p narsa kutishmagandi, ammo yakunda Devinni 3 marta nokdaun holatiga tushirib qo'ydi, bu ishni avval hech bir sportchi uddalay olmagandi va tabiiyki, jangda Gariya yaqqol ustunlik bilan g'olib deb topildi. Ushbu to'qnashuv Rayanning g'alati harakatlari orqali yodda qoldi. Mayda-chuyda «qitmirliklar»dan tashqari, u vazn o'lchash marosimiga pivo bilan kirib kelgani oshib tushdi. Keyinroq jangchining o'zi bular shunaki qilinganini va hech qanaqasiga nosog'lom emasligi haqida gapirib o'tdi. 

Ammo Garsiyaning boshqa muammolari borligi malum bo'ldi. VADA antidoping tashkiloti bokschi jangdan bir kun oldin va jang kuni olingan doping testlardan o'ta olmaganini oshkor qildi. Rayanning namunalarida ostarin izlari bor edi. Bundan tashqari, namunalar nandrolone uchun ijobiy natija ko'rsatdi, ammo buni tasdiqlash uchun laboratoriya tahlillari kerak. Endi sportchida B namunasini otopciya qilishini talab qilish uchun 10 kun vaqt bor. O'zi ostarin nima? Qoida tariqasida, u suyaklar, ligamentlar va tendonlarni davolash uchun ishlatiladi. Biroq 2008 yildan beri u taqiqlangan moddalar ro'yxatiga kirtilgan, chunki u tezda mushak massasini olish va chidamlilikni oshirish uchun ham qo'llaniladi. Ko'p miqdorda ostarin anabolik tasirga ega va testosteronni oshirishga yordam beradi. SHuning uchun 2022 yilda WADA uni anabolik dori sifatida tasnifladi. 

Amerikalik bokschi ba haqida allaqachon gapirdi va keyin appelyaciya yozdi: «Agar men ularni olishni rejalashtirgan bo'lsam, nega ixtiyoriy ravishda taqiqlangan moddalar uchun test topshiraman? Bu mantiqiymi? Aldamasligimni hamma biladi. Men hech qachon steroid ishlatmaganman. Ularni qaerdan olishni ham bilmayman. Hatto ozuqaviy qo'shimchalardan deyarli foydalanmayman. Bularning barchasi juda katta yolg'on. Men shunchaki ularning eshigini tepdim va ular g'alabani mendan tortib olmoqchilar», deydi qahramonimiz. O'z navbatida Devin Xeyni ham jim turgani yo'q: « Biz bu haqida yaqinda bildik. Rayan muxlislarni va sportni aldab, hurmatsizlik qilganidan juda afsusdamiz. Buning uchun u tomoshabinlardan uzr so'rashi kerak. Ringda o'z hayotimizni, sog'lig'imizni xavf ostiga qo'yib, tirikchilik qilamiz. Boks o'yinchoq emas», deydi Xeyni. 

Bir paytlar Luchian Bute ostarinda ushlangan va uning Badu Jekka qarshi qayd etilgan durang natijasi diskvalifikaciya tufayli mag'lubiyatga aylantirilgan. SHuningdek, 2022 yilda Amir Xon ostarin sababli Kell Brukka qarshi jangi oldidan uning nomiga texnik mag'lubiyat yozilib, 2 yilga chetlatilgan edi. Ammo bu holatdagi eng mashhur ish, ayniqsa rossiyaliklar uchun Aleksandr Povetkin bilan bog'liq. Avvaliga unda meldonium aniqlangan, bu Deontey Uaylderga qarshi bahsning barbod bo'lishiga sabab bo'lgan. Keyinroq B testi ham yordam bermadi, unda ostarin bor edi hamda Povetkin barcha etakchi boks tashkilotlarining reytingidan chiqarildi. Garsiyaga qaytadigan bo'lsak, unga qarshi qanday jazo choralari qo'llanishi haqida hozircha malumotlar yo'q. Nyu-York Atletika komissiyasi adolatli sport tarafdori ekanligini va vaziyat bo'yicha VADA bilan aloqada ekanligini aytdi, lekin hozircha kesin bayonotlar berilmagan. 

Katta ehtimol bilan Rayanning g'alabasi bekor qilinadi va jang haqqoniy emas deb topiladi. SHunga ko'ra, baribir chempion bo'lib qolgan Heyni toza rekordini tiklaydi, Garsiya bo'lsa 6-12 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Yulduzlik maqomiga endigina erishgan «Oltin bola» uchun noxush holat yuzaga keldi, qolaversa uning yuksak natijalar uchun barcha yo'llar ochiq edi. Buyog'iga endi barchasini vaqt ko'rsatadi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing